Xizmat (rasmiy) hujjatlari – tayyorlanishiga ko‘ra tashkilot yoki mansabdor shaxslarga tegishli hujjatlardir. Bularga ishga qabul qilish buyruqlari va boshqalar kiradi
Xizmat (rasmiy) hujjatlari – tayyorlanishiga ko‘ra tashkilot yoki mansabdor shaxslarga tegishli hujjatlardir. Bularga ishga qabul qilish buyruqlari va boshqalar kiradi.
Shaxsiy hujjat – yakka shaxs tomonidan yoziladigan, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladigan hujjatlardir. Bularga shaxsiy ariza, shikoyat va boshqalar kiradi.
Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi ham benihoya katta. Bu jihatiga ko‘ra hujjatlar quyidagicha tavsiflanadi:
Hujjat tayyorlanish xususiyat va foydalanish darajasiga ko ra
Hujjat tayyorlanish xususiyat va foydalanish darajasiga ko ra
Hujjat tayyorlanish xususiyat va foydalanish darajasiga ko ra
Hujjat tayyorlanish xususiyat va foydalanish darajasiga ko ra
Hujjat tayyorlanish xususiyat va foydalanish darajasiga ko ra
Hujjat tayyorlanish xususiyat va foydalanish darajasiga ko ra
Asl nusxa hujjatlar
Nusxa hujjatlar
Ikkinchi nusxa hujjatlar ( dublikat )
Ko’chirma nusxa hujjatlar
Erkin nusxa hujjatlar
Asl nusxa – asli birinchi rasmiy nusxasidir.
Nusxa – asl nusxaning aynan qayta ko‘chirilgan shakli, uning o‘ng tomonidagi yuqori burchagiga «Nusxa» degan belgi qo‘yiladi.
Ikkinchi nusxa – asl nusxa yo‘qolgan hollarda hujjatning ikkinchi nusxasi (dublikati) beriladi va u asl nusxa bilan teng huquqlidir.
Ko‘chirma nusxa – ba’zan muayyan hujjatga emas, uning bir qismiga ehtiyoj tug‘iladi, bunda ko‘chirma olinadi. Nusxa va ko‘chirmalar notarius, kadrlar bo‘limi va shu kabilar tomonidan tasdiqlangach huquqiy kuchga ega bo‘ladi.
Erkin nusxa – hujjatda axborot to‘la ifodalansa-da, u asliga muvofiq kelmaydi. Erkin nusxada muhr o‘rniga “muhr” deb, imzo o‘rniga “imzo” deb, gerb o‘rniga «gerb» deb yozib qo‘yiladi.
Aksar hujjatlar dastlab qoralama nusxada tayyorlanadi, bu hujjat tayyorlovchining qo‘lyozma yoki mashinalangan dastlabki nusxasidir. Bu nusxa tuzatilib, qayta ko‘chirilishi mumkin. Qoralama hujjat huquqiy kuchga ega emas.
Hujjat qat’iy belgilangan rekvizitlar tarkibiga ega bo‘lishi, ularning joylashish va rasmiylashtirish tartiblari 6,38-90 GOST ga muvofiq kelishi kerak. Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlar (rekvizitlar)ning belgilangan majmuiga va ularning barqarorlashgan joylashish tartibiga ega. Tashkiliy-farmoyish hujjatlari zaruriy qismlarining to‘liq, ro‘yxati quyidagicha: