Globalizatsiya sharoitida ochiq savdo va protektsionizmning o`zaro
I bob. Globallashuvning nazariy va iqtisodiy asoslari 1.1. Globallashuv va zamonaviy jahon iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy xususiyatlari «Barcha zamonlarda inson o’zini tarixiy burilish davrida yashayapman deb hisoblagan. Taraqqiyot nuqtai nazaridan aytish mumkinki, u ma’lum darajada to’g’ri taxmin qilgan. Lekin shunday paytlar bo’ladiki, bu evrilish taassuroti yanada kuchliroq va ayniqsa o’rinliroq xususiyat kasb etadi», deb yozgan edi franstuz olimi va mutafakkiri Per Teyyar de Sharden (1881-1955). Ushbu fikr bilan boshlash, shu boisdan ham o’rinliki, Teyyar de Sharden fikriga murojaat etish globalizastiya hodisasining o’zi ham, uning talqini ham oxirgi o’n yillik mahsuli emasligiga ishonch hosil qilish imkonini beradi.
Globallashuvning lug’aviy asosi inglizcha global- jahonga oid yoki umumjahon, degan ma’noni anglatib, dunyo ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotidaga zamonaviy jarayonlarni umumlashtiruvchi ma’noni beradi. “Globallashuv” tushunchasi ilk bora amerikalik olimlar tomonidan kiritilgan. T.Levit “Bozorlarning globallashuvi” nomli maqolasida globallashuvni ilgarilari tasavvur qilib bo’lmaydigan darajada ko’p ko’rsatkichlarga ega bo’lgan iste’mol tovarlari standartlashishi uchun global bozorlar paydo bo’lishi bilan bog’liq yangi tijorat voqeligi deb atagan.
Globallashuvning zamonaviy belgilari quyidagalardan iborat:
• yangi xorijiy valyuta va kapitallar bozorining shakllanib, rivojlanishi; bu bozorlar uzluksiz faoliyatda bo’lib, bir vaqtning o’zida dunyoning turli moliyaviy markazlari o’rtasida yirik moliyaviy va valyuta operastiyalarini amalga oshirish imkoniyati mavjud;
• yangi vositalar va dastaklar orqali operastiyalarning tezligani va ishonchliligini ta’minlash imkoniyatining mavjudligi; Internet tarmog’i, uyali telefon aloqasi, axborot tizimi va boshqalar;
• yangi institustional tizimning shakllanganligi; Jahon Savdo tashkiloti, transmilliy korporastiyalar, nodavlat tashkilotlari va h.z;
• yangi qoidalarning ishlab chiqilganligi;
• ikki tomonlama va ko’p tomonlama savdo, xizmatlar va intellektual salohiyatdan foydalanish bo’yicha shartnomalarning tuzilishi va bu shartnomalarning milliy davlatlar tomonidan amal qilinishi majburiyligi yoki milliy qonunchilikning ularga muvofiqlashtirilishi.2 Endilikda jahonning chekka o’lkalari yoki xilvat burchaklari mavjud emas. Barcha mintaqalar jahon iqtisodiyoti va yagona axborot maydonining tarkibiy qismlariga aylanmoqda. Hududlar va masofalar o’zining asl ma’nosini yo’qotadigan chegarasiz dunyo tushunchasi real shakl-shamoyil kasb etib bormoqda. Tadqiqotchilar «global qishloq» (global village), «tizimga birlashgan jamiyat» (networked society) to’g’risida so’z yuritmoqdalar. Ushbu jarayon sur’atlarining sifat jihatidan yangi darajasini ta’riflash uchun yangi atama - «giper-globalizastiya» atamasi qo’llanmoqdaki, u barcha jabhalar, chunonchi: iqtisodiyot, axborot, moliya, odamlar, tovarlar, pullar, g’oyalar harakati jabhalarida xalqaro aloqalar tezligi tobora oshib borayotganini aks ettiradi.
Globallashuv xo’jalik yurituvchi birliklarning xalqaro miqyosda kengayishi va jahon xo’jaligida salmoqli mavqieni egallashi, tovarlar, xizmatlar, ish kuchi, yangi texnologiya va kapitalning xalqaro miqyosda erkin harakatlanishi, investistiyalar, moliya-xo’jalik, milliy qadriyatlar, madaniyat va san’at kabi yo’nalishlarda hukumatlar, alohida olingan tashkilotlar, millat va elatlar faoliyatining milliy davlatlar doirasidan chiqib, erkinlashtirilishi, inson kapitali, xususan intellektual kapitalniig dunyoning taraqqiy etgan markazlariga ko’chib o’tishi jarayonlarini ham bildiradi. Zamonaviy jaxon iqtisodiyoti oldiga globalizastiya davrida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash masalasini ham qo’yadi.
Ilg’or texnologiyalarning jadal rivojlanishi va axborot almashuvining qulaylashishi, sovuq urushniig va siyosiy qutblashuvning barxam topishi, transport xizmatining keng miqyosda taraqqiy etishi va mamlakatlar o’rtasida yuk tashish va yo’lovchi qatnoviiing ortishi kabilar ham globallashuv jarayonini tezlashtirgan omillardan hisoblanadi.
Aytish mumkinki, iqtisodiyotni erkinlashtirish har qanday mamlakatning globallashuv jarayonida faol ishtirok etishi va undan yuqori darajada manfaat ko’rishining asosiy shartlaridan biridir. Iqtisodiy erkinlik, jamiyatning yuqori darajada demokratik fuqarolik jamiyatiga aylanishi globallashuvning muhim ijobiy natijalaridan hisoblanadi.
Hozirgi paytda iqtisodiy ilm o’zining asosiy diqqatini 4 ta yo’nalishga qaratmoqda. Bular:
moliyaviy globallashuv;
global TMKlarning vujudga kelishi;
iqtisodiyotning mintaqalashuvi;
jahon savdosini intensivlashuvi;
Iqtisodchilar globallashtirishning asosiy tomonlariga o’z e’tiborlarini qaratadilar va undagi quyidagi jarayonlarini ajratadilar:
moliyaviy markazlashuvning kuchayishi. Uning yordamida kredit mablag’lari shakllantiriladi, kredit beriladi va foydalaniladi, shuningdek kapitalning ishlab chiqarish ustidan hukmronligi o’rnatiladi;
axborotlar ahamiyatining oshishi;
global oligopoliyaning to’xtovsiz kengayishi;
TMKlar sonining ortishi;
transmilliy iqtisodiy diplomatiyaning shakllanishi va milliy davlat hokimiyatining globallashuvi.3
Kaliforniya univresiteti professori M. Kastels globallashuv jarayonini “yangi kapitalistik iqtisodi” deb atab, unda axborot, bilim va infarmastion texnologiyalar ishlab chiqarish va raqobatbardoshlik o’sishning asosiy manbasi ekanligini ta’kidlaydi. Umuman olganda jahon iqtisodiyotining globallashuvi deganda, jahon iqtisodiyotining o’zaro bog’liq turli soha va jarayonlarning kuchayib borishi, jahon xo’jaligida tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va bilimlar bozorini asta-sekinlik bilan yagona bozorga aylanishini bildiradi. Zamonaviy jahon iqtisodiyotining globallashuvi quyidagi jarayonlarda namoyon bo’ladi:
Eng avvallo, ishlab chiqarish baynalminallashuvining chuqirlashuvi. Ishlab chiqarish baynalminallashuvining namoyon bo’lishi, iste’mol uchun yaratiladigan mahsulotini tayyorlashda jahonning turli davlatlaridan ishlab chiqaruvchilar qatnashadilar. Jahon savdosining asosiy qismini yarim tayyor mahsulotlar egallaydi. Ishlab chiqarishning baynalminallashuvida TMK etakchi hisoblanadi.
Kapitalning baynalminallashuvini chuqurlashuvi, ya’ni davlatlararo xalqaro kapital harakatining o’sishi, bunda eng avvalo to’g’ri investistiyalar ko’rinishida fond bozorlarining baynalminallashuvi kuzatiladi.
Ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy, texnologik bilimlar vositalarini almashinuvi natijasida, shuningdek xalqaro ixtisoslashuv va kooperastiyalashuv, xalqaro miqyosda ishlab chiqarish resurslarining joylashuvi natijasida ishlab chiqarish kuchlarining globallashuvi sodir bo’ladi.
Xalqaro hamkorlikni amalga oshirishni ta’minlovchi global miqyosdagi material, axborot, tashkiliy-iqtisodiy infrotuzilmaning shakllanishi kuzatiladi.
XMTning chuqirlashuvi natijasida ayriboshlash baynalminallashuvining kuchayishi, bunda xalqaro hamkorlikning ishlab chiqarish sohasiga nisbatan xizmatlar sohasi asosiy yo’nalishlrdan biriga aylanmoqda.
Xalqaro ishlab chiqarish kuchi migrastiyasining o’sishi. Bunda rivojlangan davlatlarda kambag’al davlatlardan kelgan ishchi kuchlarini malaka talab qilmaydigan yoki past malaka talab qiladigan ishga jalb etiladi.
Ishlab chiqarish va iste’molning baynalminallashuvini atrof muhitga ta’sirining ortishi. Bu esa zamonaviy global muammolarni hal qilishga yo’naltirilgan xalqaro hamkorlikka bo’lgan ehtiyojni ortishini keltirib chiqaradi.
Bashoratlarga ko’ra globallashuv jarayoni quydagilarni o’ziga jalb qiladi:
Mintaqaviy integrastion jarayonlarni jadallashtirishi;
Hozirgi paytda xo’jalik yuritishni to’liq erkinlashtirilmagan davlatlar iqtisodiyotining ochiqligi ta’minlanadi;
Barcha bozorlardagi ishtirokchilarning to’siqlarsiz qatnashuvini ta’minlash;
Moliyaviy savdo operastiyalarining qonun-qoida va chegaralarini univesallashtirish;
Bozorlarni tartibga solish va nazorat qilishni bir me’yorga keltirish, ya’ni unifikastiya qilish;
Kapital joylashtirish, investistion jarayonlar va umumjahon to’lov-hisob tizimini standartlashtirish.4