Mavzu: germaniya iqtisodiyotida sug’urtaning tutgan o‘rni va ahamiyatigermaniyaning yirik sug’urta kompaniyalariga umumiy tavsifnoma. Germaniyada sug’urtatizimini davlat tomonidan tartibga solish frantsiyada sug’urta faoliyatinidavlat tomonidan tartibga
MAVZU: GERMANIYA IQTISODIYOTIDA SUG’URTANING TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATIGERMANIYANING YIRIK SUG’URTA KOMPANIYALARIGA UMUMIY TAVSIFNOMA. GERMANIYADA SUG’URTATIZIMINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH FRANTSIYADA SUG’URTA FAOLIYATINIDAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH.ISPANIYADAGI YIRIK SUG’URTA KOMPANIYALARI VA ULAR TOMONIDAN KO’RSATILADIGAN ASOSIY SUG’URTA XIZMATLARI. Reja: 1. Germaniyaning iqtisodiy – jo‘g‘rofiy Holati.
2. Mamlakat umumiy xarakteristikasi.
3. Ijtimoiy bozor xujaligida nemis modeli va uni modernizatsiyalash.
4. Ispaniyadagi yirik sug’urta kompaniyalari va ular tomonidan ko’rsatiladigan asosiy sug’urta xizmatlari.
1. Germaniyaning iqtisodiy – jo‘g‘rofiy Holati. Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) Evropaning markaziy qismida joylashgan bo‘lib, shimolda Daniya bilan, g‘arbda Gollandiya, Belgiya, Lyuksemburg va Fransiya davlatlari bilan, Janubda SHveysariya va Avstriya, sharqda CHexiya, Slovakiya, Polsha davlatlari bilan chegaradoshdir. GFR Evropa Hamjamiyati va NATOga a’zo bo‘lgan davlat sifatida Evropaning markaziy va sharqiy davlatlarini bir – biriga bog‘lab turadi. GFRning umumiy maydoni 356,96 km bo‘lib, u Hududiy jiHatdan 16 erdan tashkil topgandir: Baden – Vyurtemburg (poytaxti SHtutgart shaHri), Bavariya (poytaHti Myunxen shaHri), Berlin (poytaxti Berlin shaHri), Bradenburg (poytaxti Potedam shaHri), Bremen (poytaxti Bremen shaHri), Gamburg (poytaxti Gamburg shaHri), Gassen (poytaxti Visbaden shaHri), Mekklenburg – Pommeraniya (poytaxti SHveren shaHri), quyi Saksoniya (poytaxti Gannover shaHri), SHimoliy Reyn – Vestfaliya (poytaxti Dyusseldorf shaHri), Reynland – Pfalsh (poytaxti Mayns shaHri), Saar (poytaxti Saarbryukxen shaxri), Saksoniya (poytaxti Druven shaHri), Saksoniya – Anxalt (poytaxti Magdenburg shaHri), SHlezvig – Golshteyn (poytaxti Kil shaHri) va Tyuringiya (poytaxti Erfurt shaHri).
GFR aHolisi taHminan 82 mln. kishi bo‘lib, uning 6,5 mln.ni chet ellikdir. Poytaxti Berlin shaHri (1991 yilning iyun oyidan).
Rasmiy davlat tili nemis tili. Dini xristian (nasroniy). Pul birligi nemis markasi bo‘lgan edi (2002 yilning yanvarida Evro pul birligi qabul qilindi). Milliy bayrami nemis birligi kuni (1990 yil 3 oktyabr GDR va GFR ning birlashgan kuni).
Germaniya Federal Prezidenti Roman Xeriog, Federal kansler Gerxard SHrode Germaniyaning yirik va mamuriy va sanoat markazlari – Berlin, Keln, Essen, Gamburg, Dyusseldorf, Myunxen, SHtutgart shaHarlari Hisoblanadi.
GFR- federativ davlatdir, erlarining Har biri o‘z konstitutsiyasiga, parlamenti va xukumatiga ega. Federatsiya konstitutsiyasi GFR ning asosiy qonunidir. Davlat raHbari federal prezident Hisoblanadi, u xalqaro munosabatlarda mamlakat nomidan ish ko‘radi. Ijroiya xokimiyati to‘laligicha federal kansler qo‘lida.
GFR ning federatsiya miqiyosidagi qonun chiqaruvchi oliy organi bundestag parlament bo‘lib, u bevosita umumxalq saylovlarida yashirin ovoz berish asosida 4 yil muddatga saylanadi. Bundestag saylovlarida ro‘yxatdagi saylovchilarning 5% dan ko‘p ovozini olgan partiyalar ishtirok etishi mumkin. Erlarning manfaatlarini Bundestag ifodalaydi, bundestag federatsiyaning qonun chiqaruvchi va ijroiya xokimiyatini ta’minlovchi asosiy organi bo‘lib, Hisoblanadi.
Ikkinchi jaHon urushidan so‘ng, Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyotini yuksalishida “marshall plani” ni axamiyati katta bo‘ldi. Ayniqsa, o‘tgan asirning 50- yillarida mamlakatni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishida ichki bozorni kengayishi bilan bog‘liq xolda moliya tizimida milliy valyuta Doyche markni mustaHkamlanishga e’tibor qaratildi.