Ijtimoiy pedagogik faoliyatning asosiy yo‘nalishlari nimadan iborat
Mavzu: Ijtimoiy pedagogik faoliyatning asosiy yo‘nalishlari nimadan iborat? Ijtimoiy pedagogik faoliyat- bu bolaning ijtimoiylashuviga, ularga ijtimoiy madaniyat tajribalarini singdirishga, jamiyatda o`z-o`zini boshqarishga sharoitlar yaratishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir. U ma'lum shaxsga qaratilgan bo`lib, aniq manzilga yo`naltirilgan faoliyatdir. Ijtimoiy pedagogik faoliyat quyidagi xususiyatlarga ega.
▪ Ta'lim muassasalaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat,
▪ bolalar tashkilotlaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat,
▪ bolalarning ijodkorligini oshirish va dam olishini tashkil etishga mas'ul tashkilotlardagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning asosiy yo`nalishlari qo`yidagilar hisoblanadi.
▪ dezadaptatsiyaga uchragan bolalarni profilaktika qilish,
▪ ijtimoiy me'yorlardan chekingan (o`qish) bolalarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish .Bu ishlar ikki shaklda amalga oshiriladi:
1.Bevosita bolaning o`zi bilan olib boriladigan ishlar.
2.Bolaning ijtimoiy muhit bilan aloqasida vositachilik qilishi.
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biri bo`lgan ijtimoiy ta'lim kategoriyasi ikki tomonlama xususiyatga ega. Birinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu bolaning ijtimoiylashuviga yordam beruvchi ijtimoiy bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish jarayonidir.
Ikkinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu ijtimoiy soqada ishlash uchun maxsus tayyorgarlik ko`rish jarayonidir.
Ijtimoiy tarbiya esa bolaning ijtimoiylashuviga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga molik fazilatlarni shakllantirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari xususida A.V.Mudrik, V.D.Semyonova, G.N.Filova singari olimlar tadqiqotlar olib borgan.
Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy makrm, ijtimoiy xulk.-atvorning me’yor va koidalari haqidagi turli bilimlarni, jamiyatga ko`nikishiga yordam beruvchi turli ko`nikma va malakalarni uuzlashtiradi. Bu jarayon, ayniqsa, bolalikda juda jadal sur’atlar bilan amalga oshadi. Ma’lumki, bola besh yoshgacha uning keyingi hayotida o`z aksini topuvchi nihoyatda ko`p bilimlarni oladi.
Bola ijtimoiylashuvining ajralib turuvchi xususiyati, uning jamiyat ilgari surayotgan yurish-turish me’yorlariga baxo berishi va nazorat qilishining qiyinligidadir. U bularni faqat o`zlashtirib boradi, shuning uchun ham bola shaxsining ijtimoiylashuv jarayonida ota-onalar, qarindoshlar, ular bilan ishlayotgan mutaxasislarning (psixolog, shifokor, pedagog va shu kabilar) ta’siri katta bo`lib, bolalarni, hayotda zarur ijtimoiy bilimlarni ertaroq; va yaxshiroq; o`zlashtirishlari, ularni hayotda qo`llashga intilishlari aynan ularga bog`liqdir. Buning ijtimoiy pedagogika bilan bog`liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim muassasida ta’lim olish jarayonida bola, avvalo, akademik bilimlarni o`zlashtiradi. Biroq shu bilan bir vaqtda unda muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko`nikma va malakalar shakllanadi. Bu bilim, ko`nikma va malakalar ijtimoiylashuv jarayonida — bolaga maxsus yordam kerak bo`lganda — juda zarur bo`ladi.
Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni yetkazish, ijtimoiy ko`nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni ijtimoiy ta’lim deyiladi.
Tarbiya va ijtimoiy tarbiya. Tarbiya pedagogikaning asosiy ob’ekti sifatida pedagogikaning rivojlanish tarixi mobaynida olimlarning diqqat markazida bo`lib kelgan. Shu bilan birga, “tarbiya” tushunchasining mazmuni amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu tushuncha pedagogik faoliyatning vazifa va maqsadlariga asosiy yondashuvlarni belgilaydi.
Tarbiya ijtimoiy hayotning doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning ijtimoiy qamrovi uning lug`aviy ma’nosidan ancha kengdir. Shuni hisobga olib, ijtimoiy tarbiyani insonning qobiliyati, bilimi, qadriyatlar, u yashayotgan jamiyatga munosabatidan iborat imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi, maxsus tarbiya tashkilotlarida amalga oshiriladigan jarayon sifatida ko’rib chiqish lozim. Boshqa so’zlar bilan ifodalaydigan bo’lsak ijtimoiy tarbiyaning maqsadi insonni ijobiy rivojlanishga qaratilgan sharoitlar yaratish jarayoniga yo’naltirishdir. Bu sharoitlar individual va guruxiy sub’ektlarning uchta o’zaro bog’liq va shu paytning o’zida mazmuni, shakli va usuli jixatidan nisbatan mustaqil bo’lgan jarayonlarni qamrab oladi: bolalar, o’smirlar, o’spirinlar ijtimoiy tajribasini tashkil qilish, ularning ta’lim olishlarini ta’minlash hamda ularga individual yordam ko’rsatish.
Ijtimoiy tajribani tashkil qilish gurux (jamoa) larning maishiy va xayotiy faoliyatini tashkil qilish, guruxdagi o’z- o’zini bopqarish faoliyatini rag’batlantirish va norasmiy mikroguruxlarga ta’sir etish orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tajriba keng ma’noda turli ko’nikma va malakalar, bilim va fikrlash usullari, yurish-turish me’yori va stereotiplari, qadriyatlar, odamlar bilan munosabatga kirishish tajribasi, moslashish tajribasi, shuningdek o’z- o’zini anglash, o’ziga ishonch, o’z ijtimoiy xayot yo’lini belgilash va shu yo’ldan borish tushuniladi. Ta’lim o’z ichiga qo’yidagilarni oladi: uzliksiz tizimli ta’lim (rasmiy ta’lim), madaniyatni targ’ib qilish va tarqatish, o’z-o’zini shakllantirishga va mustaqil ta’lim olishga yo’naltirish. Individual yordam insonga muammolarni hal qilishda, o’z- o’zini rivojlantirishda, jamiyatdagi mavqeini, o’rnini yuksaltirishda namoyon bo’ladi. Individual yordam boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirishga zarur bo’lgan bilim, malakalarni o’zlashtirishda insonga ongli yordam berish, uning o’z qadrini bilishi, o’z-o’zini anglashi hamda unda oila, gurux va jamiyatga mansublik hissini rivojlantirishdir. Tabiiyki, ijtimoiy tajriba ta’lim va individual yordamning usul, shakl, mazmun, tavsifi va jadalligi bevosita tarbiyalanuvchilarning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi va ularning qaysi ijtimoiy madaniy soxaga mansubligiga bog’lik. Bu jihatlar turli ta’lim muassasalari va tashkilotlarida farqlanib, bu farq tashkilot turiga, unda faoliyat yuritadigan pedagoglarning amalga oshirayotgan ishlariga bosg’iq.
Ijtimoiy tarbiya jarayonidagi o’zaro munosabat shu jarayonning sub’ektlari orasidagi axborot, faoliyat usullari va qadriyatlar almashinuvidir. Bunday munosabat ijtimoiy jihatdan tabaqalashgan, alohida ko`rinishga ega.