Pedagogik kuzatuvni tashkil etishga qo’yiladigan shartlar: kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik; kuzatishni tizimli ravishda yo’lga qo’yish; kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish; har bir holatning mohiyatini sinchiklab o’rganish; xulosa chiqarishga shoshilmaslik.
Pedagogik tajriba (“eksperiment” lotincha – “tajriba qilib ko’rish”) metodidan muammo echimini topish imkoniyatlarini o’rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, berilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o’z in’ikosiga ega bo’la olishi va ularning samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Pedagogik tajribaning quyidagi turlari mavjud:
Pedagogik tajriba samaradorligini ta’minlovchi shartlar: tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi; tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi; tadqiqot ob’ektlari va usullarining to’g’ri tanlanishi; tajriba o’tkazilish vaqti hamda davomiyligini aniqlanishi; zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning yaratilganligi; tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va natijalarni qayta ishlash
Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib umumiy xulosaga kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Matematik statistika tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy holda tadqiqotning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qo’llaniladi. Muammo holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta tahlil etiladi. Yakuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. Ayni vaqtda pedagogik yo’nalishda tadqiqotlar olib borishda Styudent, Ko’virlyag, Rokich, V.Bespalko va V.Grechixin metodlaridan keng foydalanilmoqda.
Nazorat savollari
1. Ilmiy tadqiqotning mohiyati nimalardan iborat.
2. Ijtimoiy pedagogika fanining vazifalari yoriting.
3. Ijtimoiy pedagogik tadqiqot metodlari sanang .
Dostları ilə paylaş: |