Mavzu: Idrokning murakkab shakllari va ularni o'rganish metodlari



Yüklə 30,71 Kb.
səhifə2/4
tarix14.06.2023
ölçüsü30,71 Kb.
#129847
1   2   3   4
Mavzu-Idrokning murakkab shakllari va ularni o\'rganish metodlari.

Fazoni idrok qilish-voqelikdagi narsa va xodisalarning fazoda egallagan o'rnini, shaklini, miqdorini va bir-biriga nisbatan munosabatlarini iborat bilish jarayoninig shaklidir. Voqelikni idrok qilish orqali inson borliq to'g'risida, uning xususiyatlari, hajmi, masofasi (ich tomoni, chuqurligi) yuzasidan muayyan ma'lumotlar, xossalar, axborotlar to'plash, ularni farqlash imkoniyatiga ega bo'ladi. Idrokning har uchala shaklining yordami bilan dunyoni bilish jarayoni amalga oshadi, verbal va noverbal holatlar bilan bevosita va bilvosita yo'l yordamida muayyan obrazlar (timsolar, tavsiyalar, imij) mujassamlashadi, natijada yaxlit in'ikos etishholati yuzaga keladi, bilishga oid aksariyat mahsullar to'planadi.
Timsollarning shakllanishi idrokning mavjud manbalari asosida
Idrok jarayonida uning fenoienlari (yunoncha «phainomenon»-noyob, g'ayriodatiy holat degan ma'no anglatadi) muayyan hodisalarni aks ettirishda ishtirok etadi, in'ikosning turlicha aniqlikda namoyon bo'lishi mumkinligi to'g'risida ma'lumot beradi. Ular jahon psixologiyasi fanida gallyutsinatsiya (lotincha hallucinftio» alahlash, bosinqirash, valdirlash, ya'ni yo'q narsalarning ko'rinishi, eshitilishi, sezilishi), illyuziya (lotincha «illusio» –xato, adashish, yanglashish degan ma'noni bildiradi), attraktsiya (frants. attraction»-o'ziga tortish, mahliyo etish, jalb qilish ma'nosini beradi), yaqqol ko'rinish (ruscha «yasnovidenie»-yaqqol oldindan ko'rish, yaqqol g'oyibdan xabar olish demakdir) tushunchalar orqali nomlanadi.
Yaqqol voqealikdagi narsa va hodisalarning tana a'zolarini qabul qilish analizatorlariga bevosita ta'sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning (ovozlarning eshitilishi, sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran paydo bo'lishidan iborat idrokning psixopatologik (ruhiy xastalik) hodisasiga gallyutsinatsiya deyiladi. Gallyutsinatsiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati bo'lib, ba'zan qo'rqich hissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari qobig'idagi qo'zg'alish jarayonlarining nuqsonli, sust (patalogik) harakati natijasida, goho asab tizimining zaharlanishi, zaiflashuvi, haddan tashqari toliqishi tufayli yuzaga kelish mumkin. Bizningcha, gallyutsinatsiya hodisasi bir necha xil ko'rinishga ega bo'lish mumkin ularning eng asosiylari quyidagilardan iboratdir: a)yo'q narsalarning ko'zga ko'rinishi; b) u yoki bu ovozlar, tovushlar, kuylar eshitilishi; v) yo'q sharpalar, hidlar sezilishi kabilar.
Illyuziya hissiy a'zolarimizga bevosita ta'sir etib turgan narsa va hodisalarning noto'g'ri (noadekvat), yanglish, xato idrok qilishdan iborat jarayoninig noyob hodisasidir. Ba'zan psixologik fanida noto'g'ri (noadekvat) idrok qilishga olib keluvchi qo'zg'atuvchilar konfiguratsiyasining (lotincha «contiguratio» tashqi tuzilishida o'xshashlik, o'zaro o'xshashlik, joylashuvda yondashuvlik deganidir) o'zi ham illyuziya deb ataladi. «Adekvat» tushunchasi lotincha «adae gguatus», ya'ni teppa-teng, mutloqo mos, ayni to'g'ri demakdir. Hozirgi davrda ko'rish idrokini kuzatishning eng samaralisi-bu tasvirlarning ikki o'lchovli ifodalanishidir. Illyuziyalarning bir turkumi optik geometrik illyuziyalar deb nomlanib, ular asosiy tasvir bilan uni qurshab turgan fazoviy joylashuv bilan farq qiluvchi boshqa shaklar o'rtasida o'lchov munosabatining buzilishida namoyon bo'ladi. Tasvirlar yorug' fonda qora fonga nisbatan qoraroq tuyuladi, ya'ni holat mahsuli deyiladi. Kontrast frantsuzcha «Contraste» –keskin qarama-qarshilik demakdir, boshqacha so'z bilan aytganda yorug'lik bilan fon o'rtasidagi munosabat ifodasidir. «Fon» tushunchasi frantsuzcha «fond» deb atalib, asos, negiz, tag ma'nosini bildiradi.
Aksariyat illyuziyalar ko'rinadigan harakatlar bilan bog'liqdir, chunonchi: a) qorong'ilikda harakatsiz yorug'lik manbaidan nurlarning tartibsiz tarqalishi (avtokinetik harakat); b) fakzoviy jihatdan yaqin joylashgan ikki harakatsiz stimulning tez sur'atlar bilan namoyon etib turish harakat taasuortini vujudga keltiradi (stroboskopik harakat); v) harakatsiz ob'ektni uni qurshab turgan fonga qarama-qarshi yo'nalishga qo'yish harakat tuyg'usini paydo qiladi (induktsion harakat) kabilar.
Attraktsiya insonni (o'zi bilan o'zga o'rtasidagi munosabatda namoyon bo'lib,) o'ziga mahliyo qilish, qalbni «jiz» ettirishdan iborat, ongsizlikka taaluqli insonni inson tomonidan idrok qilish hodisasidir. Bu hodisa bir qancha manbalar, qo'zg'atuvchilar, motivlar ta'sirida vujudga keladi, jumladan: 1) dastlabki tashqi ko'rinish, istarasining issiqligi; 2) sub'ektga nisbatan rishtasiz bog'lanib qolishlik, ongsizlik darajasidagi anglashilmagan ichki noaniq moyillik; 3) shaxslarning xarakteridagi o'xshashlikning mavjudligi; 4) sheriklarning muomala maromidagi yaqinlik va boshqalar.
Psixologiya fanida juda kam tadqiq qilingan idrok fenomenlaridan bittasi-bu yaqqol ko'rinish (yasnovidenie) deb atalib, voqealik, holat, hordisa va tasodifni yaqqol oldindan ko'rish, yaqqol g'oyiblardan xabar kelish (olish) singari parapsixologik muammodir. Faqat ayrim hollardagina yaqqol ko'rinishning aniq ilmiy hisoblashlarga asoslangan mahsuli namoyon bo'lishi mumkin, xolos. Aksariyat vaziyatlarda yaqqol ko'rishlik bilish sub'ektining shaxsiy xayoloti, o'zgalarning diqqatini tortishiga, jalb qilishga aloqador hissiy kechinmalardan boshqa narsa bo'lmasadan, uning yaqqollilik ehtimoli darajasi juda pastdir. Biroq shu narsani rad etmaslik kerakki, ayrim allomalarning bashoratlari, yaqqol oldindan ko'rish imkonining yuksakligi aniqligi kishini hanuzvgacha hayajonga soladi.

Yüklə 30,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin