uchun ham ba'zi kompyuterlarda past radiatsiya (Lowe radiation) so`zlarini
uchratish mumkin. Lekin ularning inson organizmiga ta'siri
tobora kamayib
boradigan rusumlari yaratilmoqda. Buning misoli keyingi yillarda chiqarilgan 17-
21 dyymli SVGA (SUPER Video Grafic Adapter-katta video grafik adapter)
monitorlarda nurlarning ta'sirini ancha kamaytirilishiga erishilganligini keltirish
mumkin. Monitor asosiy xarakteristikalaridan biri uning tasvirlash qobiliyatidir.
Tasvirlash qobiliyati ekranning gorizontali va vertikalidagi nuqtalar soni bilan
beriladi. Masalan 14 dyymli monitorda tasvirlash qobiliyati 800x600, 15 dyymli
monitorda 1024x768, 17 dyymli monitorda 1280x1024 va 21
dyymli monitorda
esa 1600x1200. Bundan tashqari, monitorning yana bir xarakteristikasi tasvirlarni
hosil qiluvchi piksellar (nuqtalar) o`lchovining katta-kichikligidir.
Tasvirlash
qobiliyati 800x600 ga teng bo`lgan monitorlarda piksel 0,31mm ga, 1024x768ga
teng bo`lgan monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25ga teng bo`lishi kerak.
Monitorning tez ishlashi uning adapteriga bog`liq bo`ladi. Matn rejimida
monitorlar nisbatan tez ishlasada, grafik rejimda u sekinroq ishlaydi.
Uning
tezligini oshirish yo`llari ham mavjud.
Tashqi qurilmalar
Tashqi qurilmalar
quyidagi uskunalardan iborat:
Printer, skaner, modem, strimer,
grafik quruvchi
va boshqalar (2.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: