N.L.Korjenevskiy yordamida P.Arxengelskiy tomonidan o`zgartirib nashr qilindi.G.N.Ivanov ,
G.G.Ivanovlarning Baxtiyorov va Makarov bilan hamkorlikda birmuncha o`zgartirib nashr
qilingan
“Jo`g`rofiya o`lkani o`rganish” darsligi ham o`zbek tilidagi dastlabki darsliklardan edi.
Bu davrda Balashovning “O`zbekiston hamda unga qo`shni jumhuriyatlar va viloyatlar”,
P.Anxangelskiyning “Jo`g`rofiya” (o`lkani o`rganish darsligi), A.Obidovning “O`zbekiston
sotsialistik sho`rolar jumhuriyati jo`g`rofiyasi ” darsliklari geografiya ta’limida katta ahamiyatga
ega bo`ldi. A.Obidovning “O`zbekiston jo`g`rofiyasi” darsligi O`zbekiston geografiyasi ta’limida
o`z Respublikasini o`rganishda 1-haqiqiy asar o`zbek tilida dastlabki geografiya metodikasi paydo
bo`ldi. Uning muallifi N.Monov edi. Geografiya metodikasi suhbatlar metodida yozilgan bo`lib, u
holat kamchiliklarga ega bo`ldi. Unda kartalar bilan ishlash metodlari yoritilmagan edi.
O`zbekiston maktablarida geografiya o`qitish samaradorligini oshirishda 1925
yildan boshlab chop etilayotgan “Maorif va o`qituvchi” jurnalining jurnalining roli katta bo`ldi.
Jumladan ushbu jurnallarning 1925 yil 5-6 sonlarida “Jo`g`rofiyaning foydasi”, “Lug`at va
atamalar”, “Samarqand”, “Maktabda o`lkani o`rganishning ahamiyati” , “Muz davrining
oxirlarida Yevropada qanday irqlar yashadilar”. “Sahroi Kabir” va boshqa o`nlab geografiyaga
oid maqolalar e’lon qilinadi. Bu jurnal geografiya o`qituvchilariga ilmiy va metodik jihatdan
yaqindan yordam berdi. 1931 yil 4 iyuldan “Madaniy inqilob” (keyinchalik “O`qituvchilar
gazetasi”, hozirda “Ma’rifat”) gazetasi chiqa boshladi. Bu gazeta geografiya o`qituvchilarining
haqiqiy yordamchisi bo`ladi. Unda yuzlab ilmiy, uslubiy maqolalar e’lon qilindi.
Geografiya ta’limida kadrlar yetishtirish masalasi sekin asta yo`lga qo`yildi. 1927 yilda
Samarqand oliy pedagogika instituti ochildi. 1937 yillar oxirlariga kelib oliy ma’lumotli
geografiya o`qituvchilari yetishib chiqa boshladi.Bular N. Ibodov , G .Nazarov , I.Mirzaboyev,
A.Axrorov va boshqalar edi. 1930 yillarning o`rtalarida
Toshkent, Buxoro, keyinchalik Nukus,
Urganch, Qo`qon, Andijon shaharlarida pedagogika institutlari ochildi. Maktab geografiyasining
taqdirini hal etishda maktab geografiyasi va ilmiy geografiyasining taqdiriga katta BKPning 1931
yil 5-sentabr va 1932 yil 25-avgust qarori tasir etdi. Geografiyani boshqa fanlar tarkibida
o`rganishga qat’iy xotima berdi. Geografiyani boshqa predmetlar orasida teng huquqli bo`lishga
imkon yaratdi. Geografiyaning alohida fan ekanligini isbotlab berdi.
Pedagogika institutlarida geografiya o`qituvchilarining maxsus tayyorlash masalasini ham
hal etadi. Geografiya dasturini, kartani, tabiiy geografiya asoslarini bilish kapitalistik
mamlakatlarini o`rganish zarurligi masalalari qarorida alohida o`qitiladi. O`zbekistonda
maktab
geografiyasi taqdirini hal qilishda BKPning 1934 yil 15-may qarori alohida ahamiyatga ega
bo`ldi.
Qarorda boshlang`ich va o`rta maktablarda geografiya o`qitilishining sifatsizligi,
kartalarning maqsadga muvofiq emasligi, mavzularning quruqligi darsliklarning raqamlar bilan
to`laligi. Ayniqsa maktabni bitirib chiqayotgan o`quvchilarning
geografiyadan bilimlarining
sayozligi va sifatsizligi tanqid ostiga olindi. Qaror geografiyani qanday o`qitish to`g`risida har bir
sinfda geografiya fanlarini o`qitishda ayrim ko`rsatmalar berdi.
Bu qarorga muvofiq geografiya ta`limi 3 bo`g`inga bo`lib o`qitila boshlandi.
Geografiyadan haftalik soatlar bir muncha ko`paydi. Bu qaror o`quvchilar yoshini
e’tiborga olgan holda ko`rgazmali va qiziqarli bayon qilishni talab qiladi. 1934-1935 o`quv
yilidan boshlab yangicha dasturlarga o`tildi.
Bu dasturlarga asosan yangi darsliklar, ilmiy ommabop adabiyotlar, atlas kartalar
o`qituvchilar uchun o`quv metodik qo`llanmalarni yaratishga kirishildi. 1934 yilgi qaroridan
keyin “Geografiya v shkole” jurnalining chiqa boshlashi nafaqat Rossiyada, balki O`zbekistonda
ham geografiya ta’limini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo`ldi. Ilg`or o`qituvchilar, oily va
o`quv yurtlari o`qituvchilari geografiyadan qo`llanmalar yaratishga jalb qilindi.
1960 yildan boshlab geografiya ta’limi metodikasiga oid maxsus qo`llanma va darsliklar
nashr etila boshlandi. O`sha davrlarda O`zbekistonda geografiya
fanini takomillashtirishda
A.Obidov, O.Saidrasulov, H.Hasanov, N.Daminov va boshqalarning xizmatlari katta bo`ldi.
Umumta’lim maktablari va oliy o`quv yurtlari uchun geografik adabiyotlar , darsliklar va metodik
qo`llanmalarni tarjima qilish keng tus oldi.
Umumta’lim maktablarni takomillashtirish va rivojlantirishda maktabni isloh
qilishga tayyorgarlik ishlari ko`rib chiqildi. Isloh geografiya ta’limi mazmuniga ham ta’sir
qilmasdan qolmadi. Maktab geografiya kurslari tarkibida ham ba’zi o`zgarishlar paydo bo`ldi.
Ta’limning 11 yillik tizimiga o`tish bilan geografiyani o`qitishda ham mehnat ta’limi kasb hunar
yo`nalishiga e’tibor kuchaytirildi.
Sobiq SSSR tugatilishi arafasida maktabni qayta isloh qilish uchun kurashlar va
harakatlar bo`ldi .Lekin ular o`zini oqlamadi. O`zbekistonning mustaqillikka erishishi geografiya
ta’limida tub o`zgarishlarga olib keldi.
Darslarda o`quvchilarning mustaqil va amaliy ishlariga e’tibor kuchaydi. 1935-yilda
O`rta Osiyo universitetida geografiya-geologiya fakulteti tashkil etildi. 1935-1940-yillar
mobaynida O`zbekistonda pedagogika institutlarining aksariyatida geografiya mutaxassisligi
ochildi.1943-yilgacha Respublikada 10ga yaqin o`qituvchilar institute ochildi.Ularda geografiya
o`qituvchilari
ehtiyojlarini hisobga olib, ularga metodik yordamlarini kuchaytirish maqsadida
o`qituvchilar malaakasini oshirish institutlari, ular bazasida esa geografiya kabinetlari va
kafedralari tashkil etiladi.
Geografiya ta’limi har tomonlama rivojlanishida buyuk iqtisodiy-geograf
N.N.Baranskiyning xizmatlari katta.U mualliflik qilgan iqtisodiy geografiya darsligi 20yil
mobaynida muntazam rivojlanishda nashr etilib ko`rildi.N.N.
Baranskiy “O`qituvchi-ta’lim
Dostları ilə paylaş: