Ijtimoiy pedagog kasbi va uning vazifalari SHu kunga qadar ijtimoiy pedagogning vazifasini bir—biri bilan bog’liq bo’lgan tibbiyot, sport, mnlitsiya, madaniyat tashkilotlari xodimlariga yuklatilib kelindi. Natijada jamiyat a’zolari ongida bolalar tarbiyasi bilan faqat o’qituvchi va ota-onalar shug’ullanishi lozim degan fikr o’rnashib qoldi. YUrtimizda ijtimoiy ishni kasb darajasiga olib chiqish hamda bu borada mutaxassis kadrlarni tayyorlash jamiyatda tarbiyaviy muammolarni hal etishda insonlarning yashash sharoitini yaxshilashda, eng asosiysi- har bir jamiyat a’zosini ijtimoiy himoyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy pedagog oldiga qo’yiladigan kasbiy talablar:
ijtimony axborot berish, ya’ni bolalarga beriladigan ijtimoiy yordam va xizmat ko’rsatish spekgrlari haqida ma’lumot berish;
ijtimoiy -huquqiy yordam, ya’ni bolalarga, jamiyat a’zolariga o’z haq - huquqlarini anglashga yordam berish;
ijtimoiy - reabilitatsion xizmat, ya’ni insonldrning ma’naviy –axloqiy, emotsional, ruhiy holatlarinn taklashga yordam berish,
ijtimoiy- iqtisodiy yordam, ya’ni posobiya, konpensatsiya, nafaqalarni olishda hamkorlik qilish bolalar uylari bitiruvchilariga, yetimlarga moddiy yordam berishni tashkillashtirish;
ijtimoiy—tibbiy yordam berish, ya’ni bolalarni ijtimoiy patranaj qilish, voyaga yetmaganlar orasida kashandachilik, alkogolizm kabi holatlarni profilaktika va reabilitatsiya qilish;
▪ ijtimoiy-psixologik, ya'ni oilada, turli mikrojamiyatda sog`lom muhitni tashkil etishga yordam berish:
▪ ijtimoiy-pedagogik, ya'ni bolalarni tarbiyalashda ota-onalarning o`z haq-huquqlarini anglash, ularga sharoitlar yaratish, o`qituvchi va o`quvchi orasidagi ziddiyatlarni hal etish kabilardan iborat.
Ijtimoiy pedagog bu vazifalarni amalga oshirish uchun, albatta quyidagi sohalarda o`z bilimlarini boyitib borishi shart.
▪ milliy istiqlol g`oyasi huquqiy-me'yoriy baza (qarorlar, aktlar, buyruqlar, ko`rsatmalar, tashkilot tuzulmalari va x.k.),
▪ ijtimoiy pedagogikaning tarixi va nazariyasi
▪ yosh davrlar psixologiyasi
▪ sotsiologiya
▪ ijtimoiy-pedagogik ishlarni olib borish hamda rejalashirish metodlari va h.k.
Shuningdek, ijtimoiy pedagogdan quyidagi malaka va ko`nikmalarga ega bo`lishi talab etiladi:
▪ analitik, ya'ni sotsiumda ro`y berayotgan jarayonlarni nazariy tahlil etish, bolaning ruqiy olamini anglay bilish, ularning muammolarini hal etishga doir hamkorlik faoliyatini tashkil etish;
▪ prognostik, ya'ni tashkil etilgan ijtimoiy-pedagogik faoliyat bo`yicha bolaning muammolarini hal etish yo`llarini bashorat qilish;
▪ loyiqalash, ya'ni ijtimoiy-pedagogik faoliyatning mazmunini aniqlash va rejalashtirish;
▪ refleksiv, ya'ni ijtimoiy pedagog o`zining faoliyatini tahlil etib borishi;· kommunikativ, ya'ni ijtimoiy pedagogning insonlararo muloqat madaniyatini egallashi. U boshqalar fikrini eshita bilish, muloqatga kirisha bilish, faktlar to`plash singari faoliyatlarni o`z ichiga oladi.
▪Kasbiy status-bu kasb kodeksida ko`rsatilib, sub'ektning insonlararo munosabatlar tizimidagi kasbiy holati, huquqlari, majburiyatlaridir.