Mavzu: Hujjatlar ustida ishlash tartiboti Reja: Ish hujjatlarini tayyorlash va ularga qo‘yiladigan talablar


Ish hujjatlarining turlari va ularni shakllantirish tartibi



Yüklə 182,47 Kb.
səhifə4/10
tarix21.12.2023
ölçüsü182,47 Kb.
#188377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu Hujjatlar ustida ishlash tartiboti Reja Ish hujjatlarini

2. Ish hujjatlarining turlari va ularni shakllantirish tartibi
ARIZA
Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish qog‘ozidir. Maktab o‘quvchisi va talaba, ishchi va dehqon, muhandis va olim, xizmatchi va yuqori mansabdor shaxs – jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma-xildir. Arizalar bog‘cha mudirasiga, maktab direktoriga, oliy o‘quv yurti rektoriga, magazin mudiriga, kolxoz boshqaruviga, korxona rahbariyatiga – xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini ko‘rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin.
Hajmi, uslubi va turidan qat’i nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega va u ana shu qismlarning izchilligi asosida tuziladi. Arizaning zaruriy qismlari:
Ariza yo‘llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi.
Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, otasining ismi va familiyasi.
Hujjatning nomi (Ariza).
Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat).
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (agar zarur deb topilsa).
Ariza yozuvchining imzosi, ismi va otasining ismini bosh harflari, familiyasi.
Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy).
Shuni eslatib o‘tmoq joizki, arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda uning yashash joyi haqida ma’lumot zarur bo‘lmaydi. Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo‘lim (qism, brigada va hokazo) va lavozimini ko‘rsatsa, kifoya. Shuningdek, ko‘pchilik arizalar uchun ilovalarning ham hojati bo‘lmaydi.
Ariza asosan qo‘lda yoziladi va uning mazmuni erkin bayon qilinadi. Mazmuni va uslubiga ko‘ra arizalar bir xil emas: u bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi ham mumkin yoki keng jamoatchilikni o‘ylantirayotgan ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan xat tarzida bo‘lishi ham mumkin. Shu nuqtayi nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga ajratiladi. Murakkab ariza matni katta bo‘lishi bilan birga, unga ilovalar qilinishi mumkin. Arizalar aksar hollarda shaxsiy xususiyatga egadir. Shu bilan birga, xizmat arizalari ham bo‘ladi. Xizmat arizasi fuqarolar yoki tashkilotlarning o‘z huquqlarini amalga oshirish yoki manfaatlarini himoya qilish yuzasidan yozma axborotlaridir.
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat peda-
gogika universiteti kasaba uyushmasi hay’atiga Kasb ta’limi fakultetining 2-kurs talabasi Qobil Rahimovdan
ARIZA
Stipendiya miqdorining kamligi va xususiy xonadonda ijarada yashayotganligimni e’tiborga olib, menga moddiy yordam ko‘rsatishingizni iltimos qilaman.
2012.16.01. (imzo) K. Rahimov
BILDIRISHNOMA, BILDIRGI
Muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron-bir voqea va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot. Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar bo‘yicha tuzuvchi (yozuvchi) ning takliflari aks etadi.
Kimga yo‘nalganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajraladi. Ichki bildirishnoma o‘z muassasasi rahba riga yoki bo‘lim mudiriga yoziladi. U toza qog‘oz varag‘iga qo‘lda yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi. Tashqi bildirishnoma, ya’ni muassasa rahbari tomonidan yuqori idoraga yoki mansabdor shaxsga yoziladigan bildirishnoma, odatda, xos ish qog‘oziga ikki nusxada yoziladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida qoldiriladi. Bunday bildirishnoma lar muassasa rahbari tomonidan imzolanadi.
Bildirishnomaning zaruriy qismlari:
Bildirishnoma yo‘llangan rahbarning lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda jo‘nalish kelishigidagi familiyasi.
Bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda jo‘nalish kelishigidagi familiyasi.
Hujjat turining nomi (Bildirishnoma).
Matn sarlavhasi.
Bildirishnoma matni (mazmuni).
Qancha varaqligi ko‘rsatilgan ilovalar ro‘yxati (agar ilova bor bo‘lsa).
Bildirishnoma tayyorlovchi xodim yoki rahbarning imzosi (agar bir necha shaxs tomonidan tayyorlangan bo‘lsa, u barcha mualliflar tomonidan imzolanadi).
Bildirishnoma taqdim etilgan sana (sana muallif yoki muassasa rahbari tomonidan bildirishnoma imzolanayotgan paytda qo‘yiladi).
O‘zbekiston Respublikasi trans port vazirligiga qarashli 4-avtokorxonasining boshlig‘i
S.K. Qurbonovga korxona bosh texnigi
M. Dadaboyevdan
BILDIRISHNOMA
Korxona tomonidan sozlangan avtomashinalarni shu yerning o‘zida tekshirish va nazorat sinovini o‘tkazish bir qancha sozlovchislesarlar va haydovchilarni belgilangan vaqtdan keyin ham biroz muddat qolib ishlashini taqozo etmoqda. Biroq, biz belgilan gan vaqtdan tashqari bajarilgan ishlarni hisob bo‘limida rasmiylashtirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqdamiz. Aytilganlar asosida Sizdan ushbu masalani ijobiy hal etish chora-tadbirlarini o‘ylab ko‘rishingizni so‘rayman.
Korxona bosh texnigi (imzo) M. Dadaboyev 2012.10.10.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, zaruriy qismlari va yozilish shakli jihatidan bildirishnomalar xizmat ma’lumotnoma (spravka) lariga yaqin turadi. Ularning farqi shundaki, ma’lumotnomalarda aso san talab qilingan, so‘ralgan voqea-hodisalar haqidagina axborot beriladi, bildirishnomalarda esa voqea-hodisalarni sanash bilan birga, ularni keltirib chiqargan omillar tahlil qilinadi va tegishli xulosalar qilinib, takliflar beriladi.
DALOLATNOMA
Muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq biron-bir bo‘lgan voqea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat. Dalolatnoma tuzish xilma-xil maqsadlarni ko‘zlaydi, lekin uning asosiy maqsadi sodir bo‘lgan voqea-hodisalarni yoki mavjud holatni qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Bir qancha hollarda dalolatnoma tuzish maxsus huquqiy normalar bilan qat’iy belgilangan. Masalan, korxonalarning hisob-kitob bo‘limlari faoliyatida dalolatnomalar avvaldan belgilangan mazmun va davriylikka asosan tuziladi va ular huquqiy jihatdan muhim o‘rin tutadilar.
Dalolatnomaning zaruriy qismlari:
Bosh idora, muassasa va tarkibiy bo‘linma nomi.
Tuzilgan sanasi va joyi.
Tartib raqami va tasdiq belgisi (zarur hollar da).
Hujjat turi nomi (Dalolatnoma).
Matn sarlavhasi.
Hujjatni tuzish uchun asos (muassasa rahbari ning buyrug‘i, yuqori idoraning qarori yoki ko‘rsatmasi kabilar).
Komissiya tarkibi (raisi va a’zolar).
Ishtirok etuvchilar (guvohlar).
Dalolatnoma matni.
Ilovalar (har bir ilovaning necha betligi ko‘rsatiladi).
Tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari.
Ijro haqidagi belgi.
Har bir dalolatnomaning ushbu zaruriy tarkibiy qismlari qatoriga ayrim hollarda boshqa ma’lumotlarni ham qo‘shish mumkin. Chunonchi, ishni qabul qilish-topshirish chog‘ida tuziladigan dalolatnomalarda xodimlar tomonidan topshirilayotgan qimmatbaho buyumlar, hujjatlar sanab o‘tiladi (ilovalarda), topshirish vaqtidagi ish ahvoliga baho beriladi, bajarilmagan ishlar qayd etiladi va hokazo.
Dalolatnomaning zaruriy tarkibiy qismlarining joylanishi:
Vazirlik, yuqori idora, muassasa nomi «TASDIQLAYMAN»
DALOLATNOMA (Tasdiqlangan)
Sana va tuzilgan joyi (Imzo) Familiya, sana
Matn sarlavhasi: («...haqida»)
Asos: (muassasa rahbarining (sanadagi)-raqamli buyrug‘i yoki yuqori idoraning № -raqamli qarori)
Raisi (shaxs lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi)
A’zolari:
(lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi)
(lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi)
(lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi) dan iborat komissiya tomonidan (shaxs yoki shaxslar) lavozimi, init siallari, familiyasi) ishtirokida tuzildi.
MATN
ILOVALAR
Komissiya raisi (imzo) ismi va otasi ismining bosh harflari,
familiya
Komissiya a’zolari (imzolar) ismi va otasi ismining bosh harflari,
familiyalar
Ishtirok etganlar (imzolar) ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyalar
MAJLIS BAYONI
Turli yig‘ilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlarini va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat. U voqelik ning o‘rni, vaqti va holati haqida ma’lumot berish bilan birgalikda, qarorlarning to‘g‘ri qabul qilinganligini tekshirish va uning bajarilishini nazorat qilishga imkon beradi. Doimiy ish ko‘ruvchi organlar (ilmiy kengash, hay’at va boshqalar), shuningdek, vaqtinchalik ish ko‘ruvchi organlar (konferensiyalar, yig‘ilishlar, slyotlar, komissiyalar) faoliyatlarida, albatta, majl is bayoni yozilishi kerak. Majlis bayonini yozishni tashkil qilish kotibning asosiy vazifalaridan biridir. Majlis bayonlari turli organlarning doimiy kotiblari tomonidan tuziladi va rasmiylashtiriladi. Vaq tinchalik ish ko‘ruvchi organlar majlislarida esa yig‘ilish jarayonida saylangan kotib aynan shu ishni bajaradi.
Majlis bayonida o‘z aksini topgan axborotlarning aniqligi uchun butun mas’uliyat va javobgarlik majlis raisi va kotibi zimmasiga yuklatiladi.
Majlis bayonining asosiy zaruriy qismlari:
Muassasa nomi.
Sarlavha (bamaslahat ish ko‘ruvchi organ yoki yig‘ilishining nomi).
Hujjatning nomi (Majlis bayoni).
Yig‘ilish sanasi.
Shartli raqami.
Yig‘ilish joyi.
Tasdiqlash ustxati (agar majlis bayoni tasdiqlanishi zarur bo‘lsa).
Yig‘ilish raisi va kotibining familiyasi.
Matn:
qatnashuvchilar ro‘yxati yoki soni;
kun tartibi;
eshitildi;
so‘zga chiqdilar;
qaror qilindi.
Ilovalar (agar ular mavjud bo‘lsa).
Imzolar.
Matnning asosiy qismi kun tartibi masalalariga muvofiq joylashadi. Har bir bo‘lim uch qismdan iborat bo‘ladi: ESHITILDI, SO‘ZGA CHIQDILAR, QAROR QILINDI. Bu so‘zlar bosh
(katta) harflar bilan yoziladi. «ESHITILDI» so‘zidan oldin kun tartibida gi masalalarning raqami qo‘yiladi, so‘zdan keyin esa ikki nuqta qo‘yilib, yangi satrdan ma’ruzachining ismi, familiyasi bosh kelishikda yoziladi. Familiyadan so‘ng chiziqcha (tire) qo‘yilib, ma’ruza yoki xabarning qisqacha mazmuni bayon qilinadi. Agar ma’ruza matni tayyor holda bo‘lsa tiredan keyin «Matn ilova qilinadi» deb yozib qo‘yiladi.
Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti kutubxonashunoslik fakulteti 3-kurs talabalari yig‘ilishining
MAJLIS BAYONI № 3
2012.15.02. Toshkent shahri
Rais – M.S. Rahimov
Kotiba – S.P. Mahmudova
Qatnashdilar: 65 kishi (ro‘yxat ilova qilinadi) Kun tartibi:
Talabalar oldida turgan asosiy vazifalar. Ma’ruzachi O. Karimova.
Kurs talabalarining ikkinchi yarim yil uchun tuzilgan ish rejasini tasdiqlash. Ma’ruzachi O.R. Soliyeva.
Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha uyushtirish. S. Karimov axboroti.
1. ESHITILDI: O. Karimova – ma’ruza matni ilova qilinadi.
SO‘ZGA CHIQDILAR: A. Mirakbarova – (Nutqining qisqa mazmuni yoki savoli bayon qilinadi).
P. S. Choriyev – (Nutqining qisqa mazmuni yoki savoli bayon qilinadi).
QAROR QILINDI:
(Qabul qilingan qarorlar bayoni yoziladi).
ESHITILDI: O.R.Soliyeva – (Ma’ruzasining qisqacha yoki to‘liq bayoni yoziladi)
SO‘ZGA CHIQDILAR: T. Ahmedova – (Nutqining qisqa mazmuni yoki savoli bayon qilinadi).
QAROR QILINDI:
(Qabul qilingan qarorlar bayoni yoziladi).
ESHITILDI: S.Karimov axboroti – (Axborotning mazmuni bayon qilinadi).
QAROR QILINDI:
(Qabul qilingan qarorlar bayoni yoziladi).
Rais: (imzo) M.S. Rahimov
Kotib: (imzo) S.P. Mahmudova
MAJLIS BAYONIDAN KO‘CHIRMA
Zaruriyat tufayli majlis davomida qabul qilingan qarorlardan ko‘chirmalar rasmiylashtiriladi. Buyruqdan ko‘chirmada bo‘lganidek, majlis bayonidan ko‘chirma ham imzo bilan tasdiqlanadi.
Majlis bayonidan ko‘chirma quyidagi asosiy qismlardan iborat:
Tashkilot nomi.
Hujjatning nomi (Majlis bayonidan ko‘chirma).
Sana (majlis sanasi).
Shartli raqam.
Majlis bayoni tuzilgan joy.
Matn:
kun tartibi;
eshitildi;
d) qaror qilindi.
Imzolar.
Nusxa tasdiqlanganligi haqida belgi.
MA’LUMOTNOMA
Bo‘lgan voqea yoki mavjud holatlarni bildirish-axborot berish mazmunida ifodalaydigan hujjat. Ma’lumotnomalar, odatda, yuqori idora, mansabdor shaxs hamda oddiy kishilarning ko‘rsatmasiga, talabiga yoki iltimosiga binoan tuziladi hamda so‘ralayotgan yoki iltimos qilinayotgan axborot va ma’lumotlarni o‘zida aks ettiradi.
Ma’lumotnoma o‘z xususiyati va mazmuniga ko‘ra ikkiga: xizmat ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnomaga bo‘linadi.
Rasmiy xizmat ma’lumotnomasida bosma ish qog‘ozidagi yozuvlardan tashqari, yana quyidagi zaruriy qismlar bo‘ladi:
Hujjat jo‘natiladigan yuqori idora yoki mansabdor shaxsning nomi (bosma ish qog‘ozining yarmidan o‘ng tomonga yoziladi).
Hujjat nomi (Ma’lumotnoma).
Ma’lumotnoma matniga sarlavha (xat boshidan yoziladi).
Asosiy matn (ma’lumotnoma mazmuni).
Mansabdor shaxs (tuzuvchi yoki korxona rahbari) imzosi.
Oxunboboyev nomidagi mahalla raisi
A. Rahimovga
MA’LUMOTNOMA
2011-yilda mahalla rahbariyati nomiga mahalla a’zolari va unda yashab ishlovchi boshqa shaxslardan 65 ta ariza va shikoyat tushdi, ulardan 47 tasi ariza va 18 tasi shikoyatdir.
Mazkur hujjatlarning barchasi qonunda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.
Ma’lumotnoma asosi: Mehnatkashlarning 2011-yildagi ariza va shikoyatlarini qayd qilish daftari.
Kotib(a) (imzo) O. Salimova
2012-yil 20-yanvar
MA’LUMOTNOMA
Shaxsiy ma’lumotnomalar quyidagi zaruriy qismlarni o‘z ichiga oladi:
Ma’lumotnoma beruvchi tashkilotning nomi.
Ma’lumotnomaning tartib raqami va berilgan sanasi.
Hujjat turining nomi (Ma’lumotnoma).
Ma’lumotnoma berilayotgan shaxsning ismi, otasining ismi va familiyasi
Ma’lumotnoma matni (u tasdiqlayotgan voqea yoki holat bayoni).
Ma’lumotnomaning maqsadi (ma’lumotnoma ko‘rsatiladigan, taqdim etiladigan joy nomi).
Mansabdor shaxs(lar) ning imzosi (lavozimi va familiyasi).
Muhr.
Dastlabki uch zaruriy qism bosma ish qog‘ozida (bosma ish qog‘ozi bo‘lmagan hollarda to‘rtburchak muhrda) o‘z aksini topgan bo‘ladi.
Ish haqini tasdiqlash haqidagi va pul bilan bog‘liq boshqa shaxsiy ma’lumotnomalarga tegishli muassasaning bosh (katta) hisobchisi ham imzo qo‘yishi kerak.
Ma’lumotnomalarning bu turi ham jo‘natma hujjatlar daftarida qayd etilib, xodim qo‘liga beriladi.
TAVSIFNOMA
Ma’lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek, uning o‘ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat.
Tavsifnoma muassasa ma’muriyati tomonidan o‘z xodimiga bir qancha maqsadlar uchun (o‘quv yurtiga kirishda, xorijiy mamlakatlarga ishlash va boshqa yumushlar uchun ketishda, lavozimga tayinlashda va boshqalarda) beriladi.
Tavsifnomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanligi va axloqiy sifatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi.
Tavsifnomaning asosiy zaruriy qismlari quyidagilardan iborat:
Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumotlar: ismi, ota sining ismi va familiyasi; tug‘ilgan yili; millati; partiyaviyligi; ma’lumoti; lavozimi; ilmiy darajasi va unvoni (agar ular mavjud bo‘lsa).
Hujjat nomi (Tavsifnoma).
Matn.
Imzolar.
Sana va muhr.
Tavsifnoma matnini o‘zaro mantiqan bog‘langan uch tarkibiy qismga ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchi qismda shaxsning mehnat faoliyati to‘g‘risida, ya’ni uning mutaxassisligi, aynan shu korxona yoki tashkilotda qaysi muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi o‘zgarishlar va boshqalar haqida ma’lumot beriladi.
Ikkinchi qismda uning shaxsiy tavsifi, ya’ni ishga munosabati, mutaxassislik bo‘yicha mahorati, siyosiy va iqtisodiy bilimlarini oshi rishi, jamoat ishlarida ishtiroki, oilaviy ahvoli, xulq-atvori, hatto ba’zida siyrati, ishdagi o‘rtoqlariga munosabati, xodimning qanday hukumat mukofotlariga sazovor bo‘lganligi va boshqa asosiy rag‘batlantirishlar, berilgan ma’muriy jazolar qayd etiladi.
Uchinchi qismda esa bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun berilayotganligi ko‘rsatiladi.
Tavsifnoma matni uchinchi shaxs tilidan bayon qilinadi. Tavsifnomaga qoidaga ko‘ra uch shaxs – muassasa boshlig‘i, bo‘lim yoki kafedra mudiri, kasaba uyushmasi tashkilotining raisi imzo chekadi va ular imzosi yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi.
TAVSIYANOMA
Biror shaxsni ma’lum lavozimga yoki ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarga a’zo bo‘lish uchun tavsiya etuvchi rasmiy hujjat.
Tavsiyanomalar ijodiy uyushmalar, muassasa ma’ muriyati yoki alohida shaxs tomonidan berilishi mumkin.
Har qanday tavsiyanoma matnida tavsiya qilinayotgan shaxsning xususiyatlari – mutaxassis sifatida malakasi, ishchanligi, oilaviy, axloqiy jihatlari va ijtimoiy faoliyatiga baho beriladi, shuningdek, tav siya etilayotgan lavozimga yoki ijtimoiy-siyosiy tashki lotlarga a’zo bo‘lishga munosib ekanligiga ishonch bildiriladi.
Tavsiyanomalar ba’zi xususiyatlariga ko‘ra tavsifnomaga o‘xshaydi. Shu sababli ham tavsiyanomalarning ko‘pchiligi tavsifiy tavsiyanomalar shaklida bo‘ladi. Ular orasidagi asosiy farq shundaki, tavsifnomalarda shaxsning barcha ijobiy, salbiy xususiyatlari qayd qilinadi. Tavsiyanomalarda esa uning ijobiy xusu siyatlari ko‘rsatilishi bilan birga, keyinchalik uning zimmasiga yuklatiladigan vazifani bajara olishiga ishonch bildiradi va tavsiya etiladi.
Turli mukofotlarga taqdim etish ham tavsiyanoma shamoyilida bo‘ladi.
Tavsiyanomaning asosiy zaruriy qismlari:
Hujjatning nomi (Tavsiyanoma).
Matn.
Tavsiyanoma beruvchi shaxsning lavozimi, ism-familiyasi.
Imzo.
Sana.
TAKLIFNOMA
Biror-bir tantanali tadbirga taklif etish uchun qo‘llanuvchi yozma axborot.
Taklifnomaning asosiy zaruriy qismlari:
Nomi (Taklifnoma).
Matn:
taklifnoma turiga qarab: taklif qilinayotgan shaxsning famili-
yasi yoki ismi va otasining ismi;
taklif qiluvchi muassasaning nomi;
d) qanday tadbirga taklif qilinayotganligi.
Tadbirning o‘tkazilish sanasi va vaqti.
O‘tkazilish joyi.
Imzo (tadbirni tashkil etgan tashkilotning nomi).
Taklifnomalarda tadbirning kun tartibi yoki dasturi ham berilishi mumkin. Ilmiy anjumanlarga mo‘ljallangan taklifnomalarda ko‘pincha alohida ilmiy dastur ilova qilinadi
TARJIMAYI HOL
Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv. Tarjimayi hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsada, biroq tarjimayi holda ayrim qismlarning bo‘lishi shart.
Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari:
Hujjatning nomi (Tarjimayi hol).
Matn:
muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi;
tug‘ilgan yil, kun, oy va tug‘ilgan joyi;
ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi va ota
ismi, ish joyi);
ma’lumoti va ma’lumotiga ko‘ra mutaxassisligi;
ish faoliyatining turlari;
oxirgi ish joyi va lavozimi;
mukofot va rag‘batlantirishlar;
jamoat ishlarida ishtiroki;
Yüklə 182,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin