Mavzu: Himoyaviy O’chirish Sxemalarini Tuzish Prinsiplari. Himoyaviy O’chirish Vositalari Reja



Yüklə 33,79 Kb.
səhifə7/9
tarix28.11.2023
ölçüsü33,79 Kb.
#168030
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Реле ҳимояси ҳАҚида умумий тушунча-fayllar.org

Rele turlari.

Odatda releli himoyaning qurilmalari bir necha ma’lum bir sxema bo‘yicha ulangan relelardan iborat bo‘ladi.

Rele bu avtomatik qurilma bo‘lib, ma’lum bir ta’sir etuvchi kattalikni qiymatida xarakatga keladi yoki ishlaydi.
Rele texnikasida kontaktli (elektromexanik) va kontaktsiz (yarim o‘tkazgichli yoki ferromagnit elementli) relelar qo‘llaniladi.

          1. tur relelar ishlagan paytda kontaktlar ulanadi yoki uziladi.


          2. tur relelar ishlagan paytda kiruvchi kattalikning ma’lum qiymatida chiqish kattaligi (masalan kuchlanish) sakrab o‘zgaradi.


Xar bir himoya qurilmasi va uning sxemasi ikki qismga bo‘linadi:


    • ta’sir javob beruvchi (reaksiya ko‘rsatuvchi) qismi;


    • mantiqli (logik) qismi.


Ta’sir javob beruvchi (yoki o‘lchovchi) qism bosh qism bo‘lib, u asosiy relelardan iborat bo‘ladi. Bu relelar himoya qilinuvchi element to‘g‘risidagi axborot va xabarlarni doimo qabul qilib turadilar va shikastlanish, nonormal rejimda himoyaning mantiq qismiga mos keluvchi axborot uzatib beradilar.


Mantiq qism (amalga oshiradigan qism) yordamchi qism bo‘lib, u ta’sir javob beradigan qismdan olgan axborotni qabul qiladi, agar bu axborotlar ketma- ketligi berilgan programmaga mos bo‘lsa, oldindan ko‘zlangan amallarni bajaradi va uzgich boshqaruviga impuls beradi.
Mantiq qism elktromexanik rele yoki elektron lampali (yarim o‘tkazgichli) sxema yordamida tayyorlanadi. YUqoridagilar asosida aytish mumkinki, relelar

asosiy (shikastlanishga ta’sir javob beruvchi) va yordamchi (asosiy relening axboroti ostida va sxemalarning mantiq qismida ishlovchi) guruxlariga bo‘linadi.


Qisqa tutashuvni va shikastlanishlarning belgilari bo‘lib, I tokning oshib ketishi, U kuchlanishning kamayib ketishi va himoya qilinayotgan qism Z qarshiligining kamayib ketishi xisoblanadi, chunki liniya uchun quyidagiga teng:


Z U
I
(8)

Shunga asosan himoyalarda ta’sir javob beruvchi rele sifatida tok relelari (tokning kattaligiga qarab ta’sir javob beruvchi), kuchlanish relelari (kuchlanishnaing kattaligiga qarab ta’sir javob beruvchi) va qarshilik relelari (qarshilikning o‘zgarishiga qarab ta’sir qiluvchi) qo‘llaniladi.


Agar rele biror kattalikning oshishiga ta’sir javob bersa, bu rele maksimal rele deyiladi. Agar rele kattalikni kamayishiga ta’sir javob bersa, bu rele minimal rele deyiladi.
Nonormal rejimlardan himoya qilish uchun xam tok va kuchlanish relelari ishlatiladi. Tok relelari o‘ta yuklanish sodir bo‘lgan xollarda, kuchlanish relelari esa, elektr tizimlarida kuchlanish xavfli darajada oshib yoki kamayib ketganda ishlab ketadi. Bulardan tashqari, maxsus relelardan bo‘lgan chastota relelari va issiqlik relelari nonormal rejimlarda ta’sir javob berish uchun ishlatiladilar.
Yordamchi relelar qatoriga vaqt relelari, ko‘rsatgich relelar, oraliq relelari kiradi. Vaqt relelari himoyaning xarakatni sekinlashtiradi, ko‘rsatgich relelari esa himoya elementlari xarakatidan xabar beradi va qayd qiladi, oraliq relelar himoya elementlarini o‘zaro bog‘laydi va asosiy relening uzatayotgan xabarini uzgichga etkazadi.
Xar bir releni ikki qismga ajratish mumkin: qabul qiluvchi va bajaruvchi organlar. Qabul qiluvchi organning vazifasi relega kelayotgan elektr kattalikni o‘zgarishini qayd qilish va shunga mos bo‘lgan o‘zgarishlarni boshqa relelarda amalga oshirishdan iborat. Bajaruvchi organning vazifasi tashqi zanjirlarga ta’sir qilishdan, uzgichni o‘chirishdan, boshqa relelarni ishga tushirish yoki ularga xabar berishdan iborat.



        1. Yüklə 33,79 Kb.

          Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin