Mavzu: hiqildoq, kekirdak, bronhlarni tuzilishi va joylashish



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə2/17
tarix18.04.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#55679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
hiqildoq


Nafas a’zolari tizimi.

Nafas a’zolari tizimi - systema respiratorium tashqi muhitdagi havo va o`pkadagi qon orasida gaz almashinish vazifasini bajaradigan a’zolarga aytiladi.

O`z vazifasiga ko`ra nafas a’zolari havo o`tkazadigan a’zolardan: burun bo`shlig`i, hiqildoq, traxeya, bronx; va gaz almashinuvida ishtirok etadigan a’zolar - o`pkalardan tashkil topadi. Amaliyotda nafas a’zolari - yuqori nafas yo`llariga: burun bo`shlig`i, og`iz bo`shlig`i, xalqum, hamda pastki nafas yo`llariga: xiqildoq, traxeya, bronxlar, o`pkalarga bo`linadi.

Nafas yo`llari bilan quyidagi vazifalar chambarchas bog`liq: havoni tozalash; namligini oshirish; ilitish yoki sovutish; hid bilish va h. q. SHu sababdan nafas a’zolarining yuqori qismida, uning shilliq osti qavatida juda ko`p miqdorda venoz qon tomirlar chigali bo`lib, havoni ilitish vazifasini o`taydi. Nafas yo`llarining shilliq qavatidagi bezlar ishlab chiqargan suyuqligi havoni namlash vazifasini o`taydi.

Nafas yo`llari himoya vazifasini ham bajaradi. A’zolarning ichki yuzasidagi kiprikli epiteliy va makrofag hujayralari mikrob va chang moddalarini tutib qoladi.

O`pka suv almashinuv balansini normallashtirib turadi. Jumlada 15-20 % suv moddasi o`pka orqali chiqarilib turiladi. Organizmdagi kislota va ishqor konsentratsiyasi normal holatga o`pkadan karbonad angidridini chiqarilish orqali to`g`rilanib turadi. Bundan tashqari nafas a’zolari orqali ba’zi ximyoviy moddalar: alkogol ichimliklari; efir; xloroform; atseton; ammiak moddalari chiqarilib turiladi. Bu aytib o`tilgan vazifalardan tashqari nafas a’zolari tovush hosil etish vazifasini ham bajaradi.

Embrion taraqqiyotining 4- xaftasida bo`lajak xalqum taraqqiy etadigan sohada, oldingi ichak nayining oldingi devoridan traxea o`sib chiqadi. Traxeya nayi ko`krak bo`shlig`iga o`sa boshlaydi va 6 xaftada bu nay ikkiga bo`linib, pufaksimon hosilalar bilan yakunlanadi. Bu pufakchalar bo`lajak o`pka kurtaklari bo`lib hisoblanadi. Ichak nayidan o`sib chiqqan hosilalardan nafas yo`llarining faqat epiteliy to`qimasi va shilliq bezlar taraqqiy etadi. Hiqildoq tog`aylarining ko`pchiligi, traxeya va bronx tog`aylari va mushaklari mezenxima to`qimasidan rivojlanadi. Qalqonsimon tog`ay 3-nchi jabra ravog`idan taraqqiy etadi.

Nafas a’zolarining o`ziga xos tuzilishi shundan iboratki uning devorlari tananing holatining o`zgarishi, harakat qilish jarayonida siqilib qolmaydigan tog`ay plastinkalaridan tuzilgan bo`ladi. Normal nafas olish - burun orqali nafas olish bo`lib hisoblanadi.

CHunki burun bo`shlig`ida himoya vazifasini bajaradigan hid bilish retseptorlari va kiprikli epiteliy hujayralari bo`ladi. Nafas a’zolarining hamma qismiga xos tuzilish:


  1. naysimon tuzilishga ega;

  1. ichki qavatidagi hujayralar shilliq (sekret) ishlab chiqaradi;

  1. segmentar bronxlargacha ichki yuzasi kiprikli epiteliy bilan qoplangan.

Burun – nasus ning ildiz – radix nasi, uchi – apex nasi va ular orasidagi qismi dorsum nasi, bo`run qanotlariga ala nasi deyiladi.

Burunning tashqi qismi tog`ay moddasi cartilagenes nasi dan hosil bo`lib, quyidagi tog`aylardan iborat:

1) cartilago alaris major – burun qanotining katta tog`ayi; uning medial oyoqchasi - crus mediale va lateral oyoqchasi - crus laterale bo`ladi;

2) cartilagines alares minores – burun qanotlarining kichik tog`ayi;

3) cartilagines nasi accesoriae – burunning qo`shimcha tog`aylari;

4) cartilago septi nasi – burun to`sig`ining tog`ayi;

5) cartilago vomeronasalis – dimog` suyagi va burun orasidagi tog`ay




Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin