Sterollar– spirtlardan iborat bo’lib, ulardan keng tarkalganlari xolistirol. Ular asosan izopren sinfiga kiruvchi moddalar hisoblanadi. Ularni fosfolipid va gliqolipidlardan farqi bir kator monomolekulyar qavat hosil qiladi. Lipidlar 2 - kator bo’lib lipid qavatini hosil qiladiki, bu tirik hujayraning juda ko’p xarakterli xususiyatlariga sabab bo’ladi.
Bu xususiyatlardan kelib chiqib o’simlik va hayvon organizmlarining hujayralar membranasi 3 - qavat ko’rinishga ega.
Umuman biologik tiriklik membranalarga xos quyidagi umumiy qonuniyatlarni ko’rsatish mumkin:
Har qandayi membranani qalinligi 7.5 nm.
Elektron mikroskopda karalganda 3 qavatdan iborat.
3 qavatdan 2ta oqsil urtada lipid qavatdan iborat.
1972 yili Singer va Nikol’son membrananing suyuq – mozaik modelini yaratishdi. Bunda oqsil molekulalari lipid moleklalari okeanida suzib yurganidek holatini kuzatish mumkin.
Oqsil qavat – membranada bo’lishi, uning mutaxkam bo’lishi, shu bilan birga undan moddalarning uta olishida katta ahamiyatga ega. Membranalarda oqsillar gidrofob q`ismida ko’proq uchraydi. Hujayra membranasida 1000 dan ortik oqsillar, oqsil tabiatli moddalar bor. Ular turli xil vazifalarni bajarishda qatnashadi. Masalan: baozilari o’tkazuvchanlik, transport vazifasini bajarsa, boshqasi nasos mexanizmda qatnashadi. Bazilari hujayralarni bir – biri bilan hosil qiladigan boglanish kanallarida ishtirok etadi va poralar teshiklar hosil qiladi.
Membranada fermentativ oqsillar, spesefik reseptorlar, elektron tashuvchilar, energiya hosil qiluvchilar, fotosintezda ishtirok etuvchilar va boshqalar mavjud. Bundan tashqari alohida o’ziga xos ravishda glikoproteinlar majud. Ular tarkibida asosan glikozalar bo’lib. Monosaxarid zanjirini hosil qiladi va peptid tarzida kuzatiladi. Ularni vazifasi tashqaridan signallarni hujayraga etkazib beradi.
Lipidlar bilan birga ferment va oqsillarni o’tkazuvchanlik xususiyatini oshiradi. Umuman hujayradagi almashinuv reaksiyalarini amalga oshirish imqonini beradigan moddalar juda osonlik bilan membranadan hujayra ichiga uta oladi. Lekin shu bilan birga hujayra uchun yot xisoblangan elementlar, zarali moddalar mebranadan uta olmaydi.
Umuman hujayra membranasini quyidagi umumiy xarakteristikasini ko’rish mumkin.
Turli xil membranalarni qalinligi turlichadir, ular 5-10 nm atrofida.
Hujayrani tashki membranasi 7.5 nm ga teng.
Membranalar lipoprotein strukturalar ya’ni lipid
3.oqsil tuzilishiga ega. Unda uglevodlar xissasi 2-10% tashkil qiladi.
4.Lipidlar o’ziga xos bislay qavat hosil qiladi. Buning sababi kutbli bosh qismi, kutbsiz 2ta dum q`ismi borligi.
5.Membranalarda oqsillar turli xil o’ziga xos funksiyalarni bajaradi.
6.Glikozil gruppa membranada tanlab o’tkazish mexanizmini asosini tashkil etadi.
7.Membranani 2 tasini ham tuzilish ham tarkibi jihatdan bir – biridan farq qiladi.
8.Membranada lipidlar va oqsillar tezda differensiyalanadi.