Mavzu: Husnixatga o`rgatishning maqsad va vazifalari reja



Yüklə 199,94 Kb.
səhifə16/33
tarix13.05.2023
ölçüsü199,94 Kb.
#113203
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
Referatlar Husnixat

Tayanch so`zlar: Nusxaga qarab ko‘chirish usuli, ritmik usuli, namunaga qarab yozish usuli, chiziqli usul, tasavvur orqali yozish usuli
Insonning yozma nutqi harflar orqali shakllanadi. Husnixat darslarida savodli yozuv grafik malakalar bilan shakllantirilishi asosiy vazifa hisoblanadi. Har bir harfning aniq yozilishi yozuvning aniq va ravon bo‘lishini ta’minlaydi. Buhing uchun harflarning shaklini to‘g‘ri yozish, ularni to‘g‘ri ulashning ahamiyati kattadir. Harflarni bosmasdan bir tekisda yozish, elementlarni ajratmasdan bog‘lash, so‘zlarni qatorda to‘gri joylashtirish, yozuv vaqtining belgilab olinishi, tahlil ishlarining (bo‘g‘in-tovush, tovush-harf, imloviy tahlil), ya’ni fonetik-grafik tahlilning amalga oshirilishi muhim sanaladi.
l. Chiziqli usul. Qaysidir harfni yozilishini o‘rganish uchun o‘quvchi bu harf qanday belgilarga ega ekanligini, harfdagi alohida elementlarning joylashish o‘rnini, uning kattaligini va hokazolarno o‘rganib olishi kerak. o‘quvchiga harfning yozilishini to‘g‘ri o‘rgatish uchun uning qatordagi o‘rnini to‘g‘ri joylashtirish va qatorni qog‘oz varag‘ida joylashish o‘rnini bilish uchun qog‘ozda gorizantal, yotiq chiziqlar chiziladi, shunda daftarning betide o‘ziga hos setka paydo bo‘ladi. o‘quvchilar unga har bir alohida harfni yozib boradilar.
Qatorning yo‘nalishini ko‘rsatib turuvchi chiziq va kataklar harflarning ayrim elementlarining proporsiyalarini aniqlashtirib olish va yozuvni o‘rganish jarayonini anchagina osonlashtiradi. Shuning uchun ham yozuvga o‘rgatishning asosiy uslubi hisoblanadi va o‘quvchi maktabda to‘g‘ri yozish mashg‘ulotlarida undan foydalanadi. Chiziqli uslubning o‘ziga hos ijobiy xususiyatlaridan tashqari, setkaning ichiga yozish bir qator kamchilikka ega.
1) tez-tez uchrab turadigan kataklarda yozish bolani bir muncha cheklab qo‘yadi, uning diqqatini bo‘ladi; bir tomondan o‘quvchi karakli harfni yozayotgan qo‘lining harakatini kuzatib borsa, ikkinchi tomondan esa harflar chiziqdan tashqariga o‘tmasligini kuzatib boradi.
2) kataklar orasiga yozishni o‘rgangan bola aniq va tez yozish malakalarini egallay olmaydilar. Shuning uchun ham o‘quvchi harfning elementlarini chizish asosiy proporsiyalarning asosisi o‘zlashtirib olganidan so‘ng, kataklarga yozish ehtiyoji yo‘qoladi. Ikkinchi sinfdayoq bolalar bir chiziqli daftarga yozishga o‘tadilar.
3) qo‘l kaftlarining va panjalarining erkin harakatlanishini rivojlantirish uchun lozim bo‘ladigan uslublar. Yozuvga o‘rgatishda mashq xarakteriga ega bo‘lgan alohida mashg‘ulotlarsiz ish bitmaydi. Bu mayday muskullar va qo‘lning kaft qismi yaxshi rivojlanmagan. Ularda ko‘rsatkich barmoq va ayniqsa uning uchi yaxshi rivojlanmagan, buning natijasida bola ko‘rsatkich barmoq bilan ruchkani qattiq bosib yozadi. Bolalar katta barmoqdan ham yaxshi foydalana olmaydilar, buning natijasida o‘z xohishlaricha uchlaydilar. Shuning uchun ham ko‘rsatkich va katta barmoqning mayday muskullarini rivojlantirish lozim.
Tayyorgarlik mashqlarini bajarish bilan bolalar qo‘llarini yozuvda kerak bo‘ladigan harf elementlarini nozik va aniq harakatlarga tayyorlab boradilar. Bunday mashqlarning maqsadi barmoqlar harakatining yengil va egiluvchan bo‘lishiga erishishdir. Ular o‘quvchilarga harflarni to‘g‘ri husnihatda yozishga va uni tez yozuvda rivojlantirishga yordam beradi.
Bu uslubni birinchi sinfning birinchi yarim yilligida yozuvga endi o‘rgatishga boshlagan davrada qo‘llash katta axamiyatga ega. Masalan, pastga aylana shaklida yoziladigan shtrixni yosish uchun, barmoqlarni aylana harakat qilishga mashq qildirish lozim. Keyinchalik ular "O" harfmi yozishga ham yordam beradi.
Yozuvda yoki uslubda ko‘rsatib o‘tilgan mashqlarning barchasini birdaniga bajarish mumkin emas, balki u yoki bu harf o‘rgatish uchun dars jarayonida kerak bo‘ladigan, qo‘l va barmoqlarni to‘g‘ri harakatlantirishga yordam beradigan uslubni olish kerak.

Yüklə 199,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin