Mavzu: Himoyaviy O’chirish Sxemalarini Tuzish Prinsiplari. Himoyaviy O’chirish Vositalari Reja



Yüklə 33,79 Kb.
səhifə4/9
tarix28.11.2023
ölçüsü33,79 Kb.
#168030
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Реле ҳимояси ҳАҚида умумий тушунча-fayllar.org

Sezgirlik. Agar releli himoyaning ishlash zonasi chegerasida qisqa tutashuv sodir bo‘lsa, u yetarlicha sezgirlikka ega bo‘lishi kerak. Masalan, RH1, u himoyalaydigan AB (birinchi-asosiy) hududdagi shikastlanishni o‘chirishi kerak (1.3 - rasm) va bundan tashqari keyingi RH2 himoyalaydigan BC hududdagi (ikkinchi-zahira) qisqa tutashuvga ham yetarlicha sezgirlikka ega bo‘lishi kerak. RH1 ni ushbu funksiyasi uzoqdan zahiralash deb nomlanadi. Agar ikkinchi hududda (RH2) qisqa tutashuv sodir bo‘lsa yoki Q2 uzgich buzilishi natijasida ishlamay qolsa bunday zahiralash lozim bo‘ladi. SHunday qilib, uzoqdan zahiralashga mo‘ljallangan releli himoya keyingi hududning (1.3 - rasm BC) oxiridagi qisqa tutavuviga ham sezgir bo‘lishi kerak.
Reli himoyaning sezgirligi elektr energetika tizimining barcha rejimlarida, hattoki minimal rejimda ham yetarli darajada bo‘lishi kerak. Agar A elektrostansiyaning (1.4 - rasm) bitta generatori yoki bir necha generatori ishdan chiqsa bunday rejim sodir bo‘ladi.
    1. - rasm. Himoyaning ishlash zonalari




Ishonchlilik. Ishonchlilik talabi qo‘yidagidan iborat, rele himoyasi u o‘rnatilgan oraliq zonasida qisqa tutashuv bo‘lsa ishonchli ishlashi kerak va agar uning ishlashi ko‘zda tutilmagan holatlarda noto‘g‘ri ishlamasligi kerak. Releli himoyaning ishlamay qolishi yoki noto‘g‘ri ishlashi iste’molchilarning elektr ta’minotiga qo‘shimcha buzilishlarni, ba’zida tarmoq ahamiyatiga molik avariyaga olib keladi. Masalan, K1 nuqtada qisqa tutashuv bo‘lsa (1.5 - rasm) va RH1 ishlamasa RH3 ishlab ketadi, buning oqibatida qo‘shimcha ravishda II va III nimstansiyalar ham o‘chib qoladi, normal rejimda RH4 ning noto‘g‘ri ishlashi esa L4 EUL o‘chiradi va I-V nimstansiyalarning iste’molchilari ta’minotsiz qoladi.
Rele himoyasi uskunasining ishonchliligi ularning sxemasini soddaligiga, rele, kontaktli birlashmalar, ularning elementlari sonini kamaytirish, qabul qilinadigan sxema va konstruksiya, rele, yarimo‘tkazgichli elementning soddaligi va ishonchliligi, yordamchi apparatura va montaj materiallarining sifatli tayyorlanganligi, montaj va kontaktli birlashmalarning sifatiga, bundan tashqari releli himoyaning sozligini davriy tekshirishga va ekspluatatsiya jarayoniga bog‘liq. Relili himoyaning ishonchliligi uchun uning sozligini avtomatik va testli tekshirish muhim ahamiyatga ega. Relili himoyag elementlarini umumiy bajarilishi PUE va rele himoyasini bajarishga oid yo‘riqnomaga bo‘ysunadi.




      1. Yüklə 33,79 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin