tutadi. Audiokonferensiyalardan foydalanish qarorlar qabul qilish jarayonini
yengillashtiradi, u arzon ham qulay.
Videokonferensiyalar.
Ular ham audiokonferensiyalar qanday maqsadlarga
mo‘ljallangan
bo‘lsa,
shunday
maqsadlarga
mo‘ljallangan,
lekin
bunda
videoapparatura qo‘llaniladi. Ularni o‘tkazish ham kompyuter bo‘lishini talab etadi.
Videokonferensiya jarayonida bir-biridan ancha uzoq masofada bo‘lgan
uning
ishtirokchilari televizor ekranida o‘zlarini va boshqa ishtirokchilarni ko‘rib turadilar.
Televizion tasvir bilan bir vaqtda ovoz ham eshitilib turadi. Videokonferensiyalar
transport va xizmat safari harajatlarini ancha qisqartirish imkonini bersa ham aksariyat
tashkilot yoki firmalar ularni faqat shu sabablarga ko‘ra qo‘llamaydilar. Bu firmalar
bunday konferensiyalarda muammoni hal qilishga hududiy jihatdan ofisdan ancha
uzoqda joylashgan ko‘p sonli menejerlarni va boshqa
xodimlarni ham jalb etish
imkoniyatini ko‘radilar.
Vebinar
(onlayn trening) - bu Internet orqali ta’lim faoliyati (kurslar, treninglar,
mahorat darslari). Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, bunday o‘qitish juda sodda va
qulaydir.
Endi veb-seminarda ishtirok etish uchun barcha narsalar mavjudligini
tushunganingizdan so‘ng, qadamlarni batafsil tushuntirishga o‘tamiz:
Siz barcha tadbir (kurs) ishtirokchilari joylashgan telegram guruhga qo‘shilasiz
Guruhdagi vebinarning rejalashtirilgan vaqtiga yaqinroq maxsus xizmatga (veb-
sayt) havola yuboriladi.
Keyin barcha ishtirokchilar taqdimot va trener bilan video joylashtirilgan saytga
havola orqali o‘tadilar.
Keyin aloqa tekshiruv o‘tkaziladi (agar ishtirokchilardan biri muvaffaqiyatsiz
bo‘lsa, bu haqda ular telegram guruhida yoki veb-suhbatda xabar berishadi).
Barcha kerakli protseduralar bajarilgandan so‘ng,
murabbiy mavzuni
tushuntirishga kirishadi
Bugungi kunda intеrnеt jamiyat ijtimoiy, siyosiy
va madaniy hayotining juda
muhim va ajralmas bo‘lagiga aylanib bormoqda. Vеb tеxnologiyalar prеzidеnt
saylovlariga o‘z ta'sirini o‘tkazmoqda, xukumatlarning va siyosiy shaxslarning
istе'foga
chiqishiga olib kеlmoqda, xalqaro va ichki siyosat yo‘nalishlarini bеlgilab
bеrmoqda. Jamiyatning madaniy hayotida kеskin o‘zgarishlarga olib kеlmoqda, bu
sohada yangi shaxslarni va yo‘nalishlarni kashf etmoqda. Bularning barchasiga sabab
intеrnеtdagi forumlarning ommaviylashib kеtishidir.
Forum o‘zi nima? U – ochiq tarzda munozara va bahs o‘tkazish vositasi.
Dostları ilə paylaş: