Mavzu: global jarayonlar va barqaror taraqqiyot global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqiroz oqibati



Yüklə 192,76 Kb.
səhifə10/20
tarix26.12.2023
ölçüsü192,76 Kb.
#197901
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Mavzu global jarayonlar va barqaror taraqqiyot global korrupsiy

MAHALLIY MUAMMOLAR tushunchasi yuqoriroq darajadagi muammolarga, aniqroq aytganda, ayrim mamlakatlarga yoki yirik mamlakatlarning ancha katta hududlariga tegishli bo‘lgan muammolarga nisbatan tatbiq etiladi. Bu erda odatda kuchli zilzilalar, yirik suv toshqinlari yoki, masalan, kichik davlatdagi fuqarolar urushi nazarda tutiladi.
MILLIY MUAMMOLAR tushunchasi ijtimoiy-siyosiy va ilmiy muomalada ba’zan muayyan davlat yoki milliy hamjamiyatning ma’lum qiyinchiliklari, g‘am-tashvishlarini aks ettiradi. Miqyos darajasiga qarab ular mintaqaviy yoki mahalliy muammolar sifatida talqin qilinishi mumkin.
MINTAQAVIY MUAMMOLAR ayrim qit’alar, dunyoning yirik ijtimoiy-iqtisodiy hududlari yoki ancha yirik davlatlarda yuzaga keladigan muhim masalalar doirasini qamrab oladi. Bunday muammolarga sharqiy Evropaning bir necha mamlakatlari hududi radioaktiv zaharlanishiga olib kelgan Chernobil fojiasi yoki bir qator davlatlarni qamrab oluvchi ancha katta hududlarda yuz bergan iqlim o‘zgarishlari misol bo‘lishi mumkin. Masalan, 1968 yilda Saxel mintaqasida yuz bergan qurg‘oqchilik «asr falokati» degan nom oldi. U Afrika qit’asining 18 davlatini qamrab oldi, bunda ocharchilik natijasida 250 mingdan ko‘proq odam halok bo‘ldi, taxminan 18 million bosh qoramol nobud bo‘ldi, xavfli kasalliklarning epidemiyalari yuzaga keldi, bu ulkan mintaqa hududi esa deyarli to‘la sahroga aylandi.
GLOBAL MUAMMOLAR butun er kurrasini, uning nafaqat odamlar bevosita yashaydigan qismini, balki Erning qolgan yuzasi, er osti bo‘shliqlari, atmosfera, gidrosfera va hatto inson faoliyati doirasiga kiruvchi kosmik fazoni qamrab olishi bilan izohlanadi.
Shunday qilib, global muammolar to‘g‘risida so‘z yuritilganda butun sayyora nazarda tutiladi, uning eng yirik tarkibiy birligi sifatida esa mintaqa qabul qilinadi. Bunda mintaqalar soni va ularning miqyosi ko‘rib chiqilayotgan muammolar xususiyati bilan belgilanadi. Masalan, dunyo miqyosidagi iqtisodiy qoloqlik muammosini tadqiq etishda odatda butun sayyorani ikki mintaqa – rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga ajratish bilan kifoyalaniladi. Demografik, energetik muammolar yoki xom ashyo muammolarini o‘rganishda esa, mintaqalar soni ko‘payadi va har safar tadqiqotning muayyan maqsadlari bilan belgilanadi.

Yüklə 192,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin