Telegram
- tezkorlik va xavfsizlikka asoslangan xabar
almashish dasturi
bo‘lib, u orqali matn, tasvir, video, audio va boshqa turdagi fayllar (doc, zip, mp3 va
h. k.) ni jo‘natish mumkin.
“Telegram“da o‘z kanalini ochishni istagan, ammo ishni nimadan boshlashni
bilmaganlar uchun maslahatlar:
1.
Kanalni yaratish va nomlash;
2.
To‘g‘ri tanlangan mavzu — kanalning muvaffaqiyati kalitidir;
3.
Logotip tanlash;
4.
Kanalni reklama qilish.
YouTube sayti va undan foydalanish.
Dunyodagi eng ommabop videoxosting bo‘lgan YouTube da videoblogerlar ko‘p,
ular safiga qo‘shilishni istovchilar ham kam emas.
Eng avvalo YouTube servisida Google akkauntingiz bilan ro‘yxatdan o‘tishingiz
(avtorizatsiya qilishingiz) lozim. Agarda haliyam akkauntingiz yo‘q bo‘lsa, «Voyti»
tugmachasini bosib, keyin «Sozdat akkaunt»ni tanlab, uyog‘iga tizim ko‘rsatmalariga
rioya qilsangiz, tezda akkaunt ochib olasiz.
Google akkauntingiz bilan YouTube’ga kirganingizdan keyingina kanal ochishga
kirisha olasiz. Mazkur xostingda ikki xil videokanal ochsangiz bo‘ladi: shaxsiy (o‘z
nomingiz bilan) hamda shaxsiy bo‘lmagan (istalgan nom bilan).
YouTubeda shaxsiy kanal ochish
Agarda siz o‘z videoblogingizni yaratmoqchi bo‘lsangiz, aynan mana shu variant
to‘g‘ri keladi. Uning nomi hamda belgisi ham xuddi o‘zingizning
Google
profilingizdan avtomatik tarzda olinadi. Siz bitta akkauntingiz doirasida faqat bittagina
shaxsiy YouTube-kanal ocha olasiz.
Buning uchun YouTube interfeysining yuqori o‘ng burchagidagi o‘z profilingiz
belgisi ustiga sichqoncha bilan cherting. Agarda pastga ochilgan menyuda «Vash
kanal» bandi ko‘rinsa, demak – tizim allaqachon siz uchun uni ochib qo‘yibdi ekan:
Bungacha siz YouTube’da biror rolikka izoh yozgan yoki pleylist yaratgan
bo‘lsangiz shunaqa – tizim siz uchun kanalni ham tayyorlab qo‘yadi. «Vash kanal»ni
bosib, o‘z kanalingizni boshqarishni boshlashingiz mumkin.
Bordiyu profilingiz belgisi ustiga bosganda pastga ochilgan menyuda «Vash
kanal» emas, balki «Sozdat kanal» bandi ko‘rinsa – tizim sizga kanal tayyorlamagan
ekan.
Bunday kanallar o‘z ismidan boshqa nomda videoblog yaratishni istagan
vlogerlarga,
shuningdek, turli tashkilotlarning va brendlarning kanallarini ochishda
kerak bo‘ladi. Ularning shaxsiy videokanallardan farqlari – shaxsiy bo‘lmagan
kanalning nomini va belgisini mustaqil tanlay olasiz; uni faqat o‘z profilingizdan emas,
balki mualliflar jamoasi tomonidan ham boshqarish imkoni bo‘ladi.
Demak, shaxsiy bo‘lmagan kanal ochish uchun YouTube interfeysidagi
«Upravleniye kanalami» bo‘limini ochib, «Sozdat kanal» belgisini bosasiz.
Keyin ochilgan sahifada bo‘lajak kanal nomini kiritasiz va «Sozdat»
tugmachasini bosasiz.
Videokanal nomini keyinchalik, istalgan paytda o‘zgartirish
imkoni bo‘ladi.
Agarda kanalni bir necha kishi bo‘lib boshqarishni rejalashtirsangiz, u holda kanal
profili ustiga chertasiz va chap tomondagi ro‘yxatdan «Nastroyki»ni topib, ustiga
bosasiz.
Endi ochilgan oynada «Dobavit ili udalit administratorov kanala» yozuvi ustiga
chertasiz:
So‘ng «Nastroyki dostupa» bo‘limiga o‘tasiz:
Mana shu yerdagi «Priglasit polzovateley» belgichasi ustiga chertib,
kanalni
birga boshqarishi kerak bo‘lgan kishilarning rollari va pochta manzillarini ko‘rsatasiz:
Siz shaxsiy bo‘lmagan YouTube kanalni boshqarish uchun uning egasi
(vladelets), ma’muri (administrator) hamda menejerini belgilay olasiz. Ulardan har
birining rollari haqida esa mana bu havola orqali Google ma’lumotnomasidan (rus
tilida) o‘qib olishingiz mumkin.
1. Agarda yangi kanalni ochish jarayonida YouTube sizdan o‘z akkauntingizni
telefon raqamingiz orqali tasdiqlashni so‘ramagan bo‘lsa, buni mana bu havola orqali
maxsus sahifada o‘zingiz amalga oshiring.
Aks holda, kanalingizda YouTube’ning
ayrim funksiyalaridan foydalana olmaysiz. Masalan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar qilish, 15
daqiqalikdan oshuvchi videoroliklar joylash imkoni bo‘lmaydi.
2. Servis foydalanuvchilarining diqqatini tortishi uchun kanalingizning qiyofasini
sozlang. Buning uchun profil belgichasi ustiga chertib, menyudagi YouTube
kanalingiz nomi, keyin esa «Nastroit vid kanala» bandini bosasiz. Ushbu bo‘limda siz
kanalingiz belgichasi (ikonka), muqovasi (oblojka), tavsifi (opisaniye), shuningdek,
o‘z saytingizga va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlaringizga
eltuvchi havolalar
qo‘shishingiz mumkin bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: