Globalizatsiya sharoitida ochiq savdo va protektsionizmning o`zaro
2-bosqich: XIX asr oxirlari va XX asr boshlarida erkin raqobatga asoslangan kapitalizm monopolistik kapitalizmga o’tdi, o’zining ajralmas qismi – jahon bozoriga ega bo’lgan umumjahon xo’jaligi qaror topdi. Lekin “umumjahon xo’jaligi” tushunchasi – jahon bozori tushunchasidan ancha kengdir. Chunki, savdo sohasidagi munosabatlar bilan bir qatorda bu davrda mamlakatlar o’rtasida ishlab chiqarish sohasida bevosita aloqalar, kapitalni tashqariga chiqarish va har tomonlama moliyaviy aloqalar rivojlandi. unga ishlab chiqarish kuchlarining ancha o’sishi sabab bo’lib, ular milliy chegaralarning cheklangan doiralaridan sezilarli darajada oshib ketdi. Kapitalning markazlarga tobe va mustamlaka hududlarga, uzoq joylarga olib chiqilishi xo’jalik hayoti internastionallashuvining asosiy ko’rinishiga aylandi.
Bunda kaptitalni chetga tadbirkorlik shaklida chiqarish monopoliyalarning chet elda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishi bilan birga olib borildi, yangi zavodlar qurildi, konlar ochildi. Bozor iqtisodiyoti rivojining bu bosqichida ayriboshlashning internastionallashuviga “pishib o’tgan” industrial markazlarda kapitalni bo’lib chiqishga asoslangan kapital internastionallashuvi jarayoni kelib qo’shildi.
3-bosqich: Urushdan keyingi dastlabki o’n yillar ichida fan-texnika inqilobi ta’sirida ishlab chiqarish kuchlari rivojida keskin o’zgarish yuz berdi. Uning ta’sirida jahon kapitalistik iqtisodiyotining ichki mexanizmi va tashkiliy strukturasida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bunday sharoitda raqobatga bardosh berish uchun ishlab chiqarish ko’lamini ancha oshirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib uni modernizastiyalash kerak edi. Hatto dunyoning etakchi davlatlari kompaniyalar uchun ham bu yangi talablar og’irlik qilardi. O’z navbatida yirik seriyali, ommaviy ishlab chiqarish ko’pincha milliy chegaralar doirasidan chiqib ketadigan yanada katta bozorlarni talab qilardi. Bunday sharoitda ishlab chiqarishni xalqaro kooperastiyalash va ixtisoslashtirish muammosi yanada dolzarb bo’lib qolgan edi. Predmetli “xalqaro” ixtisoslashtirishdan detalli (mayda) ixtisoslashtirishga “o’tish” mayda va kooperastiyali ixtisoslashtirish, kooperastiyalashtirish bilan bog’liq ichki, tarmoqlararo ishlab chiqarish texnologik majmualarining paydo bo’lishi, rivojlanishi aniq ko’zga tashlana boshladi. Mehnatni taqsimlashning, mamlakatlar o’rtasida ixtisoslashuvining chuqurlashuvi tamoyillari yangi, yanada ko’lamli muhim jarayonning – ishlab chiqarishni xalqaro umumlashtirishning ifodasi bo’ldi, buning ahamiyati iqtisodiy hodislar doirasidan chiqib, jahon siyosatida ham yangi davrning boshlanganligini anglatardi. Shu bilan birga xalqaro savdo sohasida ham sezilarli qayta o’zgarishlar yuz berdi, ulardan eng yirigi va barqarori – bu odatdagi tijorat savdosi rolining ichki firmalar almashuvi doirasida yoki uzoq muddatli kooperativ hamda pudrat munosabatlari asosida barqaror texnologik aloqalarga xizmat ko’rsatuvchi tovar ayriboshlashlarga nisbatan ancha pasayib ketishi bo’ldi. Bularning hammasi birga qo’shilib xo’jalik hayotining internastionallashuvini, ya’ni kapital, ishlab chiqarish, texnologiya, ilmiy tadqiqotlar jarayonini almashinuvini anglatadi. Xulosa shuki, xo’jalik hayotining internastinallashuvi–jahon iqtisodi rivojining muayyan bosqichi bo’lib, o’zaro bog’liq ikki jarayonni o’z ichiga oladi:
xalqaro mehnat taqsimotini rivojlantirish;
millatlararo xalqaro ishlab chiqarishni tashkil etish.
Ishlab chiqarishni umumlashtirish va xo’jalik hayoti internastionallashuvining yuksak darajasi xalqaro korparastiyalarning paydo bo’lishi va rivojlanishi uchun iqtisodiy asosdir. Ular o’z shakllariga ko’ra ikki guruhga bo’linadi:
transmilliy korparastiyalar (TMK);
xalqaro (millatlararo) korparstiyalar (MK).7
Transmilliy korparastiyalar kapitali va nazorati bo’yicha milliy, lekin o’z faoliyatiga ko’ra xalqarodir. Transmilliy korparastiyalardan farqli ravishda xalqaro (millatlararo) korparastiyalar egalari bitta davlatning emas, ikki va undan ortiq davlatlar kapitallarining egalari hisoblanadi. Ularning eng muhim hususiyati – akstiyadorlik kapitalini xalqaro ko’lamda bo’lib-bo’lib joylashtirish kompaniya yoki konstern tarkibining ko’p millatliligidir. Transmilliy kompaniyalar XIX asrda ham mavjud edi. Lekin ularning faoliyat faqat XX asrning 20-yillari o’rtalariga kelib kapitalning internastionallashuvi jarayoni chuqurlashishi munosabati bilan keng quloch yoydi. Keyinchalik, 80-yillarda transmilliy korparastiyalar faoliyatida xalqaro operastiyalarning ko’lami orta borishi bilan jiddiy o’zgarishlar yuz berdi, ular bu korparastiyalar faoliyati asosiy tamoyillarining jiddiy o’zgarishlariga olib keldi. Birinchi navbatda, turli millat kapitallarni birlashtirsh asosida qo’shma tadbirkorlikning nihoyatda tez rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan ularning bir millatliligini engib o’tish bo’ldi. Hozirgi sharoitda kapital yangi turining mohiyatini tushinish internastionallashuv jarayoni bilan, ya’ni mehnat, kapital, nomoddiy bo’lmagan aktivlarni o’tkazish borasidagi tashqi bozor munosabatlarining nomukammalligiga javoban o’z tashkiliy tuzilmalari doirasida ichki bozorlarini barpo etish bilan bog’liqdir. Firmalar bozor bitimlari o’rnini shahobchalar o’rtasidagi shartnoma munosabatlari bilan almashtirib, bu bilan tashqi omillar ta’sirini bartaraf etadi va samaradorligi jihatidan an’anaviy tashqi bozordan ustun turuvchi ichki bozorni shakllantiradi. Xalqaro korparastiyalarning iqtisodga ta’siri birinchi navbatda ishlab chiqarishning nihoyatda keng shaxobchalari va taqsimlanishi orqali olinayotgan nisbiy afzalliklar tufayli namoyon bo’ladi. Ulardan foydalanish chet el shaxobchalari ham vertikal, ham gorizantal integrastiyalashuv vositasida ta’minlanadi. Xalqaro korprastiyalar nisbiy afzalliklarinng mohiyati shundaki, ular quydagilarni ta’minlaydi:
ishlab chiqarishning katta hajmi, ko’lami hisobiga mahsulot birligiga ketadigan sarf-harajatlarni tejashni;
ishlab chiqarishning katta ko’lami hisobiga mehnat taqsimoti va ixtisoslashtirishni yanada chuqurlashtirishni;
kapitalning xalqaro bozori xizmatidan foydalanishdagi katta imkoniyatlarni, jumladan, yirik loyihalarni moliyalashtirishni;
tadqiqotlarni amalga oshirish uchun loyihalarni konstentrastiyalashni, texnika hamda kadrlar bilan ta’minlash nuqta’i nazaridan to’g’ri keladigan bir yoki bir necha mamlakatlarda ularni rivojlantirishni;
shu’ba kompaniyalar orqali ular joylashgan mamlakatlar orqali ma’lumotlar to’plash va ulardan foydalanishni;
tashqi muhitning o’zgarishlariga (bozor, siyosiy vaziyat) kichkina kompaniyalarga qaraganda tezroq moslashishni.
Ushbu afzalliklardan tashqari ular:
ishlab chiqarishning keng diversifikastiya qilinishi tufayli tahlikali ahvolga kam tushishadi va ko’pincha mayda formalarga qaraganda yuksak daromad olishadi;
nihoyat soliq ko’p solinadigan mamlakatlardagi filiallariga yetkazib beriladigan tovarlar narxini sun’iy oshirish, bu mamlakatlardagi filiallaridan olib kelinadigan tovarlar bahosini pasaytirish orqali millatlararo korparastiyalar (MK) soliqlar bilan bog’liq bo’lgan talofatlarni kamaytirishlari mumkin.
Hozirgi kunda jahon ishlab chiqarishining 20% idan ko’prog’i MNK ulushiga to’g’ri keladi va firmalar ichidagi savdo (asosiy kompaniyalar bilan uning chet eldagi shu’ba kompaniyalari o’rtasidagi) qayta ishlovchi sanoat mahsulotlarining dunyo bo’yicha savdosining 25% dan ko’prog’ini tashkil etadi. Ayrim xalqaro kompaniyalar yiliga o’nlab milliard dollar miqdorida savdo qilishga erishmoqdaki bu ayrim davlatlar umumiy milliy daromadidan ko’pdir. Bundan tashqari, hozirgi kunda dunyodagi to’g’ridan-to’g’ri investistiyalarning ko’pchilig (90%) ham anashu korparastiyalar tomonidan amalga oshirilmoqda. Shuning uchun ham G’arbdagi u yoki bu mamalakatni boshqa davlatlarda joylashtirilgan “ikkinchi iqtisodi” ko’lamlarini hisobga olmasdan turib, ularning iqtisodiy salohiyatini baholab bo’lmaydi. Bu jarayonga rivojlanayotgan mamlakatlar, ayniqsa, “yangi industrial mamlakatlr” asta-sekin qo’shilmoqda. Ular rivojlangan mamalakatlar sanoati uchun ixtisoslashtirilgan buyumlar, uzellar, tarkibiy qismlar yetkazib beruvchi sifatida faol ish yuritmoqda. Masalan, 2000-yilning boshlarida Singapur elektron va elektro-texnika sanoati eksportining 86%, Tayvnning 78%, Janubiy Koreyaning 68%, Brazeliyaning mashinasozlik mahsuloti eksportining 65% idan ko’prog’i yirik G’arb korparastiyalarining chet el filiallari hissasiga to’g’ri keladi. BMT ma’lumotlariga ko’ra, jahonda 37 000 ko’p millatli korporastiyalar (MK) faoliyat olib bormoqda, ular 170 000 sho’ba korxonalarini nazorat qilmoqda, jahon iqtisodiyotiga jami 5 trillion AQSh dollarini investistiyalashtirmoqda. Korporastiya ichki savdosi - ayni bir mahsulot tarkibiy qismlarini MK filiallari o’rtasida yetkazib berish - jahon savdosining qariyb 80% ni tashkil etadi. Shuni ham aytish kerakki dunyoning eng yirik TMK va MK larining shtab kvartiralari rivojlangan davlatlarda joylashgan.