Releli himoya va elektr avtomatikasida elektrmexanik relelar, yarim o‘tkazgich uskunalar yordamida qurilgan relelar va to‘yinuvchi magnit sistemali relelar keng ishlatiladi. Bulardan eng ko‘p tarqalgani elektrmexanik relelardir.
Elektr mexanik relelar katta o‘lchamga ega. Ular ulanadigan tok va kuchlanish transformatorlari bilan birgalikda ko‘p quvvat iste’mol qiladilar. Relelarning yarim o‘tkazgich asosida qurilishi ularning parametr va xarakteristikalarini yaxshilashga olib keladi. Shuning uchun ular amalda borgan sari ko‘proq qo‘llanilmoqda.
Elektr kattaliklarga ta’sir javob beruvchi relelardan tashqari, bilvosita shikastlanish va nonormal rejimlarni xarakterlovchi noelektrik kattaliklarda ishlovchi relelar keng joriy etilmoqda.
Masalan, gaz yoki bosimning oshishiga ta’sir ko‘rsatuvchi, moyli transformator va reaktorlarda qo‘llaniluvchi, temperaturani sezuvchi relelar ko‘p ishlatilmoqda.
Elektr kattaliklarga ta’sir javob beruvchi relelarni 2 guruxga bo‘lish mumkin:
Birinchi guruxga tok va kuchlanish relelari, ikkinchi guruxga bir fazali quvvat va qarshilik relelari kiradi.
ta’minlovchi quvvat Sk
bilan shartli ravishda xarakterlanadi. Quvvat
Sk
ning