Gramatik kategoriyalar va ulardan foydalanish : Har bir tilning o‘ziga xos grammatik ma`nolari ,uni ifoda qiluvchi vositalari mavjud. Grammatik kategoriya - umumlashgan grammatik ma`no bo‘lib, u tilning qaysi morfologik tipga kirishini ko‘rsatadi va o‘z ifodasini so‘zlarning o‘zgarishida, gapda so‘zlarning boғlanishida topadi. Zidlik mas., birlik va ko‘plik. SHundan son kategoriyasi kelib chiqadi.
Grammatik kategoriyalar grammatik ma`no va grammatik formalar birikmasidan tarkib topadi.
Grammatik kategoriyalar ifodalanish usuliga ko‘ra uch turga bo‘linadi:
Demak, har bir tilning o‘ziga xos grammatik ma`no turlari va ularni ifoda qilish usullari, vositalari bor. Bular har bir tilning o‘ziga xos grammatik qurilishiga ega ekanini ko‘rsatuvchi faktorlardir.Grammatik kategoriya so`zlarni, so`z o`rinlarini, so`z qurilmalarini birlashtiradi, umumlashtiradi. Shunga ko`ra grammatik kategoriyalarning to`rt turi farqlanadi: 1) so`zning 2) so`z shakllarning grammatik kategoriyalari; 3) so`z o`rinlarining grammatik kategoriyalari; 4) so`z qurilmalarining grammatik kategoriyalari.
So`z va so`z shakllarning grammatik kategoriyalari tizimi tilning morfologiyasini tashkil etsa, so`z o`rinlari va so`z qurilmalarining grammatik kategoriyalari tizimi tilning sintaksisini tashkil etadi.
Demak, morfologik kategoriyalarga va sintaktik kategoriyalarga ajratish mumkin.
Morfologik birinchidan, so`z turkumlarining o`zi, ya’ni ot, sifat, son, fe’l kabilar kirsa, ma’lum bir turkumga xos bo`lgan kategoriyalar, ya’ni otlarga xos bo`lgan son, egalik, kelishik kategoriyalari, fe’llarga xos bo`lgan bo`lishli-bo`lishsizlik, nisbat, mayli, zamon,kategoriyalari kiradi.