Fluoressensiya qiladigan maxsus zardoblarni ko‘p miqdorda tayyorlash qiyin bo’lganligi uchun, asosan, Kunsning bilvosita usuli qo’llaniladi. Bu usulda faqat birgina quyon antitelolariga qarshi fluoressensiya qiladigan immun zardoblar tayyorlanadi. Quyon immunoglobulinlariga qarshi antitelolarni olishdan maqsad, ko'pgina tashxis zardoblar, quyonni har xil antigen bilan immunizatsiya qilib olinadi. Reaksiyada maxsus antigen-antitelo birikmasi hosil bo’lgandan so'ng, ularga fluoressensiya qiladigan antiimmunoglobu-linlar birikadi. Kuns reaksiyasi tezkor usullardan hisoblanadi.
Fluoressensiya qiladigan maxsus zardoblarni ko‘p miqdorda tayyorlash qiyin bo’lganligi uchun, asosan, Kunsning bilvositausuli qo’llaniladi. Bu usulda faqat birgina quyon antitelolariga qarshi fluoressensiya qiladigan immun zardoblar tayyorlanadi. Quyon immunoglobulinlariga qarshi antitelolarni olishdan maqsad, ko'pgina tashxis zardoblar, quyonni har xil antigen bilan immunizatsiya qilib olinadi. Reaksiyada maxsus antigen-antitelo birikmasi hosil bo’lgandan so'ng, ularga fluoressensiya qiladigan antiimmunoglobu-linlar birikadi. Kuns reaksiyasi tezkor usullardan hisoblanadi.
Radioimmun usul (RlU)daradioizotoplar (131I, 128I, 3H, 14C) bilan nishonlangan antigen va antitelolardan foydalaniladi. Bu usul yordamida ham antitelo, ham antigenlarni aniqlash mumkin. Antiteloni topish uchun tekshirilayotgan zardobga ma’lum miqdorda nishonlangan antigen qo ‘shiladi. Tekshirilayotgan zardobdagi antiteloning titri nishonlangan antigenlarning kamayishi bilan aniqlanadi.
Radioimmun usul (RlU)da radioizotoplar (131I, 128I, 3H, 14C) bilan nishonlangan antigen va antitelolardan foydalaniladi. Bu usul yordamida ham antitelo, ham antigenlarni aniqlash mumkin. Antiteloni topish uchun tekshirilayotgan zardobga ma’lum miqdorda nishonlangan antigen qo ‘shiladi. Tekshirilayotgan zardobdagi antiteloning titri nishonlangan antigenlarning kamayishi bilan aniqlanadi.
Immunoferment usuli.Hozir ko'pgina infeksion va noinfeksion kasalliklarning laboratoriya tashxisida immunoferement usuli (IFU) tibbiyotga kiritilmoqda. Immunoferment usuli radioimmun usulga o'xshash, lekin bunda radioaktiv izotop o‘rniga ferment ishlatiladi. Hozir IFUning turlari juda ko'p: gomogen, geterogen, bir bosqichli, ikki bosqichli, nishonlangan antigen va antitelolar bilan nafaqat antitelo, balki antigenlarni ham raqobat va raqobatsiz usullar yordamida aniqlash mumkin. IFUning shu turlari ichida geterogen, ya’ni ELISA nomli qattiq asosli IFU keng qoilanilmoqda.