Mavzu: Ijtimoiy Pedagogik Tadqiqotlar. Asosiy savollar: Ilmiy tadqiqotning mohiyati. Ijtimoiy pedagogika fanining vazifalari



Yüklə 39,06 Kb.
səhifə3/7
tarix13.01.2023
ölçüsü39,06 Kb.
#79158
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Ijtimoiy Pedagogik Tadqiqotlar. Asosiy savollar

3.Pedagogik tadqiqot metodlari. Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g’oyasi, mazmuni, natijalari hisobiga ta’minlanadi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o’rganish, mavjud ko’rsatkichlar vositasida sodir bo’lish sabablarini aniqlash, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etishni taqozo etadi. Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlar shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo’nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari, ob’ekti va sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir. Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik va aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega jarayon.
Zamonaviy sharoitda pedagogik yo’nalishda tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:


Pedagogik tahlil. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni qo’llashdan ko’zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik hamda pedagogik yo’nalishlarda o’rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bo’lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g’oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.
Suhbat metodi pedagogik kuzatish chog’ida ega bo’lingan ma’lumotlarni boyitish, vaziyatga to’g’ri baho berish, muammoning echimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari sub’ektlari imkoniyatlarini muammo echimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat indiviudal, guruhli hamda ommaviy shaklda o’tkaziladi. Suhbat jarayonida o’quvchilarning imkoniyatlari to’la namoyon bilishga erishish muhim.

Suhbatning samarali kechishini ta’minlovchi shartlar:
1) maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollarning mazmuni aniqlash, savollar o’rtasidagi mantiqiylik va izchillikni ta’minlash; 2) suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash; 3) suhbat ishtirokchilarining sonini aniqlashtirish; 4) suhbatdosh to’g’risida avvaldan muayyan ma’lumotlarga ega bo’lish; 5) suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo’lish; 6) suhbatdoshning o’z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish; 7)savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish; 8) olingan ma’lumotlarni o’z vaqtida tahlil qilish





Yüklə 39,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin