Ijtimoiy pedagogik faoliyat Pedagogik faoliyat-ta’lim va tarbiya orkali ijtimoiy-madaniy tajribani berishga yunaltirilgan kasbiy faoliyat turidir. Bu faoliyat ta’lim standartlari, o`quv rejalari, dasturlari bilan belgilanadi.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat-bolaga ijtimoiylashuvi jarayonida (bolaning jamiyatga kirishi) yordam kursatishga karatilgan kasbiy faoliyat turidir. Bola bilan ish olib borishi mumkin bulgan turli xil ta’lim muassasalari, tashkilotlari, birlashmalari uz ishlarini ijtimoiy pedagoglar orkali amalga oshiradilar.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat xar doim anik bir bolaga va uning ijtimoilashuviga, uni jamiyatga integratsiyalash jarayonida yuzaga keladigan muamolarini xal etishga yunaltirilgan bo`ladi. Kasbiy faoliyat tuzilmasi — xar kanday faoliyat o`z tuzilmasiga egadir. Ular faoliyat elementlarining o`zaro boglikligini va o`zaro shartlarini aniklaydi. Ijtimoiy pedagog faoliyati tuzilmasi quyidagi komponentlardan iborat: sub’ekt (faoliyatni amalga oshiruvchi tomon), ob’ekt (faoliyat yunaltirilgan tomon), maqsad (faoliyat orkali nimaga intilinadi), vazifa (faoliyat orkali nimalar amalga oshiriladi), vositalar (faoliyat kaysi usul yoki texnika yordamida amalga oshiriladi).
Ijtimoiy pedagog faoliyatining ob’ekti jamiyatga moslashish jarayonidagi yordamga muxtoj bolalar va yoshlardir. Bu toifaga intellektual, ruxiy, ijtimoiy nuksoni bor bolalar, shuningdek, jismoniy, ruxiy yoki akliy shakllanishi buzilgan bolalarning katta kismi (ko`zi ojiz, kar—sokov, akliy ojiz va bolalar tserebral falajligiga chalinganlar) kiritiladi. Ular jamiyatning aloxida mexriga muxtojdir.
Agar bolaning jamiyatdagi shakllanishi normal kechsa unda ijtimoiy pedagog yordami zarur bulmaydi. Bordiyu, ota—onalar va maktab uning shakllanishi, tarbiyalanishi va ta’lim olishini ta’minlay olmasa u xolda ijtimoiy pedagog xizmati kerak bo`ladi.
Ijtimoiy pedagog faoliyatining maqsadi bolaning ruxiy sogligi va xavfsizligi uchun sharoit yaratish, uning oilasi, maktabi va atrofidagi unga salbiy ta’sir kursatuvchi omillardan ogoxlantiruvchi va ularni yengib utuvchi ijtimoiy, xuquqiy, ruxiy, tibbiy va pedagogik muammolarini kompleks ravishda xal etish maqsadida turli mutaxassislar (ruxiyatshunoslar, tibbiy xodimlar, ijtimoii xodimlar va yuristlar) xamda ma’muriy organlar va idoralarning (ta’lim, soglikni saklash, ijtimoiy ximoya soxasidagi) mazkur masalaga yunaltirilgan sa’y—xarakatlarni muvofiklashtirib turishda vositachi bula olishi kerak.
Ijtimoii pedagog faoliyatidagi muxim yunalish — bu BMT Konventsiyasida e’lon qilingan bolaning yashashga, soglom shakllanishiga, ta’lim olishiga, o`z karashlarini erkin ifoda etishiga, kamsitishning xar kanday turidan ximoyalashga karatilagan xukuklarini ximoya qilishdir.
Ijtimoii pedagog faoliyatidagi yana bir yunalish—bu bolani shakllanishiga kumaklashuvchi ijtimoii loyixalar va dasturlar, xususiy tashabbuslarni ishlab chikishda ishtirok etishdir.
SHunday qilib, ijtimoiy pedagog faoliyatiga quyidagi vazifalarni biriktirish mumkin: .
— tashxis quyish — bashoratchilik — vositachilik — tugirlash va kayta tiklash — ximoyalash — ogoxlantirish va profilaktika — evristika (ijodiy fikrlash) Pedagogning barcha faoliyati vositalar yordamida amalga oshiriladi. Bular safiga maqsadga erishishda zarur bo`ladigan barcha xarakatlar, predmetlar, kurollar, usullar va texnologiyalarni kiritish mumkin.
Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati sub’ekti sifatida: shaxsiy tavsif va kasbiy omilkorligi.
Ijtimoiy pedagogning shaxsiy tavfsifnomasi kurib chikiladigan bulsa, avvalo mazkur faoliyat sub’ektini — o`z soxasini mukammal biluvchi mutaxassisni belgilab olishimiz zarur bo`ladi. U bola xaqidagi ijtimoiy va boshka kiyinchiliklarni chukur farklay biladi va unga yordamga kela oladi. U umum nazariy va maxsus bilimlarga, malaka va kunikmalarga, ma’lum darajadagi kobiliyatlarga ega bo`ladi.
Xush ijtimoiy pedagog kim? Uning ruxiy surati va shaxsiy tavsifnomasi kanday, kaysi soxalar uning faoliyat doirasiga tegishli? U boshka kasb egalaridan nimasi bilan fark kiladi?
Kundalik xayotda biz kasb inson ongida, uning xatti— xarakatlarida va dunyokarashida o`ziga xos iz koldirishiga guvox bulamiz. Psixologiyada bu narsa "kasbiy mentallik" deb ataladi. Mentallik — bu insonning olamga munosabatini va uning kundalik xatti —xarakatlarini aks ettiruvchi ma’lum ijtimoiy—ruxiy karashlar va kadriyatlar majmuidir. Mentallik o`zida individning ijtimoiy va madaniy tajribasini mujassamlashtirgan bo`lib, insonning kaysi ijtimoiy katlamga, yoshga, jinsga, millatga va kasbga mansubligi bilan aniklanadi.
Psixologik tadqiqot larda kasbiy mentallik ma’lum bir kasb egalariga xos bo`lgan xususiyat sifatida e’tirof etiladi.
Xozirgi pedagogning muxim vazifalaridan biri milliy istiklol g`oyasini bolalar va o`quvchilar ongida shakllantirish tadbirlari va mexanizmlarini ishlab chikib, uni amalga oshirishdan iboratdir. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov shunday degan edi: ‘‘Endigi vazifamiz shundan iboratki, milliy istiklol g`oyasi tushunchalari asosida keng jamoatchilik, ziyoliylar, ilm – fan va madaniyat namoyandalari, avvalo, ma’naviy – ma’rifiy soxa xodimlari milliy mafkurasini takomillashtirish, uning asosiy tamoyillarini odamlar kalbiga va ongiga singdirishga karatilgan ishlarni yangi boskichga kutarish zarur’’. Mana shuning uchun xam yaratiladigan ko`llanmalar mazmunida milliy istiklol g`oyasi asosiy o`rinni olishi lozim. Oliy ta’lim muassasalarida pedagoglar ikki boskichda o`kitiladi. Birinchi boskichda, ya’ni bakalavriatda mutaxassis o`zi tanlagan soxa bo`yicha 4 yil davomida ta’lim oladi. Ikkinchi boskich magistraturada davom ettiriladi. "Ijtimoiy pedagog" soxasiga tegishli barcha mutaxassilarning xam umumiy o`ziga xos xususiyatlari mavjud bo`ladi. Bir kator tadqiqot chilar ularning shaxsiy tavsifnomasi sifatida individual—ruxiy xususiyatlar va maxsus kobiliyatlarni ko`rsatmokda.
Kuzatuvchanlik, murakkab vaziyatda tez yo`lga tusha bilish, faxm— farosat bilan seza olish, o`zini boshka odam o`rniga ko`ya olish va uning xissiyotlarini tushuna bilish, o`zini boshkara olish va refleksiya (fikr yuritib uni taxlil qilish) maxsus kobiliyatlar jumlasidandir. SHuningdek, ijtimoiy pedagog dilkashlik, odamlar bilan ishlay olish, kizikkonlik, o`z fikrini o`tkaza olish, baxsli vaziyatlarda yo`l topa bilish, tirishkoklik kabi ijtimoiy soxaning barcha xodimlariga xos xususiyatlarga xam ega bo`lmogi darkor.
Xorijiy tadqiqot chilar xam pedagogning individual— ruxiy xususiyatlari to`grisida o`z fikrlarini bildirganlar. Masalai, Buyuk Britaniyalik olimlar bunday xususiyatlar katoriga yukori darajadagi akliy saloxiyatga egalik, tartiblilik va o`z—o`zini boshkara bilish, jismonan kuchlilik, odamlarga kiyin vaziyatlarda yordam bera olish, chidamlilik, sezgirlik kabilarni kiritadilar.
AKSH ning mashxur psixologlaridan sanalgan J. Xoland o`zining "o`ziga yo`naltirilgap kidiruv" metodikasida ijtimoiy soxa kasbi egasiga xos xususiyatlarni ko`rsatgan. Bular: realistlik (xakkoniylik), tadqiqot chilik, artistlik, ijtimoiy, tadbirkorlik, konventsional xususiyatlardir. U ijtimoiy pedagogga xos insonparvarlik, ideallik, mas’uliyatlilik, axloklilik, xushmuomalalik, iliklik, odoblilik, o`zgalarni do`st tuta olish kabi xususiyatlarni xam ko`rsatadi.
Ijtimoiy pedagog kasbi insonlar o`rtasidagi munosabatlar tizimida faoliyat yurituvchi ko`pkirrali soxa bo`lib, pedagogning kaysi ishda ishlashidan kat’iy nazar odamlar bilan va avvalo bolalar bilan ishlashga yo`naltirilganligidadir. Mulokot jarayonida pedagog ko`plab ruxiy zurikish va charchokni o`zida sinashiga to`gri keladi. SHu bois uning asab tizimi xam mustaxkam bo`lishi darkor. Bu narsa unga ijtimoiy—pedagogik, ruxiy—terapevtik jarayonlarda emotsional kiyinchiliklar bilan to`knashuvida yordam beradi.
Ijtimoiy pedagogga xos yana bir xarakter xususiyati, bu "Men — obrazidir" Bu narsa pedagogning o`ziga nisbatan ijobiy munosabatda bo`lishini xamda boshkalar tomonidan o`ziga yukori baxo berilishini ifodalaydi. Mazkur xarakter pedagogga boshka odamlar bilan erkin mulokot qilish va ularni oson kabul qilish imkonini beradi.
Ijtimoiy pedagognipg quyidagi shaxsiy fazilatlarini aloxida ajratishimiz mumkin:
-Insoniylik xususiyatlari (mexribonlik, boshkalar manfaatini ustun ko`yish, o`z shaxsiy kadr—kimmati xissi)
- Ruxiy barqarorlik, yukori darajadagi xissiy va irodaviy xususiyatlar)
-Ruxiy taxlilchilik xususiyatlari ( o`zini idora kila olish, o`ziga tankidiy karash, o`zini baxolay olish)
-ruxiy—pedagogik xususiyatlar ( kirishuvchanlik, gapga chechanlik.)
YUkorida keltirilgan xususiyatlar bilan tanishar ekanmiz, xar kanday odam xam ijtimoiy—pedagogik faoliyatni olib borish kobiliyatiga ega bo`lavermasligiga ishonch xosil kilamiz.
Xar bir pedagogning kasbiy omilkorligi, ya’ni uning o`z faoliyatini olib borishga amaliy va nazariy tomondan tayyorligi me’yoriy—xuquqiy xujjatlar yordamida tartibga solinadi. Mazkur xujjatlar o`z ichiga mutaxassis- pedagogning kasbiy majburiyatlarini, mexnat tavsifnomasini, bilim va malakasini oladi.