Mavzu: Genlar tuzulishi


Xromosoma strukturasining molekulyar sxemasi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə7/7
tarix16.06.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#61581
1   2   3   4   5   6   7
Genlar tuzulishi. Genomlar xilma xilligi va ularning strukturasi.

Xromosoma strukturasining molekulyar sxemasi.

Replikatsiya natijasida sintezlangan birinchi qo’sh spiralli yangi DNK shu tarzda sintezlanadi. DNK ning 31→51 yo’nalishga ega bo’lgan ikkinchi yangi polinukleotid zanjirining sintezlanishi esa: a) teskari yo’nalishda bo’ladi; b) replikatsiyaning boshlanish nuqtalari ko’p bo’ladi; v) bu yo’nalishdagi polinukleotid zanjirining sintezi uchun oldin uning ayrim qismlarini sintezlab olinadi. Bu qismlarni Okazaka fragmentlari deb ataladi. Bu jarayon DNK-polimeraza III fermenti ishtirokida amalga oshadi. Ushbu polinukleotid zanjiri sintezining keyingi bosqichida Okazaka fragmentlar DNK-ligaza fermenti yordamida bir-biriga ketma-ket muayyan tartibda ulana boriladi. Oqibatda ikkinchi yangi polinukleotid zanjiri sintezlanadi. U ikkinchi boshlang’ich polinukleotid zanjiri bilan vodorod bog’lari orqali ulanib ikkinchi yangi qo’sh spiralli DNK ni hosil qiladi. DNK ning replikatsiyasi hujayra bo’linishi mitotik siklining DNK sintezi fazasida amalga oshadi.


2.3 Segrigatsiya printsiplari
DNK ning segregatsiyasi. Segregatsiya deb DNK ning replikatsiyasi oqibatida sintezlanib ko’paygan yangi DNK molekulalarining yangi hosil bo’layotgan hujayralarga xromosoma tarkibida taqsimlanib o’tkazilish jarayoniga aytiladi.
Prokariot organizmlarda DNK molekulasi erkin holatda bo’lgani uchun segregatsiya jarayoni oddiy holatda kechadi. Ularda DNK molekulasining replikatsiyasi natijasida hosil bo’lib ko’paygan yangi DNK molekulalari yangi hosil bo’layotgan hujayralarga oqsillarsiz – «yalang’och» holatda taqsimlanib o’tkaziladi.
Eukariot organizmlarda esa segregatsiya jarayoni murakkab holatda namoyon bo’ladi. Ularda DNK replikatsiyasi natijasida hosil bo’lgan yangi DNK molekulalari kelgusi hujayra avlodlariga yangi hosil bo’lgan xromosomalar tarkibida taqsimlanib o’tkaziladi. SHuning uchun biz ushbu jarayonning eukariotlarda qanday kechishi haqida ma’lumot berishdan oldin ulardagi xromosomalarning kimyoviy tarkibi va molekulyar strukturasi va funktsiyasi haqida tushuncha beramiz. Xromosomalar organizmlar va ularning barcha hujayralari hayotini ta’min etuvchi quyidagi funktsiyalarni bajaradi. 1) O’zida genetik axborot kodlangan DNK molekulasini joylashtirish va saqlash funktsiyasi; 2) Boshlang’ich hujayrada replikatsiya oqibatida sintezlangan yangi DNK molekulalarini kelgusi avlod hujayralarga teng miqdorda taqsimlab o’tkazish ya’ni segregatsiya funktsiyasi; 3) Yangi avlod hujayralariga o’tkazilgan genetik axborotning realizatsiyasini (DNK replikatsiyasi, iRNK transkriptsiyasi) ta’min etish funktsiyasi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda Xromosomalarning molekulyar strukturasi uning qayd etilgan funktsiyalarini bajarishga moslashgan holatda bo’ladi. hujayralarning bo’linib ko’payib faoliyat ko’rsatish (hujayra sikli) davrida ikkita ketma-ket almashib turuvchi strukturaviy – funktsional bosqich mavjud: 1) segregatsiyaga tayyorgarlik va uni amalga oshirish, DNK larni saqlash va yangi hujayralarga o’tkazish ya’ni transport vazifasini bajarish bosqichi. Bu bosqich hujayra siklining bo’linib ko’payish davriga to’g’ri keladi; 2) xromosomalar va ularning tarkibidagi DNK molekulasining funktsional aktiv holatda bo’lish bosqichi. Ushbu bosqich hujayra siklining interfaza davriga to’g’ri keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ayala F ., K ayger Dj. Sovrem ennaya genetika. -М.: «Mir» 1987. V 3.
2. A.T.G'ofurov, S.S.Fayzullayev, X.Xolmatov. G enetikadan masala va mashqlar. -Т.: « 0 ‘qituvchi», 1991.
3. Biologicheskiy ensiklopedicheskiy slovar. -М., 1986.
4. Bochkov N.P., Zaxarov A.F., Ivanov V.I. M editsinskaya
genetika. -М.: «M editsina», 1984.
5. Bochkov N.P., C hebotarev A.N. N asledstvennost cheloveka i m utagen a vneshney sredi. -М., 1989.
6. Gladkova T.D. Elem ent kojnogo relyefa palsev i ladoney v g ruppax rodstvennikov. -М.: «Nauka», 1964.
7. G olovachev G.D. N asledstvennost cheloveka i v n u triutro b n ay a gibel. -M.: «M editsina», 1983.
8. Golovachev G.D. Sootnosheniye polov u cheloveka i otbor, svyazanniy s polom pri rojdenii. Genetika. - 1978. - t. 14. - № 11.
9. G rin N., S taun U., Teylor D. Biologiya v 3 tomax. -М.: «Mir», 1990.
10. G uskov Ye.P., S h k u ra t T.P. N estabilnost genom asom aticheskix kletok cheloveka как ad ap tiv n ay a norm a. Uspexi sovrem ennoy biologii. - T. 108. - Vip 215., 1989.
Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin