M.V. Lomonosov geografiya fanini rivojlantirishga katta hissa qo`shdi.
Jumladan, uning rahbarligida Rossiyaning birinchi atlasi va mamlakatning ikkita kartasi nashr
etildi. Maktablarda geografiya darsliklari aniq va to`liq ma’lumotlar bilan to`ldirildi. 1786 yilda
Rossiyada xalq maktablarining ustavi qabul qilindi. Unga ko`ra ikki tipdagi maktablar:
1. Kichik maktablar (ikki yillik)
2. Asosiy maktablar (to`rt yillik) tashkil etildi. Asosiy maktablarda so`nggi ikki yil
davomida uch nomdagi geografiya kurslari o`qitilar edi. Dastlab, o`quvchilarga Yevropaning
umumiy geografiyasi, keyin Rossiya geografiyasi, oxirida umumiy geografiya o`qitilib, bunda
dastlab yer haqidagi umumiy ma’lumotlar berilib, so`ngra dunyodagi alohida mamlakatlarga ta’rif
berilar edi. Yuqori sinflarda Rossiya geografiyasi va geografik statistika fanlari o`qitilar edi. XIX
asr boshida Rossiyadagi barcha o`quv muassasalarida geografiya fanini o`qitishga e’tibor
kuchaytirildi.
Gimnaziya maktablarini uchinchi sinfida haftasiga 14 soat geografiya o`qitilar edi.
Bundan dastlab yer haqidagi umumiy ma’lumotlar berilib so`ngra dunyodagi alohida
mamlakatlarda ta’rif berilardi. Yuqori sinflarda Rossiya geografiyasi va geografik statistika
fanlari o`qitilar edi. E. F. Zablovskiy, K.A.Arsenev tomonidan yaratilgan darsliklar qo`llanilar
edi. K.D.Ushiniskiy geografiya ta’limini rivojlantirish yuzasidan bir qator ilg`or g`oyalarni
o`rtaga tashladi. U darsliklarni rasmlar bilan boyitish, oddiydan murakkabga qarab ma’lumotlarni
joylashtirishni ta’kidlab, ko`rsatib berdi. K.D.Usheniskiy bergan takliflar rus olimi
D.D.Semyonov tomonidan hisobga olinib 1860-1867 yillar davomida uch qismdan iborat
“Geografiya darslari” nomli kitob yaratildi. Unda o`lka geografiyasini o`rganishga, darslarni
ko`rgazmali materiallar bilan boyitishga, o`quvchilarni mustaqil tarzda kartalar chizishga, har bir
geografiya darsini ma’lum tizim asosida oddiydan murakkabga qarab o`rganishga e’tibor
kuchaytirildi. D.D.Semyonov tomonidan yaratilgan darsliklar 15 martagacha qayta nashr qilinib,
XIX asrning oxirigacha maktablarda o`qitildi. O`sha davrda K.Smirnov va D.Linberg tomonidan
yaratilgan darsliklar ham maktablarda o`qtilar edi. Bu darsliklarning kamchiligi shunda ediki, ular
murakkab tilda yozilib, rasm va chizmalari yo`q edi. Bu darsliklarda geografik nomlarga e’tibor
kuchaytirilgan bo`lsada, ammo har bir matndan keyin savol va topshiriqlar yo`q edi.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida geografiyaga oid ilg`or pedagogik
g`oyalar aks ettirilgan G. I. Ivanov, A. A Kruber, A. S. Barkov, S. G. Grigorev muallifligida
yangi darsliklar yaratildi. Darsliklarda geografik nomenklatura qisqartirildi, rasmlar bilan
boyitildi, qo`shimcha ma’lumotlar, qiziqarli faktlar kichikroq shriftlar bilan darslikka kiritildi.
Maktab geografiyasini takomillashtirishda nashr qilingan bir qator yangi metodik
qo`llanmalar alohida ahamiyatga ega bo`ldi. Jumladan N. Rayevskiy, S. Mecha, E. YU. Petri,
S. P.Arjanova, A.P.Nechayev, B. P. Budanov tomonidan yaratilgan metodik qo`llanmalarda
o`quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish, geografiyaga doir rasmlar bilan ishlash, savol va
topshiriqlarni oddiylashtirish va boshqa yo`nalishlarda ilmiy metodik g`oyalar yaratildi.
1914 yilda maktabning yangi o`quv rejasi qabul qilindi. Unda geografiya faqat
quyi sinflarda emas, balki yuqori sinflarda ham o`qitilishi ko`rsatib qo`yildi. 1915 yilda Moskva
shahrida butun Rossiya geografiya o`qituvchilarining I syezdi o`tkazildi. Syezd ishtirokchilari o`z
chiqishlarida geografiya fanini yana chuqurroq o`rganish yuzasidan o`z takliflarini berishdi. 1921
yilda taniqli geograf olim D.N. Anuchin rahbarligida geografiyadan umumdavlat o`quv
dasturining loyihasi ishlab chiqildi. Unda ikkita asosiy masala ko`zda tutilgan edi.
1. O`quvchilarning geografiyani mustaqil o`rganishga qiziqishlarini oshirish.
2. O`quvchilarning o`z o`lkasi geografiyasini chuqur o`rganishiga e’tiborini
kuchaytirish ta’kidlanadi.
1924 - 1927 yillar davomida maktab ta’limida DOK tomonidan yaratilgan maxsus dastur
asos qilib olindi. Uning maqsadi maktab ta’limini mehnat bilan bog`lashga qaratilgan tizimni
vujudga keltirishdan iborat edi. Maktabda alohida fanlar o`rniga “Tabiat, mehnat, jamiyat” deb
nomlanuvchi yo`nalishlar tuzildi. Bunday ta’lim o`quvchilarni chuqur georafik bilimlar bilan
qurollantirishga jiddiy zarar yetkazdi. 1927 yildan boshlab geografiya fani ya’na mustaqil fan
sifatida maktablarda o`z o`rniga tiklandi. Maktab geografiya ta’limini takomillashtirishda 1932
yil 25 avgustda BKP ning o`quv dasturlari haqidagi qarorida maktab geografiya ta’limiga
quyidagi o`zgarishlar kiritildi:
1. Geografiya darslarida karta asosiy bilim manbai ekanligini hisobga olib, maktab uchun
geografik kartalar, atlaslar ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi.
2. O`z Respublikasi, oblasti geografiyasini o`rganishga e’tibor kuchaytirildi.
3. Kapitalistik mamlakatlar geografiyasini o`rganishga ruhsat berildi.
4. O`quvchilar bilimini baholashning 5 ballik tizimiga o`tildi.
1934 yil 15 may “O`rta va boshlang`ich maktablarda geografiya fanini o`qitish
haqida” hukumatning mahsus qarori qabul qilindi. Unga ko`ra maktab geografiya ta’limida
quyidagi o`zgarishlar kiritildi:
1. Oliy o`quv yurtlarida geografiya o`qituvchilari tayyorlash maqsadida alohida fakultet
va kurslar tashkil etildi.
2. O`z vatani geografiyasini o`rganish uchun o`quv soatlari 2 marotabaga oshirildi.
3. “Geografiya v shkole” ilmiy-metodik jurnalini nashr ettirish yuzasidan aniq tadbirlar
belgilandi.
4. Maktablar uchun yangi darsliklar, geografik atlas, karta va yozuvsiz kartalar ishlab
chiqish yo`lga qo`yildi.
5. Geografiya darslarining mazmunini to`ldirish maqsadida amaliy ishlarga yo`l berildi.
1958 yil 24 dekabrda “Maktab haqida qonun” qabul qilindi. U ko`p fanlar qatori
geografiya faniga ham o`zining ijobiy ta’sirini ko`rsatdi. O`z o`lkasini o`rganish uchun maktab
dasturida alohida o`quv soatlari kiritildi va oblastlar, o`lkalar, tumanlar kartalarini nashr qilishga
ruxsat berildi. 1966 yildan mustaqillik yillarigacha sobiq sho`rolar hukumati tomonidan maktab
geografiya o`quv dasturini mazmunan o`zgartirilgan 6 ta dasturi ishlab chiqildi va shu asosida
maktabda V - X larda geografiya fanini o`qitish yuzasidan ishlar amalga oshirildi. 1986 yilda
qabul qilingan geografiya dasturi quyidagi jihatlari bilan oldingi dasturlardan farq qilar edi:
1. Dasturda tayanch geografik tushunchalar alohida ajratib ko`rsatildi.
2. Geografiyadan amaliy ishlarning ikki turi ya’ni (A) mashq uchun bajariladigan amaliy
ishlar, (B) yakuniy amaliy ishlar.
3. O`quvchilarning amaliy ko`nikmalarini aniqlashga doir talablar o`quv dasturiga
kiritildi.
4. O`quvchilarning bilimiga nisbatan har bir kurs uchun alohida talablar qo`yildi.
5. O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini odilona baholash maqsadida 5
ballik baholash normasi o`quv dasturiga kiritildi.
Fotix Karimning geografiya kitobi 1909 yili Orenburgda bosilib chiqdi. Bu kitob
Toshkentdagi «yangi usul» maktablarining birida qo’llanib kelingan.
Bu qisqacha geografiya kitobi (risola), rus darsliklari namunasida yozilgan. Dastlab
geografiya, karta, atlas, dengiz, okean, tog’, vodiy, daryo, ko’l va boshqalar haqida, so’ngra
dunyoning besh qit’asi va undagi davlatlar haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Fotih Qarimning qisqacha geografiya risolasi kamchiliklardan xoli bo’lmasada (masalan,
o’lkashunoslikka e’tibor berilmagan), har holda keyingi geografiya darsliklarining takomillashuviga
va geografiyaning yanada kengroq o’qitila boshlanishiga ta’sir ko’rsatdi.
XX asrning 10 ynllaridan boshlab Rossiyada geografiya o’qitish ancha yaxshilandi.
Geografiya o’qituvchilarining D. N. Anuchin rahbarligida o’tgan birinchi Butunrossiya s’ezdi (1915
y.) Rossiya maktablarida geografiyaning rivojlanishida katta voqea bo’ldi. S’ezdda barcha sinflarda
geografiya darslari soatlarining ko’paytirilishi lozimligi, shuningdek, geografiya o’qitishda
ekskursiya, kuzatish va amaliy ishlarning axamiyati ta’kidlangan. Shundan keyin geografiya
maktab ta’limidagi eng asosiy o’quv predmetlaridan, deb tan olindi va maktablarda yangi dastur
joriy qilindi.
M. T. YAroshevskayaning «Rasmli boshlanma geografiya» (1911 y.); E. Lesgaft, G.
Ivanovlarning hamma sinflar uchun yozilgan geografiya kitoblari, shuningdek, A. Kruber, S.
Grigorьev, A. Barkov va S. CHefranovning «Boshlanma geografiya» darsliklari nashr etildi.
Mazkur darsliklarda geografiya fani erishgan yutuqlardan foydalanilgan, geografik nomlar
birmuncha qisqartirilgan, tabiat va aholining hayotidan yorqin tasvirlar berilgan.
Rossiyada geografiyaga bo’lgan e’tiborning ortishi Turkiston maktablarida geografiya
o’qitish ishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. YAngi original geografiya darsliklari vujudga kela boshladi.
Geografiya darsliklari o’qituvchilar o’rtasida muxokama kilinar va ularning mulohazalari
asosida takomillashtirilar edi. Eng yaxshi geografiya darsliklari dastur tarzida qabul qilinib,
ko’pchilik maktablarda o’qitila boshlandi.
Darsliklarni nashr etishda Abdulla Avloniy rahbarligidagi «Maktab» bosmaxonasining ham
xizmati katta bo’lgan.
Usha davrdagi muhim risola (kitobcha) lardan «Er yuzi», «Jurrofiyai ijmoliy» (umumiy
geografiya) va «Jug’rofiyai riyoziy» (matematik geografiya) kitoblari bo’lgan. Quyida shu
kitobchalar haqida qisqacha ma’lumot beramiz.
«yer yuzi». Bu geografiya qo’llanmasining ikkinchi nashri 1915 yilda bosilib chiqqan. «Yer
yuzi»ning birinchi nashri Turkiston geografiya o’qituvchilari o’rtasida muhokamaga qo’yilgan va
o’qituvchilariing fikr hamda mulohazalarini e’tiborga olib tuzatilgan. «Er yuzi» kitobi dastur
sifatida qabul qilingan.
Bu kitob xam rus geografiya kitoblari namunasida yozilgan bo’lib, u umumiy tabiiy
geografiyani, qit’alar va eng muhim mamlakatlar geografiyasini va Rossiya haqidagi geografik
ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Umuman «yer yuzi» revolyusiyagacha maktablar uchun nashr etilgan geografiya kitoblari
ichida eng mukammalidir. Bu kitob ayrim maktablarda, hatto 1928 yilgacha qo’llanib kelinganligi
fikrimizning dalili bo’la oladi.
«Jugrofiy ijmoliy» nomli kitobcha geografiya darsligi talabiga javob bera oladigan darajada
emas edi. Bu kitob juda qisqa bo’lib, unda asosan materik, mamlakatlar va
daryolar sanab o’tilgan, geografik tushunchalar juda kam va qisqa bayon etilgan.
1914 yilda nashr etilgan «Jug’rofiyai riyoziy» (Muhammad Amin Karimiy risolasi)
boshlang’ich maktablarining 4 va 5 sinf o’quvchilari uchun mo’ljallab chiqarilgan.
Kitob 17 dars, ya’ni 17 mavzudan iborat bo’lgan. Bu risolada erning shakli, uz o’qi va
Quyosh atrofidagi harakati, Oy va uning tabiati, Quyosh va Oy tutilishlari xaqida, yulduzlar haqida
ilmiy ma’lumotlar berilgan. «Jug’rofiyai riyoziy» o’sha davrdagi matematik geografiyaga bo’lgan
ehtiyojni ma’lum darajada qondirgan. Bu kitobni yozishda rus tilida nashr kilingan adabiyotlardan
foydalanilganv shubxasiz. Usha davrda bunday darslikning vujudga kelishi, birinchidan, o’zbek
xalqining geografik bilimlarga bo’lgan ehtiyoji kun sayin ortib borayotganligidan, ikkinchidan,
o’zbeklardan geograf mutaxassislar etishib chiqa boshlaganligidan darak berar edi.
O’rta osiyolik olim ma’rifatparvarlar fanning, jumladan, geografiya fanining rivojlanishiga
munosib hissa qo’shdilar. Geografiyaga qiziqish orta bordi: o’zbek tilida globus ishlandi, o’zbekcha
kartalar yaratildi, tabiatni o’rganish va undan oqilona foydalaiishga qaratilgan fikrlar paydo bo’ldi.
Usha davrdagi ilg’or fikr namoyandalaridan Axmad Donish, Furqat, Hoji YUsuf Hay’atiy, Hamza
Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniylarni faxr bilan tilga olamiz.
Axmad Donish (Ahmad Nosir o’g’li, 1827—1897 yy.) XIX asrning ikkinchi yarmidagi
keng bilimli ma’rifatparvarlardan biri va o’z davridagi ilg’or g’oyalarning targ’ibotchisidir. U
ajoyib shoir, filosof, etuk astronom va geograf edi.
Axmad Donish o’z zamonasida boshqa bilimlar qatori, geografik bilimlar ham, ommani
nodonlikdan xalos etishda va kishilar ilmiy dunyoqarashining shakllanishi hamda yuksalishida katta
rolь o’ynalajagini ta’kidlagan va buning uchun jon kuydirganlardan biri edi.
Donish jaholatga tushib qolmaslik uchun dunyoviy bilimlarni egallashga quyidagicha da’vat
qildi:
«Biz dunyoni gullatib yashnashi uchun, dengizlar kezib o’rganish uchun, er osti boyliklarini
izlab topish uchun, Erning hamma qit’alari va aholisini bilish uchun tug’ilganmiz» (Navodirul
voqoe, 77 a, 82 betlar.)
Ahmad Donish geliosentrik nazariya bilan tanish bo’lgan, evropaliklarning dunyo aylana
sayohatlaridan, shimoliy va janubiy o’lkalarda olib borilayotgan tadqiqot ishlaridan xabardor edi.
A. Donishning Buxorodagi suv ta’minotini yaxshilash to’g’risidagi fikrlari ayniqsa
qimmatlidir. U o’z g’oyasini amalga oshirishni so’rab Buxoro amiriga murojaat qiladi.
Ulkamizdagi dastlabki ma’rifatparvarlardan biri, geografik bilimlarni tarqalishiga ma’lum
darajada hissa qo’shgan Ahmad Donishning orzuistaklari sovet davridagina amalga oshdi. Maktab
geografiya ta’limiga munosib hissa qo’shganlardan biri o’zbek sovet adabiyotining asoschisi, mohir
pedagog va san’atkor Hamza Hakimzoda Niyoziydir.
H. H. Niyoziyning ijodiy merosidagi xalq maorifi va tarbiya haqidagi fikrlar muhim
ahamiyatga ega. Asrimizning o’ninchi yillarida O’zbekiston territoriyasida maktablarning deyarli
hammasi sinfiy xarakterda bo’lganligi uchun Hamza o’zbek bolalarining taqdiri va ularga qaysi yo’l
bilan yordam berish haqida o’ylar edi.
Hamzaning pedagogik faoliyati 1910 yillardan boshlanadi. U 1911 yili Qo’qonning Hojibek
guzarida kambag’al bolalari uchun maktab ochadi. Qisqa vaqt ichida Hamza maktabining shuhrati
ortadi. Hamza maktabining shuxrat qozonish sabablaridan, uning maktabidagi o’qishyozish,
geografiyaning o’kitilishi, umuman, dars berishda o’qitishning yangicha usullaridan foydalanishi
edi. Hamzaning 1914 yilda ochgan ikkinchi maktabida ham geografiya o’qitiladi. Hamzaning
maktabi o’z oldiga qo’ygan maqsadi, mashg’ulotlarning sinf dars sistemasi asosida o’z ona tilida
bo’lishi va unda dunyoviy fanlar (tabiiyot, geografiya, tarix)ning o’qitilishi bilan eski maktablardan
butunlay farq qilar edi.
1915 yilda H. H. Niyoziy Marg’ilon shahriga borib, u erda ham kambag’al bolalar maktabini
ochishga kirishadi. Birok; bu erda maktab ochish uchun Farg’ona gubernatori ruxsat bermaydi.
Keyinchalik esa unga geografiya, tarix va tabiiyot fanlariki o’qitmaslik sharti bilan maktab ochishga
ruxsat bergan. Shunda Hamza: «Javob beribdilar bo’pti, tabiiyot, jugrofiya va tarixsiz maktab
maktab bo’ladimi», degan edi.
Bu so’zlardan maktabda geografiya o’qitilishiga juda katta e’tibor berganligi ko’rinib
turibdi. Hamza ochgan maktablarning hammasida geografiya o’qitilgan. Bu davrda Rossiyada xam
geografiyani o’qitish yaxshilana boshlagan edi. Bu hol O’zbekiston territoriyasidagi maktablarda
geografiya o’qitilishiga, jumladan, Hamza maktablarida o’qitilayotgan geografiyaning mazmuniga
ma’lum darajada ijobiy ta’sir ko’rsatgan.
Hamza maktablarida o’qitiladigan geografiyaning mazmuni Rossiya maktablarida
o’qitiladigan geografiya mazmuniga ancha yaqin kelardi, ya’ni dastlab tabiiy geografiyaga oid
elementar ma’lumotlar berilib, keyin qit’alar va undagi davlatlar, so’ngra Rossiya va Turkiston
geografiyasi o’rgatilar edi.
Hamza geografiya darslarida o’z saexatlari (Afg’oniston, Hindiston, Arabiston va
Turkiyada, Rossiyaning ba’zi shaharlarida bo’lgan) taassurotlaridan keng foydalangan. Uning
o’quvchilari geografiyadan alohida daftar tutishgan. 20yillarning oxiriga kelib, o’zbek
maktablarida dars berish uchun etarli tayyorgarlikka ega bo’lgan dastlabki geografiya
o’qituvchilari etishib chiqa boshladi. 1926 yildan boshlab N. Ibodov (hozir iqtisod fanlari
kandidati, dosent), G’. Nazarov, 1928 yildan boshlab I. Mirzaboev, A. Axrorov kabilar
geografiyadan dars bera boshlaganlar. Bular o’zbek sovet maktab geografiya o’qituvchilari
armiyasining bayroqdorlari bo’lganlar. 1.Jadidchilik harakati va geografiya ta’limi.
Dostları ilə paylaş: |