Internet
Explorer
Opera
Google
chrome
Mozilla
Firefox
1.
http://www.xtxmom.bimm.uz
-
ХTХQTMOH
Markazlar
platformasi
2.
http://www.giu.uz
–
Toshkent shahar ХTХQTMOH Markazi veb
sayti
3.
http://www.uzedu.uz
–
O`zbekiston Respublikasi
Хalq ta`limi
vazirligi veb sayti
4.
http://www.eduportal.uz
–
O`zbekiston Respublikasi
Хalq ta`limi
vazirligi axborot ta`lim portali
5.
http://www.lex.uz-
O`zbekiston normativ xuquqiy bazalar veb
sayti
6.
http://www.google.uz
–
qidiruv sayti
7.
http://www.natlib.uz
–O`zbekiston Respublikasi A.Navoiy
nomidagi milliy kutubxona veb sayti.
8.
http://www
.
rtm.uz
–
Respublika ta`lim markazi veb sayti
9.
http://www.ziyonet.uz
–
ta`lim portali
10.
http://www.pedagog.uz
–
TDPU kutubxonasi veb sayti
11.
http://www.kitob.uz
–
elektron kutubxona veb sayti
12.
http://www.uz-
milliy
qidiruv sayti
13.
http://www.e-school.for.uz-
umumiy o`rta ta`lim maktablari
masofaviy ta`lim tizimi uchun elektron o`quv uslubiy majmualar veb sayti.
14.
http://www.ikids.uz
–boshlang`ich ta`lim tizimi uchun elektron
o`quv resurslar majmui.
15.
http://www.utube
.
uz
-
Video ta`lim portali
16.
http://www.intuit
.ru -
Masofaviy ta`lim kursi.
– xalq ta`lim vazirligining axborot ta`lim portali. Bu portalda o`qituvchilar
o`zlarining fanlariga tegishli axborotlarni va multimedia materiallarini olishlari
mumkun.
http://www
.uzedu.uz – xalq ta`lim vazirligining veb sayti. Bu saytda o`qituvchilar
o`zlarining fanlariga tegishli normativ xujjatlarni va boshqa ma`lumotlarni olishlari
mumkun.
Brauzerda
www.referat.uz
saytida ma`lumot qirish qanday bo`lishligini ko`rib
chiqaylik. Dasturni ishga tushuramiz va ochilgan oynada manzil maydoniga
www.referat.uz
so`zini yozib enter tugmasini bosamiz va natijada
www.referat.uz
sayti bosh sahifasi ochiladi.
Saytdan ma`lumot topish uchun “qidirish” maydoniga qidirishimiz kerak bo`lgan
ma`lumot kalit so`zini yozamiz. Misol uchun, bizga informatika fanidan testlar
to`plami kerak, u holda “qidirish” maydoniga “informatika” so`zini yoziladi qidirish
tugmasini bosamiz. Natijada bizga kalit so`zi bo`yicha topilgan ma`lumotlar
ko`rsatiladi.
Izlab topilgan ma’lumotni quyidagicha ko’chirib olish mumkin.
Zagruzki
oynasida ma`lumot ko`chirilib bo`lgan yoki bo`lmaganligi va ma`lumot
nomi, hajmi, vaqti va ko`chirilgan vaqtdagi ko`chirish tezligi haqidagi xabar beriladi.
Masofaviy ta’lim
Masofaviy ta’limda qo’llaniladigan axborot va telekommunikatsiya
texnologiyalar bilan tanishish, o’rganish va kerakli texnikaviy imkoniyatlarga ega
bo’lgan kompyuter va dasturiy majmuani yaratish bo’yicha ishlar. Masofaviy ta’lim
uchun o’quv uslubiy materiallarini yaratishga oid ishlar. Masofaviy ta’limda
qo’llaniladigan o’quv materiallari texnologiyasini o’rganish va uni joriy qilish
bo’yicha ishlar. Qurilayotgan jamiyat XXI asrda axborot jamiyatiga aylanib borishi
kerak. Bu yo’lda axborot savodxonlik targ’iboti iqtisodiy va huquqiy savodxonlikni
o’zida qamragan holda ma’naviy jamiyatimiz kishilari orasida keng yoyiladi. Bunda
interaktiv ta’lim kuchga kiradi va binobarin, mazkur ta’limning pedagogikasi
shakllanadi.
Interaktiv ta’lim o’qitishning, muloqotning distant uslubida, qolaversa, bu usulni
amalga oshiruvchi bir qancha interaktiv (audio, video, elektron anjumanlar, tele va
ovoz kommunikatsiyalari, yerning sun’iy yo’ldoshlari orqali o’zaro aloqa va b.) va
nointeraktiv texnologiyalar vositasida olib boriladi. Kelajakda umumrivojlanishning
yetakchi jabhalaridan bo’lib qoluvchi interaktiv masofaviy ta’limning
ommaviylashishida Internet «on-line» ning roli, telekommunikatsiyalarning o’rni,
barcha insonlarning Internetga barobar ochiq tashrif eta olishi uchun ajoyib yo’lak
WWW (Web) texnologiyasini yaratgan olim Tim Berners Lining xizmati beqiyosdir.
Dunyoda interaktiv ta’limning ko’plab bazalari vujudga kelayapti, jumladan,
Britaniya Ochiq Universitetiga qarashli masofaviy ta’lim Umumjahon markazining
ma’lumotlar bazasini misol qilib keltirish mumkin. Distant uslubida o’qitishning
Xalqaro Kengashi faoliyat ko’rsatyapti, «E-Learning» — masofaviy ta’lim olayotgan
tinglovchilarning soni kun sayin ortib borayapti.
Masofadan turib o’qitish uslubining tafsiloti, uning ta’limdagi ijodiylik, mustaqil
o’rganish imkoniyati, ilm olish uchun vaqtni taqsimlashdagi erkinlik kabi ko’plab
afzalliklari mamlakatimizdagi yirik olimlarning pedagogik izlanishlarida aks ettirilgan,
risolalarida keng yoritilganini e’tirof etish joiz.
Shunisi quvonarliki, mamlakatimizda ziyolilarning, jumladan, pedagoglarning,
yangi avlodning tarbiyasiga e’tiborli barcha kishilarning, ayniqsa, tinglovchi
yoshlarning zamonaviy kompyuter va telekommnikatsiya texnologiyalari vositasidagi
interaktiv ta’limga, xususan, on-line ta’limiga, Internetga qiziqishi va intilishlari katta.
Yurtimiz O’zbekiston kuchli iqtisodiyotga ega bo’lgan, ezgu istiqbolli huquqiy
davlat qurar ekan, xalqimizning axborot savodxonligini hamda huquqiy madaniyatini
oshirish hayot va zamon talabidir. Bu talabni — maqsadni ro’yobga chiqarishda
asoslari endi shakllanayotgan interaktiv ta’lim xizmatga kirishishi kerak. Masofaviy
o’qish ta’lim berishda ikki asosiy yondashishni izohlab beradi — bular kengaytirish va
transformatsiya modellaridir. Kengaytirish modelida o’qitish texnologiyasi hozirgi
ana’naviy usuldan deyarli, farq qilmaydi.
Transformatsiya modeli o’qituvchi va tinglovchi hamkorligi uchun axborot —
kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini o’zida mujassam qiladi. Masofaviy
ta’limning bu zamonaviy usul va texnologiyalari nazariy va amaliy ta’lim
pedagogikasiga virtual sinf, o’quv telekommunikatsiya loyihalari, koordinator, teskari
aloqa, moderator, muloqot texnologiyasi, kompyuter aloqasi, telekonferensiya kabi
yangi tushuncha va terminlarni olib kirdi. Bu texnologiya deyarli raqamli aloqaga
asoslangan bo’lib, o’z ichiga multimediya dasturlari va gipermediyalarni olib, bu esa
o’quvchiga axborot massivlarini o’zlashtirish tartibini nazorat qilish usullarini kuzatib
borish
imkonini
beradi.
Masofaviy o’qishning ko’p muhitliligi o’quv dasturlarini rejalashtirish va kurslarini
ishlab chiqish tamoyillarida o’z aksini topadi. Masofaviy ta’lim tinglovchilarni
talablarini qondirishga yo’naltirilib, texnologiyalarni turli — tumanliligiga ustivorlik
beradi.
Hozirgi kunda masofaviy ta’lim AQShda mukammal shakllangan bo’lib, uning
vujudga kelishi 1970 yillar oxiriga borib taqaladi. Avvalida masofaviy ta’lim sohasida
o’quv muassasalari yakka holda faoliyat olib bordilar. 1980 yillarda yo’ldosh
teleko’rsatuvlar rivojlanib borishi bilan, bu o’quv kurslari ustida bir necha o’quv
muassasalari hamkorlikda ish olib bordilar. Global kompyuter tarmoqlarining shiddat
bilan rivojlanishi inson faoliyatining hamma sohasiga, shu jumladan, ta’lim olish
sohasiga ham katta ta’sir ko’rsatdi. Shu tufayli ayni damdagi masofaviy ta’lim
zamonaviy
axborot
— kommunikatsiyalar, jumladan, internet tarmog’i
imkoniyatlaridan keng foydalangan holda olib borishga asoslanadi. AQSh ta’limi
tarixida masofaviy o’qitish milliy universitetlari, masofaviy ta’lim yordamida olingan
yangi mutaxassisliklar, ilmiy darajalar vujudga kelgan. Misol qilib, Kolorada shtati
davlat universitetining ma’muriy ish yurituvchi magistri, Chikago davlat universiteti
informatika, Jorj Vashington Universitetining ta’limni boshqarish, Penselviya davlat
universitetining akustika magistri va Merilend Universitetining yadro fizikasi
bakalavri darajalarini ko’rsatish mumkin.
Masofaviy ta’lim respublikamizda ta’lim tizimiga yangi kirib kelayotgan usul
bo’lib, hozirgi kunda bu jarayonga jiddiy e’tibor berib kelinmoqda va uning asoslari
yaratilmoqda. Barcha oliy o’quv yurtlarida kompyuter sinflari tashkil etilgan bo’lib,
ularning ko’p qismi internet global tarmog’iga ulanish asosida faoliyat ko’rsatmoqda.
Dunyoning mashhur kompaniyasi Google ham ishchilarining diplomiga qarab
emas, qobilyatlariga qarab ishga olar ekan. Shunday kasblar borki, ularni oliy
ma’lumotli bo’lmasdan ham egallash mumkin. Hatto oliy ma’lumotli kishilardan ko’ra
yaxshiroq pul ishlab topish mumkin. Ilm olish uchun turli o’quv maskanlariga yoki chet
davlatga chiqish ham shart emas. Buning uchun insonda yetarlicha qobiliyat va
ishtiyoq, ingliz yoki rus tillarini bilish, internetga ulanish va, albatta, kompyuter yoki
planshet kerak bo’ladi. Ta’lim uchun pul sarflashingiz shart emas, faqat internet uchun
to’lagan pulingizni hisobga olmasak.
Quyida keltirgan saytlar orqali tekinga bilim olishingiz, malakangizni
oshirishingiz va oxirida sertifikatga ham ega bo’lishingiz mumkin.
1. Intuit. Rasmiy sayti: www.intuit.ru - Oliy ta’lim va ikkinchi oliy ta’limni olish
imkoniyati mavjud bo’lgan, shuningdek, professional qayta tayyorlash va malakani
oshirish imkoniyatlarini taqdim qila oladigan yirik Rossiya internet-universitetidir.
To’liq o’qish pullik, ammo intuit saytida turli sohadagi: informatika, fizika,
matematika, iqtisodiyot va falsafa bo’yicha 500 dan ortiq kurslarni bepul o’qish
(tinglash) mumkin. Hozirgi kunda ko’pgina kurslar video darslar shaklida ham
berilmoqda. Ta’lim kurslarini tugatganda bepul elektron sertifikat olish mumkin.
2. Twirpx. Rasmiy sayti: www.twirpx.com - Adabiyot o’qish uchun kerakli manba. Bu
yerda kam uchraydigan adabiyot namunalarini ham topish mumkin. Yuklab olish faqat
ballar bilan amalga oshiriladi. Ballar esa ro’yxatdan o’tishda beriladi, keyin esa ularni
shaxsiy materialingizni joylashtirganingizda yoki haqiqiy pulingizni kiritganingizda
beriladi. Hatto ushbu to’lovlarni to’lasangiz ham xafa bo’lmaysiz. Ko’pchilik kitob
izlaganlar qidiruv tizimlari orqali ushbu saytga adashib kirib qolgan bo’lsa kerak.
Kerakli kitobni yuklab olish uchun ball talab qiladi.
3. TED. Rasmiy sayti: www.ted.com - TED qisqartma so’z bo’lib, ingliz tilidagi
"Technology, Entertainment, Design" so’zlarining birinchi harfidir. O’zbek tiliga
"Texnologiya, San’at, Madaniyat" kabi tarjima qilish mumkin. Ushbu konferensiyada
ko’plab ishlab chiqaruvchilar, olimlar, rassomlar, musiqachilar, muhandislar va boshqa
ko’plab insonlar sahnaga chiqishadi va o’zlarining g’oyalarini bo’lishadilar.
Tinglovchilarning orasida ushbu g’oyalar uchun homiylik qiluvchilar, hamkorlik
qiluvchilar ham bo’ladi. Ba’zi videolarning o’zbekcha subtitrlari bor. Subtitrlarda
imloviy xatolar mavjud, lekin ular videoma’ruzani tushunishga ko’p ham halaqit
bermaydi. Ushbu saytda o’sha konferensiyalardan videoma’ruzalar berib boriladi.
4. Yandex maktabi. Rasmiy sayti: http://shad.yandex.ru/lectures/ - Bu yerda Yandex
ma’lumotlar tashxisi maktabi ma’ruzalari joylashtirilgan. Uning asosiy maqsadi aynan
Yandex uchun, shuningdek, AKT industuriyasida ma’lumotlarni tashxis qilish va qayta
ishlash hamda internetdan ma’lumotlarni olish bo’yicha malakali insonlarni
tarbiyalashdir.
5. Coursera. Rasmiy sayti: www.coursera.org - Ushbu ingliz tilidagi loyiha har xil
bilimlar bosqichi bo’yicha kurs tizimlarini o’tkazadigan universitetlar bilan hamkorlik
qiladi. Tinglovchilar faqatgina kurslarni oqibgina qolmasdan, kursdoshlari bilan
gaplasha oladilar, Coursera saytida testlar va imtihonlar topshiradilar. Coursera
saytidan olingan sertifikatni mashhur www.linkedin.com saytidagi profilingizda
ko’rsatishingiz mumkin. Bu esa sizga yaxshi ish topishingizga yordam beradi. Hozirgi
kunda ba’zi kurslarning video darslari kamina tomonidan o’zbek tiliga o’girilmoqda.
Agar siz ham yordam bermoqchi boʻlsangiz, www.transifex.net saytida roʻyxatdan
oʻtib, buni amalga oshirishingiz mumkin.
6. Xan akademiyasi. Rasmiy sayti: https://www.khanacademy.org/ - Bir kuni MIT va
Garvardni bitirgan qobiliyatli talaba Salmanxan boshqa shaharda yashaydigan
kichkina amakivachchasini matematika fanidan qiynalishini bilib qoladi. U
«YouTube» saytiga videodarslarni joylashtirib, unga yordam bermoqchi bo’ladi va
mashhur bo’lib ketadi. Endi Xan akademiyasi saytida har xil mavzudagi 42000 dan
ortiq bepul mikroma’ruzalar bor. Ulardan ko’pchilig rus tilida ham mavjud. Ushbu
ma’ruzalarni oʻzbek tiliga oʻgirish uchu www.crowdin.net saytida roʻyxatdan oʻtib,
amalga oshirish mumkin. Roʻyxatdan oʻtganingizdan soʻng, u yerdagi qidiruv
funksiyasidan foydalanib, kerakli tarjima loyihasini topib, oʻzbek tiliga oʻgirish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |