Changlanish
Ikki jinsli gullarda chang o’z gulidagi onalik og’izchasini changlatish (o’zidan changlanish) yoki shu o’simlikdagi boshqa gullarni yoki bo’lmasa boshqa o’simlikdagi gullarni changlanish mumkin( chetdan changlanish). Ko’p o’simliklarda o’zidan changlanish hodisasi, odatda, chetdan changlanish yuzaga chiqmay qolsa, gullash davrining oxiridagina sodir bo’ladi. Chetdan changlanish ( ayniqsa,boshqa tur o’simlik change bilan changlanishda) ko’p o’simliklar uchun qulaydir, chunki bunday changlanishda changlanishda har xil irsiy belgilari bor gametalar qo’shiladi:nasllar har xil bo’lib, turli yashash sharoitiga yaxshiroq moslasha oladi. Shuning uchun o’simliklar gullarining tuzilishi va ekologiyasida chetdan changlanish ta’minlaydigan ko’pdan-ko’p xususiyatlar borligini ko’ramiz. Chetdan changlanish yuzaga chiqishi uchun, chang joyidan ko’chishi kerek, changni anemofil o’simliklarda shamol yoki yengil havo oqimi, entomofil o’simliklarda hasharotlar, ortinofil o’simliklarda qushlar tarqatadi.Juda kamdan-kam o’simliklarda-bahor, yoz, kuzda gullaydi.
Ba’zi o’simlik turlarining gullari bir ochilganidan keyin so’liguncha yopilmaydi. Boshqa o’simliklarda esa gullar kunduzning kecha bilan almashinishi ( “gul uyqusi”) yoki temperetura, yorug’likning o’zgarishi munosabati bilan ham ochilib, ham yopilib turadi va hokazo. Bunga sabab shuki, ochilgan gulning qismlari bo’yicha o’sishini ham davom ettiradi va ko’p o’simliklarda tashqi sharoitga qarab, dam tashqi,dam ichki yuzasi kuchliroq o’sadi.
Dostları ilə paylaş: |