Mavzu: Ichki sekretsiya bezlari fiziologiyasi


Endokrin bezlar faoliyatini o'rganish usullari



Yüklə 156,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix26.04.2023
ölçüsü156,7 Kb.
#102812
1   2   3   4   5   6   7
Ichki sekretsiya bezlari fiziologiyasi ppt

Endokrin bezlar faoliyatini o'rganish usullari. 
Endokrin bezlar faoliyatini o'rganishda keng foydalaniladigan usullar 
quyidagilardir: 
1. Eksterpatsiya - operatsiya qilib, tegishli endokrin bezini olib tashlash va 
shundan keyin organizmda ro'y beradigan o'zgarishlarni kuzatish. 
2. Transplantatsiya - endokrin bezini ko'chirib o'tkazish (auto, gomo va 
getero transplantatsiya). 
3. Tegishli gormonni yoki endokrin bezdan tayyorlangan ekstraktlarni 
organizmga yuborib, kuzatiladigan o'zgarishlarni o'rganish. 
4. Parabioz - ikki organizm o'rtasida biologik uzviylik hosil qilish.
5. O'rganilayotgan bezga oqib kelayotgan va undan oqib chiqayotgan 
qonning fizologik faolligini aniqlab, bir-biriga taqqoslab ko'rish yoki angiostamiya 
usuli. 


6. Radiofaol izotoplar usuli - bu usul yordamida turli gormonlarning 
organizmda sintezlanishini, almashishini o'rgansa bo'ladi. 
Gipofiz. 
Odamlarda gipofiz yoki pastki miya ortig'i kalla suyagining turk egari 
sohasida, miyaning asosida joylashgan va oyoqcha (voronka) yordamida miya 
bilan tutashgan toq ichki sekretsiya bezidir. 
Gipofizning oldingi qismi - adenogipofiz uch xil: atsidofil, bazofil va 
xromotob bez hujayralari borligi gistolik tekshirishlarda topilgan. Atsidofil va 
bazofil hujayrlar xromotob hujayralardan hosil bo'ladi. Bazofil hujayralar 
adrenokortikotrop, tireotrop, pankreotrop, paratireotrop va gonadotrop (tuxumdon 
follikulasini stimullovchi va lyuteinlashtiruvchi) gormonlarni ishlab chiqaradi. 
Atsidofil hujayralardan somatrop yoki o’sish gormoni va prolaktin ishlab 
chiqadi. 
Gipofizning oraliq qismi donali va donasiz bazofil hujayralardan tashkil 
topgan bo'lib faqat bitta gormon - melanofor (intermedin) ishlab chiqaradi. Bu 
gormon ham asosan baliqlarda, suvda va quruqlikda yashovchilarda, sudralib 
yuruvchilarda, pigment almashinuvini boshqaradi. Bu gormon terida tashqi 
muhitning ba'zi noqulay omillarning, xususan, quyosh nurlaridan himoya qiladigan 
rang paydo bo'lishini ta'minlaydi. Organizmga intermedin yuborilishi - terining 
qorayishiga sabab bo'ladi. Kuchli yorug'likning ta'siridan intermedinning hosil 
bo'lishi tormozlanadi. Natijada - bir oz oqaradi kechalari bu gormonning hosil 
bo'lishi tezlashadi. Shu bilan birgalikda bo'g'ozlik davrida ham intermedin ko'proq 
hosil bo'lib turadi. 
Gipofizning keyingi qismida ko'pgina neyrogliol hujayralar ham bor. 
Bezning bu qismi o'zidan uch xil gormon vazopressin, oksitotsin va oktididenrevin 
ishlab chiqaradi. Teozir gipofiz keyingi qismining gormonlari bevosita gipofizning 
o'zida hosil bo'lmasdan gipotalamusning superooptik va paraventikulyar 
yadrolarida hosil bo'lib suprooptik gipofizar yo'l orqali gipofizga chiqariladi deb 
hisoblanadi.



Yüklə 156,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin