Globalizatsiya sharoitida ochiq savdo va protektsionizmning o`zaro
1.2. Globallashuv va xalqaro iqtisodiy integrastiya jarayonlarining o’zaro bog’liqligi va ularning milliy iqtisodiyotga ta’siri Iqtisodyot borgan sari globallashmoqda. Hozirga kunda hukumatlarning hatti-harakati standartlarga va ko’proq siyosiy ravshanligiga erishishga katta ta’sir ko’rsatuvchi yangi global tashkilotlar vujudga kelmoqda.
Globallashuv jarayonlariga ikki turdagi o’zgarishlar sababchi bo’ladi: texnologiyalarining rivojlanishi va iqtisodiy siyosatning liberallashuvi. Bu o’zgarishlar axborotlar oqimi, iqtisodiyot (daromadlar va boyliklar taqsimlanishi sohasida) ustidan olib borilayotgan davlat nazoratini kamaytiradi, ma’naviy boyliklarni ahamiyatini mustahkamlaydi. Aslida globallashuvning hukumat faoliyatiga bo’lgan ta’siri juda murakkab bo’lib, o’z ichiga siyosatdagi har-xil kuchlar balansini va ta’sirini qamrab oladi.
Birinchi qarashda globallashuv ba’zi bir milliy manopoliyalarni buzadi: aloqa, TV, radio, xalqaro telefon xizmati va fakslar jo’natilishi, odatda boshqa tovar va xizmatlarga qaraganda oddiy aholi uchun ancha arzon. Bugungi kunda internet haqiqatdan ham global tarmoq bo’lib, kommunikastiyalar va axborot almashuvida katta imkoniyatlar yaratadi.
Shunga o’xshash holatni davlat tomonidan iqtisodiyotning rivojlanishini tartibga solinishi nazarda tutilishni iqtisodiyotda ham ko’ramiz bu erda bir nechta muammo ko’rib chiqilmoqda.
Birinchidan, global bozorlarning, ayniqsa bir kunlik aylanishi 1 trln AQSh dollarini tashkil etuvchi valyuta bozorning faoliyati. Bu faoliyat masalan, ishsizlik, inflastiya darajasini tartibga solish bo’yicha davlat tomonidan o’tkazilayotgan mustaqil milliy siyosatni o’rnatishga putur yetkazadi.
Ikkinchidan, qisqa muddatli va uzoq muddatli kapital, yuqori malakaga ega mehnat resurslari kabi ishlab chiqarishining yuqori safarbarligini ko’rsatuvchi omillar davlat tomonidan ishlab chiqarishni joylashtirish, daromadni taqsimlanishi, soliq stavkalarini o’rnataishi, atrof muhitni muhofaza qilish va band qilish sohalari ustidan bo’lgan nazoratni ancha kamaytiradi.
Uchinchidan, davlatning jahon inqirozi oldidagi zaifligi.
Globallashuv to’g’risida so’z yuritilganda ko’pincha uni ahamiyatining ortirib yuborilishini moyilligi ko’zga tashlanadi.
Siyosatda o’tkazilayotgan cheklanishlar davlat tomonidan o’z xohishiga qarab o’rnatiladi. Valyuta kursini fiksastiya qilish rejimini tanlagan davlatlar valyuta sisyoatining ayrim qurollarni qo’llashdan voz kechadi. Valyuta mustaqilligini tanlagan davlatlarining harakatlari ilgariga nisbatan ham o’zgarmagan. Lekin bu mustaqillik faqat inflastiyani yuqori darajasini o’rnatishni o’z ichiga oladi. Fiskal siyosatda ana shunday muammolar mavjud. Hukumatlar jahon bozorining sarmoyalarini jalb qilgan holda noaniq va omonat byudjet tanqisligini mablag’ bilan ta’minlay olmaydilar, ammo ular aholiga murojaat qilishi mumkin yoki ichki va tashqi qarzlar bo’yicha o’z majburiyatlari bajarishdan voz kechadilar. Paradoks shundaki, jahon kapital bozorining sarmoyalarini jalb qilgan holda globallashuv hukumatlarga mablag’ bilan ta’minlash mablag’larini kengaytirishga imkoniyat yaratadi. Erkin savdo sharoitidagi mehnat va kapitalning mobilligi o’sishi bilan milliy mustaqillik daromadlar taqsimlanishi ishlab chiqarish va savdo sharoitlari omillarining mobilligiga bog’liq. Agar davlatlar o’z vaziyatini o’zgartirishga harakat qilganlarida, milliy siyosat instrumentlari o’z kuchini yo’qotadi yoki qo’llash doirasidan chetda qoladi. Yuqori korparativ soliqlarining va daromad solig’ining yuqori stavkalarining kiritilishi kapitalning oqib ketishi va immigrastiyaning o’sishiga olib keladi. Rivojlangan davlatlarda valyuta nazorati deyarli qo’llanilmayapti, negaki uning qo’llanilishi samara bermaydi va kapitalning oqib ketishiga sabab bo’ladi. Demokratiya sharoitida biroz oson bo’lsada, erkin savdoni o’rnatishdan manfaatdor ta’ziyq ko’rsatuvchi guruhlar bilan hisoblashishga to’g’ri keladi. Bilvosita soliq stavkalaridagi farq arbitraj spekulyastiyalar uchun qulay sharoit yaratib beradi. Daromad manbalari sifatida tariflarni qo’llash savdo erkinligi bilan chegaralanadi.
Shunday qilib, globallashuv davlatlarning iqtisodiy siyosat sohasidagi ustamonlik bilan harakat qilishlarini cheklaydi, lekin hech ham uni bekor qilmaydi. Hukumatlar davlatdagi investistiya iqlimini investorlar uchun qiziqish o’yg’otishini quyidagi tadbirlar bilan belgilaydilar:
Maorifni, kadrlirni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini qo’llab quvvatlish;
Ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish bilan birga xizmat ko’rsatish sohasidagi narxlarni pasaytirish;
Erkin raqobat uchun sharoit yaratish yoki normalarni tartibga solishni o’zgartirish;
Mehnat bozorining faoliyatini takomillashtirish.5
Bosh ustiga, bir yo’nalishda hukumat bevosita o’z ta’sirini yo’qotmaydi. Aholi harakatlanishi ustidagi nazorat barcha davlatlarda saqlanib qolgan. Qochoqlar va immigrantlar o’z dolzarbligini yo’qotmasa ham, imigrastion nazorat va aholini ro’yhatdan o’tkazish tizimi shunga olib keldiki, ommaviy ko’chishlar iqtisodiyotning ko’rsatkichi bo’lib qolmadi. Fuqarolik va yashash huquqini berish ustidan olib borilayotgan qattiq nazorat davlat tomonidan an’anaviy chegaralar va hududlarni saqlab qoluvchi yagona sohaga aylandi.
Iqtisodiy integrastiyaning chuqurlashishi ayniqsa, mehnatning va kapitalning real sarflanishini aniqlash qiyin bo’lganda, daromadlarning taqsimlanishiga ta’sir ko’rsatadi. O’z xavfsizligi borasida bezovtalanayotgan aholining ishonchini oqlash uchun hukumatlar ishlab chiqarish omillarini erkin harakat qilishiga to’sqinlik qilishiga majbur bo’lmaydilar. Bezovtaliklar integrastiya jarayonlari natijasidagi raqobatning kuchayishi, yangi texnologiyalarning qo’llanishi oqibatida yuzaga kelgan. Davlatlar samarali tartibga soluvchi va qonun chiqaruvchi faoliyati davlatdagi ijtimoiy barqarorlik va inoqlikni talab qiladi. Davlatning yutuqlari integrastiyaning chuqurlashuviga olib keladi, bu esa o’z navbatida davlat ichidagi ijtimoiy sharoitga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shuning uchun ham siyosatchilarni ko’pchiligining millatchilik borasidagi yo’nalishlari ajablantirib qolmaydi. Kommunikastiyalar tizimining va liberallashuv siyosatining takomillashi yordamida kechuvchi iqtisodiyot va jamoatdagi globallashuv jarayonlarining chuqurlashib borishi umuman olganda ijobiy ta’siriga ega. Bu jarayonlarning kechishida turmush tarzining mislsiz o’sishiga, boy va kambag’al davlatlarning individiumlar uchun keng imkoniyatlar yaratilishiga olib keldi.
Ammo bu ijobiy tomonlarining boshqa taraflarini ham unutmaslik lozim. Integrastiya jarayonlarining yo’ldoshi bo’ldi:
Jahon inqirozlari oldidagi zaiflik, “yaxshilik” bilan bir qatorda “yomonlik” tarqalishining xavfi. Bu birdamlikni, hukumatlararo qarorlar qabul qilinishini talab qiladi;
Ko’pchilik uchun globallashuv jarayoni muqarrardek tuyuladi, aholi bu o’zgarishlarga ko’nikishi lozim. Ammo hamma ham bunga tayyor emas. Globallashuv jarayonlarining dushmanlari ham ko’p.
Mustaqil rivojlanish nazariyasi tarafdorlari rivojlanayotgan davlatlar jahon tizimidan ajralib chiqishi kerak deb hisoblamoqda. Bu nazariya imperiyamiz iqtisodiyoti marks-lenin nazariyasidan kelib chiqadi. Umuman bu yo’l “avtarkiyarejimining” barbod bo’lishi, investistiyalash va ochiq savdo rejimini qo’llagan davlatlarning yutuqlari bilan badnom qilingan. Ochiq rejim bilan bog’liq rizoliklar qolmoqda, lekin Osiyo va Lotin Amerikasida davom etayotgan inqiroz mustaqil rivojlanish g’oyalarini yana hayotga chiqarilishiga sabab bo’lishi mumkin.
Shunday qilib, boshqaruv tizimi bir necha usullar bilan rivojlangan:
Murakkablashgan holda institutlarning sonini va ularning hududiy va xalqaro bitimlarga binoan ta’sirining ortib borishi;
Asosan kapital oqimlari va iqtisodiy sohaning erkinlashuvi bilan bog’liq, yangi masalalarni echish;
Kapital bozorining o’z-o’zini boshqarishga va standartlar qabul qilnishiga yordam bergan holda.6
Ushbu tadqiqotning asosiy vazifalaridan biri O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini isloh qilish sharoitida iqtisodiy integrastiya va globallashuv jarayonlari xalqaro tajribasidan foydalanish imkoniyatlarini o’rganish hisoblanadi.
Jahondagi hozirgi taraqqiyot jarayonlarining eng taniqli tadqiqotchilari asarlarida berilgan ta’riflarni umumlashtirib, xulosa qilishimiz mumkinki, globalizastiya kishilik jamiyatidagi mahalliy jamiyatga molik madaniy, axborot, iqtisodiy, geosiyosiy makonlarning bir tizimga birlashuvi jarayonidir.