GIDROGEOLOGIYA (gidro… va geologiya) — yer osti suvlari haqidagi fan. Yer osti suvlarining tarkibi, xossasi, kelib chiqishi, harakati qonuniyatlari va tarqalishini, xoʻjalikka foydasi va zararini oʻrganadi, ulardan foydalanish yoʻllarini aniqlaydi, texnik tadbirlarni ishlab chiqadi. Yer osti suvlarini qidirish, miqdori va isteʼmol uchun yaroqliligini aniqlash, sugʻorish, sanoat korxonalari ehtiyojlarini qondirishda ulardan foydalanish, melioratsiya, botqoq yerlarni quritish va har xil muhandislik inshootlarini qurish kabi amaliy masalalarni ham hal etadi. Gidrogeologiya gidrologiya, geologiya (shu jumladan muhandislik geologiyasi), gidravlika, geofizika, geokimyo, gidrokimyo, iqlimshunoslik, meteorologiya, tuproqshunoslik kabi fan sohalari bilan chambarchas bogʻlangan; mat., fizika, kimyo fanlari maʼlumotlariga asoslanadi, shu fanlarning tadqiqot metodlaridan foydalanadi.
Yer osti suvlari haqidagi bilimlar qadim zamonlardan boshlab toʻplanib kelgan. Shaharlar bunyodga kelishi va obikor dehqonchilik rasm boʻlishi bilan Gidrogeologiya tez rivojlandi. Miloddan 2—3 ming yil avval hoz. Oʻrta Osiyo va Ozarbayjon, Misr, Hindiston, Xitoy kabi mamlakatlar hududida 100 m gacha chuqur quduqlardan suv olinganligi maʼlum. Oʻsha davrdayoq odamlar mineral suvlar bilan davolangan.. Beruniyning «Otilib chiqayotgan suvlarning tabiati toʻgʻrisida» risolasi Gidrogeologiyaga oid dastlabki ilmiy asar hisoblanadi. Asarda Ustyurt, Sultonsanjar, Sariqamish, Sulton Uvaysdagi buloqlardan chiqayotgan suvlarning tabiati toʻgʻrisida maʼlumot berilgan. Uygʻonish davrida yer osti suvlari bilan Gʻarbiy yevropalik olimlaridan Agrikola, Palissi, Steno va b. shugʻullandilar. 19-a. oxiri — 20-a. ning boshlarida grunt suvlarining tarqalish qonuniyatlari aniqlandi. 19-a. ning oʻrtalarigacha Gidrogeologiya geologiyaning tarkibiy qismi boʻlib rivojlandi, keyinroq alohida fan boʻlib ajraldi. Gidrogeologiyaning rivojlanishiga fransuzlardan L. Darsi, J. Dyupyui, nemis olimlaridan E. Prins, K. Keylxak, X. Xafyor, amerikalik olimlardan A. Xazen, O. Maynser, A. Leyn, rus geologlaridan S. P. Nikitin, I. V. Mushketov va b., 20-a. ning 20-y. laridan V. P. Savarenskiy va O. Konge salmoqli hissa qoʻshdilar. 1925-y. da Oʻrta Osiyo davlat un-tida Oʻrta Osiyoda yagona Gidrogeologiya kafedrasi tashkil etildi. Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston hududlarida gidrogeologik tadqiqot ishlari olib borildi. 1930-y. da kafedra qoshida yer osti suvlari byurosi va bu byuro asosida 1931-y. da Oʻzbekistan yer osti suvlari in-ti tashkil qilindi. Oʻrta Osiyo, ayniqsa, Oʻzbekiston hududida keng miqyosda gidrogeologik tadqiqotlar oʻtkazildi va Oʻzbekistan hududining birinchi gidrogeologik xaritasi tuzildi. 1934-y. da Yer osti suvlari in-ti Uzbekistonning yagona gidrometeorologik xizmati tarkibiga qoʻshildi.
1957-y. da Oʻzbekistonda Gidrogeologiya tresti tashkil etildi. Keyingi yillarda bir necha gidrogeologik muassasalar barpo etildi. 1960-y. da Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti tashkil qilindi. 1960—63 y. larda Gidrogeologiyaning meliorativ gidrokimyo, grunt suvlari rejimi va balansi, regional yer osti suvlarining resurslari, umumiy Gidrogeologiya sohasi boʻyicha i. t. ishlari olib borildi.
Gidrogeologiya kompleks tadkikrtlar olib boruvchi fan boʻlib quyidagi tarmoqlarni oʻz ichiga oladi:Umumiy Gidrogeologiya — yer osti suvlarining hosil boʻlishi, ularning fizik va kimyoviy xossalari va togʻ jinslari bilan oʻzaro aloqasini oʻrganadi. 20-a. ning 30—40-y. larida umumiy Gidrogeologiyaning yangi sohasi paleogidrogeologiya (qad. geologik davrlardagi yer osti suvlari haqidagi taʼlimot) vujudga keddi; yer osti suvlari dinamikasi — tabiiy va sunʼiy omillar taʼsirida yer osti suvlarining harakatini oʻrganib, miqdorini aniqlaydi; yer osti suvlari tartibi va balansi haqidagi taʼlimot yer osti suvlaridagi oʻzgarishlar (sathi, t-rasi, kimyoviy tarkibi, harakati)ga oiddir; gidrokimyo — yer osti suvlari kimyoviy tarkibining vujudga kelish jarayonlari va ulardagi kimyoviy elementlarning migratsiya qonunlarini oʻrganadi. 1950-y. larda mustaqil yoʻnalish olgan radiogidrogeologiya — yer osti suvlarida radioaktiv elementlarning migratsiyasini tadqiq qiladi (A. P. Vinogradov, A. N. Tokarev, A. V. Shcherbakov);mineral sanoat suvlari va termal suvlar toʻgʻrisidagi taʼlimot — mineral suvlarning paydo boʻlishi va kimyoviy tarkibini aniqlaydi, ularning asosiy genetik turlarini tasniflaydi, mineral suvlar manbaini topib, ulardan foydalanish yoʻllarini oʻrganadi; yer osti suvlarini qidirish va razvedka qilish — sugʻorish va suv bilan taʼminlashni tashkil qilish, yer osti suvlarini topish borasida ish olib boradi; meliorativ Gidrogeologiya — sugʻoriladigan va quritiladigan hududlardan q. x. da ratsional foydalanish maqsadida ularning gidrogeologik sharoitlarni yaxshilash metodlarini ishlab chikadi. Sugʻorish meʼyorlarini aniqlash, q. x. ni suv bilan taʼminlash, yer osti suvlari tartibini bashoratlash, tuproqning shoʻrlanishiga qarshi kurashishda meliorativ Gidrogeologiyaning ahamiyati katta.
Oʻzbekistonda meliorativ Gidrogeologiyaning taraqqiyotiga M. A. Shmidt, O. K. Lange, N. N. Hojiboyev, M. M. Krilov, Q. Gʻ. Gʻaniyev va b. muhim hissa qoʻshdilar; foydali qazilma konlarining Gidrogeologiyasi — yer osti suvlarining sanoat ahamiyatini aniqlash, oʻrganish, oʻzlashtirish, ishga tushirish bilan shugʻullanadi; regional Gidrogeologiya — yer osti suvlarining turli tabiiy sharoitlarda tarqalish qonuniyatlarini geologik strukturalar bilan bogʻliq holda oʻrganadi. Regional Gidrogeologiya geologik syemkaga asoslanadi. Gidrogeologiya sanoat suvlaridan yod, brom, bor, stronsiy, litiy, radiy va b. elementlarni ajratib olish, termal va oʻta issiq suv konlarini kidirish va razvedka qilish, bu suvlardan shahar hamda aholi yashaydigan joylarni isitish bilan ham shugʻullanadi. Gidrogeologik tadqiqotlarni Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi in-ti, UzMU, ToshTU ning Gidrogeologiya kafedralari olib boradi.
Gidrokimyo - tabiatdagi suvlarning kimyoviy tarkibini hamda ularning kimyoviy, fizik va biologik jarayonlar tasirida ozgarish qonuniyatlarini organuvchi fan. G. geokimyo, gidrogeologiya va gidrologiya fanlari bilan chambarchas bogliq. Petrografiya, mineralshunoslik, tuproqshunoslik, gidrogeologiya, gidrobiologiya va b. fanlarning rivojlanishida G.ning ahamiyati katta. Kimyoviy tarkibi va minerallanish darajasiga qarab tabiatdagi suvlar chuchuk, taxir va shor suvlarga bolinadi. Kation va anionlar miqdoriga kura, xloridli, sulfatli, karbonatli yoki natriyli, magniyli, kalsiyli suvlar buladi. Aholi yashayotgan joy, sanoat korxonalarini suv bilan taminlash, oqar suvlarni tozalash, neft, ruda konlarini qidirishda G.ning roli katta. G. yodli, bromli, radioaktiv, mineral suvlardan xalq xojaligida, tibbiyotda foydalanish yollarini ham organadi. G. yer osti suvlari tarkibini organish, baliqlarning tez-tez joy ozgartirib turish sabablarini aniqlash va harbiy maqsadlarda ahamiyatli.
Qadimdan odamlar suvlarning tami, rangi, hidi, issiq-sovuqligi, oyuvchanligiga qarab turli maqsadlarda foydalanishgan. Abu Ali ibn Sino turli kasalliklarni davolashda tabiiy suvlardan foydalangan. Ozbekistonda tabiiy suvlar kimyosini organishga F. O. Mavlonov, M. Sultonxojayevlar katta hissa qoshdi.
sug orish texnologiyasi cho l suv resurslari gidrologiya va gidrotexnika gidrokimyo va suvni tozalash gidroekologiya va gidrokimyoviy meliorantlar bor 2004
o rganadi. K. geogr. fanlari qatoriga kiradi, shu bilan birga geofizika, gidrokimyo gidrobiologiya, geomorfologiya, geobotaniqa, meteorologiya va geol. bilan
sharoitlarini tushuntiruvchi matn ilova qilinadi. Gidrogeologik r - nlashtirish, gidrokimyo yer osti suvlari va b. haritalar maxsus tipli haritalarga kiradi. Uebekistonda
shu jumladan muhandislik geologiyasi gidravlika, geofizika, geokimyo, gidrokimyo iqlimshunoslik, meteorologiya, tuproqshunoslik kabi fan sohalari bilan
Dostları ilə paylaş: |