Mavzu: Hisoblash texnikasi va uning rivojlanish tarixi



Yüklə 497,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/17
tarix11.10.2023
ölçüsü497,82 Kb.
#153825
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
kilobayt
qabul qilingan va u K bilan belgilanadi. O`z 
navbatida bir kilobayt 1024 baytga teng. 1024 kilobayt esa 1 Mbayt (Megabayt)ga 
teng.
Xotiraning katta-kichikligiga qarab u yoki bu programmalar majmuini ishlata olish 
mumkin. Misol uchun 1 Megabayt xotiraga ega kompyuterlarda faqat DOS 
sistemasida ishlash mumkin bo`lsa, 4 Megabaytli kompyuterlarda imkoniyatlari 
ko`proq bo`lgan programmalarni, xususan WINDOWS 3.1,3.11 programmalarini 
ishlatish mumkin. WINDOWS 95 ni to`laqonli ishlashi uchun 16 Megabayt xotira 
va kamida 486 protsessorli kompyuter, WINDOWS 98, 2000 operatsion 
sistemasida ishlash uchun, Foto Shop, Corell Drawe va boshqa hozirgi zamon 
programmalarini ishlatish uchun kamida 32 Mbayt xotirali va PENTIUM_2,3 
protsessorli kompyuterlar lozimdir. Bu ko`rsatkichlar yangi protsessorlar va 
programma mahsulotlarini paydo bo`lishi bilan yil sayin oshib boradi.
Doimiy xotira. 
Kompyuterlarda berilganlar unga avvaldan joylashtirilgan 
doimiy 
xotira 
(BIOS-Basic Input- Output System-kiritish chiqarishning asosiy sistemasi) 
mavjud. Bunday xotiradan faqat o`qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM 
(Read Only Memory-faqat o`qish uchun) deb ataladi. IBM PC kompyuterlarda bu 
xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, operatsion sistemasini 
boshlanQich yuklanishini ta'minlash, qurilmalarga xizmat ko`rsatishning asosiy 
funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi. 
Kesh xotira

Kesh xotira
kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun 
ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo`lib, uning 
yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez 
bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotiraning ko`proq ishlatiladigan qismi 
nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga murojaatida
avvalo, kerakli programma va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Berilganlarni 
kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bo`lgani uchun 
kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha kam bo`ladi. PENTIUM_2,3 kompyuterlarda 
kesh xotira hajmi 512 K ni tashkil qiladi.


Videoxotira. 
Videoxotira monitor ekraniga video ma'lumotlarni (videotasvirlarni) 
saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki, videotasvirlar (ayniqsa rangli) 
kompyuter xotirasida ko`p joy egallaydi. Shuning uchun video xotira hajmi qancha 
katta bo`lsa, shuncha yaxshi albatta. Videoxotiraning 1 Mbaytdan kam bo`lmagani 
yaxshi.
Shina. 
Kompyuterda har bir qurilmaning ishini boshqaruvchi elektron sxemalar 
mavjud bo`lib, ular adapterlar (moslovchilar) deb ataladi. Barcha adapterlar 
mikroprotsessor va xotira orqali berilganlarni ayirboshlovchi magistral yo`l deb 
ataluvchi shinalar orqali bog`langan bo`ladi. Shunday qilib, oddiy so`z bilan 
aytsak, shinalar turli qurilmalarni bog`lovchi maxsus simlardir. Kompyuterda bir 
qancha shinalar bo`lishi mumkin. Kompyuterlarning elektron sxemasi elektron 
plata deb ataluvchi modullardan iborat. Uning modul tuzilishiga ega bo`lishi 
kompyuterlar ta'mirini oson bajarish, uni foydalanuvchi ehtiyojiga qarab yiQish va 
o`zgartirish imkoniyatini beradi. 

Yüklə 497,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin