Mavzu-Idrokning murakkab shakllari va ularni o\'rganish metodlari.
Xissiyot va idrok Hissiyotlar shaxs faoliyatining muhim jabhasi sifatida insonni keng emotsional sohasini rang-barangligi, ko'pqirraligi haqida hissiy ton (yunoncha tonos zo'riqish, urg'u berish ma'nosini bildiradi), emotsiyalar (latincha emovere qo'zg'atish, hayajonlash demakdir), affektlar (latincha affectus ruhiy hayajon, shijoat, ehtiros ma'nosini anglatadi), stress (inglizcha stress zo'riqish deganidir) va kayfiyat kabi tushunchalar muayyan tasavvur bir imkoniyatga ega.
Hissiyot ton (tus). Hissiyot aksariyat hollarda faqat emotsional tus sifatida ruhiy jarayonning o'ziga xos sifat (sifatiy) jihati tariqasida vujudga keladi. Hissiyot bu o'rinda o'ziga o'zi emas, balki bilishga intilayotgan, o'zgartirayotgan, egallayotgan shaxsda ma'lum munosabatni namoyon qiluvchi narsalar, hodisalar va harakatlarning alohida xossasi, xislati hamda xususiyati ma'nosida gavdalanadi.Mazkur narsalarga nisbatan inson shaxsining sub'ektiv munosabatlari to'g'risida mulohaza yuritilayotganini odam hamisha ham payqay olmaydi. Masalan, yoqimli muloqotdosh, kulgili hangoma, badbo'y hid, behayo kino, ishtiyoqli mashg'ulot, iboli qiz, yaramas xulq, xushchaqchaq yigit, xotirjamlantiruvchi xabar, zahmatli mehnat va boshqalar.
Emotsional ton yoki hissiy tus (masalan, affektiv ton) ba'zi hollarda barcha shaxslarda tug'ma, nasliy xususiyat kasb etishi mumkin Jumladan, og'riq hissi va boshqa xususiyatli kuchli qo'zg'atuvchilar bir aks etgan yoqimsiz (noxush) hissiy ton bilan ajralib turadi. Masalan, merkaptan davrda (latincha merc simob, captans egallovchi degan ma'no anglatadi), ya'ni simob bilan boshqa organik moddalar birikmasidan tarqalgan hidlar har qaysi ruhan sog'lom insonlar uchun yoqimsiz, jirkanch taassurot uyg'otadi. Shuningdek, ba'zi ranglar birikmasi (omixtasi), shilimshiq pardalarning qo'zg'olishi, qamishlarning ishqalanishi, egovning ovozi ham xuddi shunday iz qoldiradi. Shu bilan birga idrok obrazlari va tasavvurlarining aksariyat hissiy tonlari (tuslari) oldingi emotsional jarayonlaridan saqlanib qolgan izlar, turmush tajribaning saboqlari ((aks sadolari) insonlarda o'xshashligi tufayli «tug'ma» deb baholanishi mumkin. Hissiy ton shaxsning ehtiyojlarini atrofdagi narsalar va vaziyatlar qoniqtirishi yoki qoniqtimasligi, faoliyatning esa muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz kechishini yaqqol namoyish etishiga xizmat qiladi. Shaxsning psixologik xislatlariga binoan hissiy ton (tus) o'ziga xos idiosinkraziya (yunoncha idios o'ziga xos synrasis qorishmoq, qorishuv ma'nosini bildiradi) xususiyatini kasb etadi, bunday ta'bli odam boshqalar uchun befarq tuyulgan narsalarga ham jirkanch munosabatini namoyish qiladi, masalan, duxobaga tegishni, baliq, yog', gul hidlarini yoqtirmaydi.
Idrokning muhim tomonlaridan biri uning xususiyatlarining turli jabhalar, vaziyatlar, sharoitlarda namoyon bo'lishida. Idrokning muhim xususiyatvlaridan biri bu faol ravishda bevosita aks ettirish imkoniyatining mavjudligidir. Odatda insonning idrok qilish faoliyati uning o'zlashtirilgan bilimlari, to'plangan tajribalari, shuningdek, murakkab analitik, sintetik harakatlar tizimi zamirida yuzaga keladi. Bu holat idrok qilinishi zarur bo'lgan o'quv fani mohiyatiga bog'liq ilmiy faraz yaratish, uni amalga oshirish borasida qaror qabul qilish yaqqol voqelik bilan tasavvur qilinayotganining o'zaro mosligini aniqlash singari bosqichma bosqich o'zaro bir-birini taqozo etuvchi tarkibiy qismlardan iboratdir.
Idrokning yana bir muhim xususiyati uning umumlashgan holda narsa va hodisalarning aks ettirishidir. Ma'lumki,inson psixikasiga kirib borayotgan ko'pqirrali ko'pyoqlama alomatlardan idrok qilish bilan cheklanib, chegaralanib qolmasdan, balki o'sha majmua aniq jism yoki hodisa sifatida baholanadi. Jimslarning o'ziga xos xususiyatlarini belgilash bilan qanoat hosil qilmasdan, balki mazkur narsalarni ma'lum ma'noviy qismlarga ajratadi. Jumladan, «soat», «bino», «hayvonot» va hokazo.
Idrokning navvbatdagi xususiyati uning harakatchanligi va boshqaruvchanligidir. Masalan, toshko'mir yorg'likda yog'du sochadi, oq qog'ozdan ko'proq nur balqiydi. Lekin inson bu narsalarni «qora» va «oq» deb idrok qiladi, vujudga kelgan bevosita sub'ektiv taassurotlarga nisbatan o'zchgartishlar, tuzatishlar kiritadi. Сhunki idrok jarayoni inson oldida turgan maqsadga, maqsad qo'ya olishga, unga berilgan ustanovkaga (ongli, ixtiyoriy ko'rsatmaga) uzviy bog'liq holda irodaviy 'boshqarilish xususiyatiga egadir. Shuning uchun insonni idrok qilish (pertseptiv) faoliyatida ongli boshqaruv imkoniyati mavjud bo'lib, analitik, sintetik, harakatlar negizida verbal orqali amalga oshiriladi.