Mavzu: Hozirgi zamon tibbiyotida yatrogeniya va evtanaziya muammolari



Yüklə 91,29 Kb.
səhifə1/3
tarix13.12.2023
ölçüsü91,29 Kb.
#176562
  1   2   3
Mavzu


Mavzu: Hozirgi zamon tibbiyotida yatrogeniya va evtanaziya muammolari

Yatrogeniya- (jatros -vrach, genesis- vujudga keltirmoq), bu vrachning yoki tibbiyot xamshiralarining noshud suxbati, nojo’ya xatti-xarakatlari, bilimsizligi yoki, bir so’z bilan aytganda, shifokorlarning aybi tufayli bemorda yangi kasalliklar paydo bo’lishidir. Buyuk alloma Buqrotning "Bemorga eng avvalo zarar keltirma" degan naqlini yodda tutish zarur. Yatrogen kasallik bugungi tibbiyot amaliyotida bemorlar orasida 10 foizni tashkil etadi. Diagnostika va davolashning yangi va ilg’or usullari (yani “agressiv meditsina”), ilgari aniqlanmagan, yatrogen patologiya deb atalmish xolatlarni keltirib chiqardi. Bu - tibbiy aralashuvning yomon oqibatlari, ayniqsa noto’g’ri diagnoz asosida o’lim sodir bo’lish xollaridir. Misol: taxmin qilingan kasallik chiqmay, operassiyaning o’lim bilan tugashi, boshqa mos kelmaydigan gurux qon quyish natijasida o’lim sodir bo’lishi, kuchli ta'sir ko’rsatuvchi dori-darmonlardan noto’g’ri foydalanish, doridarmonlar ta'sirida xatto o’limga olib keladigan allergik xolatlar, o’mrov osti venalariga asossiz va noto’gri o’rnatilgan naycha oqibatida o’lim sodir bo’lishi, turli diagnostik (endoskopiya, laporoskopiya, angiografiya va x.k. va profilaktik emlashlar oqibatida o’lim sodir bo’lishi va x.k.). Ilgari bunday xollarning 37 xammasi asosiy kasallikning asoratlari yoki davolashning asoratlari deb qaralardi. Oxirigi yillarda IX - Xalqaro Kasalliklar Tasnifi qayta ko’rib chiqilgandan so’ng yuqorida ko’rsatib o’tilgan va boshqa shunga o’xshash xollar asosiy kasallik darajasiga ko’tarildi.


Xirurgiyada yatrogen patologiyaning quyidagi turlari ajratiladi: Psixogen, somatik, dori, infeksion va aralash. Psixogen yatrogeniya – bu salbiy psixogen omillar ta’sirida rivojlanuvchi kasallik. Psixogen yatrogeniya nevroz, psixoz, nevrasteniya, isteriya, fobiya, depressiya, ko’rquv xissi, depressiv va ipoxondrik buzilishlar shaklida namoyon bo’ladi. Ular tibbiyot xodimining be’mor salomatligi to’g’risida noto’g’ri va extiyotsizlik bilan ma’lumot berishi, be’morni o’z kasallik tarixi va maxsus tibbiy adabiyotlar bilan tanishishi, ommaviy ma’ruzalarni eshitish, ayniqsa televizor orqali noto’g’ri tushunchaga ega bo’lishidan kelib chiqadi. Shifokor be’mor bilan muloqotga kirishganda shuni esda tutishi kerakki, u be’mor uchun katta ma’lumot manbaidir va unga qarab be’mor o’z xolati haqidagi ma’lumotga ega bo’ladi. Dori yatrogeniyasi – bu be’morda shifokor buyurgan dori moddalarini qabul qilingandan keyin kelib chiquvchi buzilishlardir. Somatik yatrogeniyalar – bu turli xil tibbiy muolajalar (jarrohlik operatsiyalari, anesteziologik yordamlar, reanimatsion yordamlar, davolash-diagnostik muolajalar, profilaktik muolajalar) natijasida kelib chiquvchi kasallik. Infeksion yatrogeniya – bu be’morda tibbiyot xodimlarining noto’g’ri xarakatlari tufayli kelib chiquvchi infeksiya. Infeksion 494 yatrogeniyaning sababi diagnostik, organizatsion va davolash – profilaktik tadbirlarda aseptika konunlariga rioya qilmaslik. Bundan tashqari infeksion yatrogeniya sababi gemokomponent terapiya va emlashlarni o’tkazishda ehtiyot qoidalarini buzish. Faqatgina jarrohlik amaliyotining barcha bosqichlarida aseptika qoidalariga qat’iy rioya qilishgina infeksion yatrogeniyaning oldini olish imkonini beradi. Barcha sanalgan yatrogeniyalarning jarrohlikka aloqasi bor. Ayniqsa somatik yatrogeniyalar guruxidan eng xavflisi bo’lib diagnostik yatrogeniyalar xisoblanadi, u esa o’z ortidan noto’g’ri davolash, invaziv tekshirish usullaridan keyin infeksion asoratlar kelib chiqishi mumkin. Tibbiyotda turli yatrogen patologiyalar kelib chiqish sabablari xar xil bo’lib, ular jarroxlik bo’limi shifokori ishining turli bosqichlarida kelib chiqishi mumkin.


Yatrogen omillarga quyidagilar kiradi:

  • Terapevtik taʼsir qilish bilan bogʻliq xavflar:

  • buyurilgan dorilarning salbiy (nojoʻya) taʼsiri;

  • dori-darmonlarni haddan tashqari koʻp buyurish (masalan, antibiotiklarga qarshilikka olib keladi);

  • kiruvchi dori shovqinlari ;

  • jarrohlik aralashuvlar bilan bogʻliq xavflar;

  • tibbiy xatolar;

  • ogʻriqli diagnostika usullari ;

  • shifoxona infeksiyalari ;

  • retseptlarning notoʻgʻri bajarilishi, masalan, shifokorning qoʻl yozuvi yoki matn terish xatolari tufayli;

  • beparvolik;

  • kam baho berish yoki maʼlumotlarning etishmasligi, etarli jihozlar, protseduralar, texnikalar va usullar.


Yüklə 91,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin