5.3. Ilmiy prognozlashtirishning prinsiplari va prognozlarni ishlab
chiqish bosqichlari, usullari
Prognozlarni ishlab chiqish to’rtta bosqichdan iborat bo’ladi .
Birinchi bosqichda tahliliy ishlar amalga oshiriladi, shu jumladan iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni
har tomonlama tahlil qilishni talab qiladi. Bu bosqichda prognozlash usullari aniqlab olinadi .
Ikkinchi bosqichda Iqtisodiyot vazirligi boshqa organlar bilan birgalikda ijtimoiy iqtisodiy
rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqadi. Bunda ijtimoiy iqtisodiy holat baholanadi, asosiy maqsadlar
aniqlab olinadi, iqtisodiyotning rivojlanish ssenariylari taklif etiladi va iqtisodiy siyosatni to’g’rilash
bo’yicha ko’rsatmalar beriladi .
Uchinchi bosqichda Iqtisodiyot vazirligi tomonidan prognoz
rejasi ishlab chiqiladi, maqsadli
ko’rsatkichlar aniqlanadi va boshqa organlarning mulohazalari inobatga
olinib balanslashgan
ko’rsatkichlar belgilab olinadi. Iqtisodiyot vazirligi Yaim hamda uning tuzilishi,
narx indekslari,
umuman, Davlat byudjetini shakllanishini aks ettiruvchi va asosiy pul kredit siyosatini belgilab
beruvchi ko’rsatkichlarni hisoblaydi .
Dostları ilə paylaş: