Pediatriya fakulteti 209-guruh talabasi
Komulova Zarnigorning
Patofiziologiya fanidan yozgan
Mustaqil ishi
Amaliy mashg'ulot
Mavzu 2. Hujayra shikastlanishi patofiziologiyasi. Hujayra shikastlanishida himoya maslashuv reaksiyalari. Selening umumiy adaptatsion sindromi Hujayraning tuzilishi va vazifalari Hujayra membranasi, unga ma’lum bir shakl kasb etadi va boshqa hujayralar bilan o‘zaro munosabati hamda moddalarni u yoki bu tarafga o‘tishini ta’minlaydi. Membrana yarim suyuq naqshin tuzilmadan iborat bo‘lib, uning asosini fosfolipidlar molekulasi tashkil etadi. Fosfolipidlar zonasi atrofida oqsil molekulalari muallaq turadi. Membrananing yog‘ qismida oqsillar o‘z holatini o‘zgartirishi mumkin, bu esa ular kataliz qiladigan reaksiyalarning tezligi va yo‘nalishiga ta’sir etadi. Bundan tashqari, membrana yog‘lari enzimatik jarayonlar uchun eng qulay sharoit yaratib beradi, chunonchi, oksidlanishga bog‘liq fosforlanish jarayonlarining kechishi uchun suvsiz muhit zarur.
Hujayra yadrosidagi DNKda kodlashtirilgan "buyruq-yo‘riqlar" sitoplazmada amalga oshiriladi. Sitoplazma organellalarining har biri o‘ziga xos vazifalarni bajaradi.
Mitoxondriyalarda har xil oziq moddalar oksidlanishi tufayli hosil bo‘lgan va makroergik fosfat birikmalari sifatida to‘plangan energiya hujayradagi jarayonlarni boshqarish uchun zarur.
Endoplazmatik retikulum (EPR) va Golji kompleksi sitoplazmada sintezlash, qayta ishlash va tashish jarayonlarini ta’minlaydigan tuzilmalardir. EPR - bir-biri bilan bog‘liq sisterna va quvurchalar to‘ridir, Golji kompleksi esa, bir-biri bilan yaqin bog‘langan yassi sisternalar va vezikulalardan iborat.
EPR yuzasidagi ribosomalarda RNK boshqaruvida oqsil sintezi amalga oshadi. YAdro DNKsida esa sitoplazmatik RNK sintezlanadi. Bu RNK yadrodagi DNK bilan bog‘lovchi vazifani bajaradi. DNKdan olingan informatsiyaga qarab ribosomalarda aminokislotalar birlashuvi natijasida oqsil sintezlanadi.
Golji kompleksi - hujayra mahsulotini jamlaydi va sekretsiyaga tayyorlab beradi.
Lizosomalar - membrana bilan o‘ralgan organella bo‘lib, ularda gidrolitik parchalovchi fermentlar saqlanadi.
Hujayraning funksiyalari:
- hayot jarayonini ta’minlovchi protsesslar va o‘zidan-o‘zini ko‘paytirish: moddalar almashinuvi, tashqi muhit bilan bog‘lanish, ma’lumotlarni saklash va avlodga o‘tkazish, moddalarni sintez qilish va parchalash, energiya bilan ta’minlash.
- maxsus hujayralar spetsifik funksiyalarni bajaradi - impulslarni hosil qilishi, muskullarni qisqarishi, eksport uchun maxsulotlar ishlab chiqarish.
Hujayra patofiziologiyasi muammosi hozirgi patologiya masalalari ichida alohida o‘rin tutadi.
Birinchidan, bu muammo kasalliklarning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq, chunki organizmdagi har qanday patologik jarayon hujayraning shikastlanishidan boshlanadi.
Ikkinchidan, klinik amaliyotda shikastlangan a’zo va to‘qimalar faoliyatini tiklashning ko‘proq qo‘llanishi hujayrada vujudga kelgan alteratsiya - shikastlanish darajasini susaytirish va butunlay yo‘qotish mexanizmlari, shuningdek, hujayralarning o‘zida paydo bo‘ladigan himoyalanish, moslanish va tiklanish reaksiyalarini kuchaytirish yo‘li bilan sog‘ayish mexanizmlarini ishlab chiqarishda ahamiyatga ega.
Uchinchidan, molekulyar patologiyaning zamonaviy yutuqlari, ularning o‘rni va ahamiyatini hujayra patologiyasi nuqtai nazaridan aniqlash mumkin. Hujayra to‘qima va a’zolarning struktur va funksional birligi xisoblanib, unda doimo to‘qimalarning energetik va plastik talablariga javob bera oladigan jarayonlar kechadi.
Turli patogen omillar esa hujayraning tuzilishi, strukturasi, modda almashinuvi, fizik-kimyovыy xususiyatlarini o‘zgartirib, shu tariqa hujayra faoliyatining buzilishiga sabab bo‘ladi.