Mavzu: Ijtimoiy tarmoqlar va ulardan ish va o‘quv jarayonida samarali foydalanish usullari Reja



Yüklə 163,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix02.12.2023
ölçüsü163,95 Kb.
#171590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
YEaLB9C4FeMW5ZkmOqRInw9TLgvIjSA7v9X5NMya (1)

Rasmlarni qidirish.
Rasmlar ma’lumotlarning grafik yoki tasvir ko‘rinishi 
hisoblanadi. Internet tarmog‘ida grafik ma’lumotlarning ko‘plab turlari uchraydi
ya’ni: chizma (vektor), foto (rastr), harakatlanuvchi (animasiya) hamda siqilgan 
rasmlar. Bunday grafik ma’lumotlar tarkibida matnli axborot mavjud bo‘lmaydi. 
Shundan ko‘rinib turibdiki, demak rasm ko‘rinishidagi ma’lumotlar ustida faqatgina 
uning nomi yoki turi bo‘yicha qidiruv olib borish mumkin. Ko‘pgina internet qidiruv 
tizimlari grafik yoki tasvir ko‘rinishidagi ma’lumotlarni qidirish uchun alohida 
bo‘limga ega bo‘lib, bu bo‘lim orqali ixtiyoriy turdagi rasmlarni ularning nomlari 
bo‘yicha qidiruvni amalga oshirish mumkin. Masalan, quyidagi rasmga shunday 
qidiruv tizimlarining biri tasvirlangan. 
O`zbekiston Respublikasi hukumat portali. 
O`zR Vazirlar Mahkamasining 
“Internet tarmog`ida O`zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” 2007 yil 17 dekabrdagi 259-son qaroriga 
asosan Hukumat portali Internet tarmog`ida O`zbekiston Respublikasi Hukumatining 
rasmiy davlat axborot resursi hisoblanadi. Bu bilan Hukumat portalida chop etilgan 
axborot, ommaviy axborot vositalarida chop etilgan axborot iblan teng kuchga ega 
ekanligi belgilab berilgan.
 
Asosiy maqsadlari: 

respublika aholisi hamda xalqaro jamoatchilikning O`zbekiston 
Respublikasi Hukumati faoliyati to`g`risida, respublikaning ijtimoiy-siyosiy 
va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlardan 
xabardorligini ta`minlash; 

tashkilotlarning yuridik va jismoniy shaxslar bilan o`zaro 
hamkorligi samaradorligini oshirishga ko`maklashish;



axborotlarni 
ayirboshlash 
va 
tarqatish 
tezligi 
darajasi, 
tashkilotlarning 
xabardorligi darajasi 
o`sishi hisobiga 
tashkilotlar 
faoliyatining sifati va samaradorligini oshirishga ko`maklashish; 

axborotlarni idoralararo elektron ayirboshlashni birxillashtirish. 
O`tgan vaqt mobaynida Portal yangi ma`lumotlar bilan to`ldirilib kengaytirib 
borildi. Portalning funksional imkoniyatlarni mukammallashtirish, foydalanuvchilar 
qulayligi uchun do`stona interfeys yaratish hamda davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlari faoliyati to`g`risida dolzarb va tezkor ma`lumotlarni joylashtirish bo`yicha 
ishlar olib borildi. 
O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2009 yil 20 yanvardagi “Ishlab 
chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan qo`shimcha chora-
tadbirlar to`g`risida” PQ – 1041 – sonli qaroriga asosan “Qo`shimcha modullar (G to 
V va G to S) kiritilgan yangi platformadagi yangi Hukumat portalini ishga tushirish” 
loyihasini amalga oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Hukumat portalining 
yangi versiyasi ishlab chiqildi va 2009 yil 1 oktyabrdagi Internet tarmog`ida asosiy 
domen www.gov.uz manzili bo`yicha joylashtirildi. 

Yüklə 163,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin