Mavzu: Haydovchining ishonchligi va uni belgilovchi omillar



Yüklə 40 Kb.
səhifə2/4
tarix27.04.2023
ölçüsü40 Kb.
#103483
1   2   3   4
Haydovchining ishonchligi va uni belgilovchi omillar

Haydovchining ish o‘rni
Haydovchining ish o‘rni kabinaning o‘lchamlari, boshqarish jihozlarini ishga tushirishning qulayligi, o‘rindiqning holati va boshqaruv jihozlarining unga nisbatan joylashuvi, ish o‘rnidagi muhitning ergonomik ko‘rsatkichlari bilan tasniflanadi. Haydovchining ish o‘rni haydovchining antropometrik (odam gavdasining o‘lchamlari) va ruhiy fiziologik tasniflaridan kelib chiqqan holda rejalashtirilishi va jihozlanishi kerak.
Haydovchining ish o‘rnidan foydalanish xususiyatlari maishiy qulaylik (komfortnost) deb nomlanadi. O‘rindiq – o‘rindiq taxtasi, yostiqcha, suyanchiq va amorti-zatsiyalovchi qurilmadan tashkil topgan bo‘ladi. O‘rindiq taxtasiga uni sozlovchi va tutib turuvchi har xil qurilmalar biriktirilgan bo‘la-di (masalan, suyanchiqning qiyalik darajasini sozlovchi qurilma).
Haydovchi o‘rindiqda qulay joylashib o‘tirganida uning tana a’zolari ma’lum burchaklarni egallashi va boshqarish a’zolarini ishlatayotganida ortiqcha kuchlanish talab qilmaydigan bo‘lishi kerak
Haydovchi avtomobilni yo‘l sharoitidan kelib chiqqan holda boshqarishi kerak. Avtomobilning boshqarish jihozlari barcha hozirgi zamon avtomobillarida bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Lekin avtomobilning rusumiga qarab, ularning joylashuvi va ishlash asoslari bir-biridan farq qilishi mumkin. Shuning uchun haydovchi o‘ziga notanish bo‘lgan avtomobilga o‘tirishdan oldin uning boshqaruv jihoz lari va joylashuvi bilan har tomonlama tanishib chiqishi kerak. «Neksiya» avtomobilining asboblar taxtasi va boshqaruv jihozlari.
Haydovchi avtomobilning boshqaruv jihozlari va ularning joylashuvi bilan tanishib chiqqach, avtomobilga o‘tirishi mumkin. Buning uchun u avtomobil yoniga kelib, chap qo‘li bilan eshikni ochadi. Yon tomon bilan turib o‘rindiqqa o‘tiradi va eshikni yopadi. So‘ng o‘rindiqqa qulay o‘tirganligini baholaydi. Agar o‘tirish noqulay bo‘lsa, u o‘rindiqning holatini o‘zgartirib, optimal holatni tanlaydi. Bunda u chap oyog‘i bilan ilashma tepkisini oxirigacha bosa oladigan, o‘ng oyog‘i esa tormoz tepkisini va gaz bosqichi orasida bemalol harakatlana oladigan bo‘lishi kerak. Xavfsizlik kamarini taqqan paytda haydovchining ko‘krak qafasi va kamarning tasmasi orasida bir kaft oraliqda tir qish qolishi kerak.



Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin