Rossiyada ijtimoiy psixologiyaning shakllanishi. Sobiq ittifok jumhuriyatlarida, birinchi navbatda Russiyada ijtimoiy psixologiya 20-yillardan boshlab rivojlana boshladi. Bu borada rus ijtimoiy psixologiyasining asoschisi deb haqli ravishda V. M. Bexterevni ko`rsatish mumkin. U o`zining refleksologiya nazariyasi doirasidan shaxs xulq-atvorining motivlari tushunishga o`rganganlardan biridir. Uning fikricha, barcha ongli va ongsiz jarayonlar tashki xulq-atvorda, harakatlarda ifodalanadi, shuning uchun ham tashqi harakatlarni, qiliqlarni, nutqni, tovushni o`rganish, orqali shaxsning o`zini bu harakatlarning sabablarini o`rganish, mumkin. Bexterevning xatosi shu ediki, u o`z qarashlarida sotsiologiyani biologiya bilan, psixologiyani esa fiziologiya bilan aralashtirib yubordi, shu orqali shaxs va jamiyat taraqqiyotining uni versal qonunlarini topmoqchi bo`ldi.
Bexterevdan keyingi olimlar, Yu. Vasilevning "biologik sotsiologiyasi" ham, M.A. Reysnerning "ommaviy psixologiya" ham, L.N. Voytolovskiyning "jamoa psixologiyasi" ham reflekslar qonuni mexanik tarzda ijtimoiy psixologik jarayonlarini tushuntirishga kuchirish bo`ldi, desak xato bo`lmaydi.
20-30 yillarda bolalar va o`smirlar ijtimoiy psixologik taraqqiyotini o`rganishga qaratilgan ikki yo`nalish paydo bo`ldiki, ular ham qator kamchiliklardan xoli bo`la olmaydilar. Masalan, biologik yoki biogenetik nazariya tarafdorlari shaxsning shakllanishida irsiy va biologik nasliy omillar yetakchi rol o`ynaydi, deb hisoblashsa (E. Arkin, I. Aryamov, va boshqalar), sotsiologik yoki sotsiogenetik nazariyotchilar bu borada ijtimoiy muhit rolini nihoyatda ortik ekanligini himoya qilib chiqdilar. (S. Molojaviy, A. Zalkind va boshqalar).
30-yillarda A.S. Makarenko, A. Zalujniy, L.S. Vigotskiy, N.K. Krupskaya va boshqa qator olimlar o`z nazariy qarashlarini marksizm bilan bevosita bog`lab, jamoa va shaxs nazariyasini yaratdilar. Ular shaxsning shakllanishida ijtimoiy muhitning, jamoaning rolini, talim tarbiyaning ahamiyatini isbotlashga urindilar. Lekin, 40-60 yillar ijtimoiy psixologiya taraqqiyotida nisbatan sokinlik davri bo`ldi. Chunki psixologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar ichida ijtimoiy psixologik tadqiqotlar yo`k hisob edi. Bu fan Rossiyada va boshqa Sobiq ittifokdosh jumhariyatlarda 70-yillardan keyin keskin rivojlana boshladi. Bunda Moskvalik va Leningradlik (hozirgi Sankt-Peturburg) olimlar maktabi katta rol o`ynadi. Agar Moskva shaxrida asosan ijtimoiy psixologiya bo`yicha fundamental nazariy tadqiqotlar ko`plab o`tkazilib, unda hozirgi zamon ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning empirik qonunlari asoslari ishlab chiqilgan bo`lsa, Sankt-Peturburgda ko`proq tadbiqiy ilmiy tadqiqot ishlar olib borildiki, ular birgalikda minglab yosh ijtimoiy psixologlar avlodini tarbiyalab yetishtirdilar. Ular esa hayotimizga ilg`or fikrlar va dadil tadqiqotlar bilan kirib kelib, hozirgi kun fanini dunyo miqyosida misli ko`rilmagan darajaga ko`tardilar. Lekin, yuqorida aytib o`tilganidek, mamlakatimizda ijtimoiy psixologiyaning rivojlanishida chet el, ayniqsa AQ SH psixologiyasining tasiri ancha sezilarlidir.
Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida yurtimizda rivojlanish tarixiga etibor beradigan bo`lsak, shuni takidlash lozimki, u oxirgi o`n yilliklar mobaynida shakllanmoqda, xolos. Lekin tarixdan, umuman psixologiyaning O`zbekiston xududida shakllanishini tahlil qilinsa, uning diniy-falsafiy oqimlar va qarashlar tizimida o`ziga xos tarzda shakllanib kelganini ko`rish mumkin. Masalan, eramizning, II-III asrlarida rivoj topgan mexanizm (asoschisi Mani) yoki mazdakizm (asoschisi Mazdak) va boshqalar o`z diniy qarashlari tizimida ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy adolat va shaxsning o`ziga xosligi kabi goyalarni keng tashviqot qilganlar.
Ijtimoiy psixologiya jamiyatimizda shaxslararo munosabatlarning tabiati va qonuniyatlarini o`rganuvchi fan sifatida o`zining nazariy tamoyillarini amaliyotga tadbiq etmog`i va shu orqali yangicha mazmundagi demokratik munosabatlarning jamiyatning har bir jamoasida, oilasida va fuqarosida qaror topishiga, yoshlarda yangicha fikrlashni va
Lekin tarix bizga shundan darak beradiki, yaxlit, tizimli ijtimoiy psixologik qarashlar tizimi umuman bo`lmagan. Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning o`tmishdagi va hozirgi kundagi holati M. Otajonovning qator ilmiy maqola va risolalarida bayon etilgan. Uning oxirgi yillarda o`tkazilgan ilmiy tadqiqoti natijalariga ko`ra, ijtimoiy psixologiya fan sifatida muhimlik shajarasida ikkinchi o`rinni egallaydi, ijtimoiy psixologiya va ana shu fanning muammolari eng istiqbolli va yechilishi zarur, dolzarbidir.
Shuni alohida takidlash lozimki,
O`zbekistonda o`tkazilayotgan ijtimoiy psixologik tadqiqotlar asosan oilada va oilaviy munosabatlarga bag`ishlangan. Birinchi ijtimoiy psixologik tadqiqot ham 70-yillarning oxirida 80- yillarning boshida I.Ekubov tomonidan o`tkazilgan bo`lib, u oilaviy munosabatlarning barqarorligi va er-xotin ijtimoiy rolarning muvofiqligini taminlovchi sotsial-psixologik omillarni o`rganadi.
Tadqiqot natijasida shu narsa aniqlandiki, oila azolarining rollar borasidagi muvofiq o`zaro munosabatlari oilaviy hamjihatlikning muhim shartidir. Oilaviy majorolar esa, asosan hozirgi zamon o`zbek ayolining ijtimoiy mehnat bilan bandligi hamda oilaviy munosabatlarda eskilik sarqitlarining saqlanib qolganligidadir.
G`.B. Shoumarov va Ye. A. Morshinalarning (1986) tadqiqotlarida esa oilada bolalarning tarbiyasiga bevosita tasir ko`rsatadigan ijtimoiy psixologik omillar o`rganildi, chunonchi, unda o`ziga xos milliy va ananaviy o`zaro munosabat xususiyatlarining o`rni belgilanadi.
Oilaviy munosabatlar psixologiyasi xususida o`tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri N. Soginovning o`zbek oilasiga xos bo`lgan nikoh va oila munosabatlari - nikohdan qonikish, nikoh motivlari, oila qurishning o`zbeklarga xos bo`lgan yosh xususiyatlari, yosh o`zbek oilalaridagi psixologik mojarolar va ajralishlarning sabablarini tizimli tarzda o`rgangan ilmiy ishidir. Bu tadqiqotda ilgari hech o`rganilmagan ilmiy malumotlar to`plandiki, ularga ko`ra: