boshqa tillardagi bir yoki bir necha so‘zdan tashkil topgan so‘rovlardan foydalanadi.
Ya’ni ma’lumotlarni uning sarlavhasi yoki uning tarkibida ishtirok etgan so‘zlar va
jumlalar bo‘yicha qidirib topish mumkin. Bunda foydalauvchi
tomonidan Internet
qidiruv tizimi qidiruv maydoniga kerakli ma’lumotga doir so‘z yoki jumla kiritiladi va
qidiruv tizimi ishga tushiriladi. Shundan so‘ng qidiruv tizimi foydalanuvchiga o‘zi
tomonidan kiritilgan so‘z yoki jumlaga mos keluvchi ma’lumotlarni qidirib topadi va
kompyuter ekranida ularning ro‘yxatini hosil qiladi. Va nihoyat ro‘yxatdagi
ma’lumotlarni ketma-ket ko‘rib chiqilib kerakli bo‘lganlari
kompyuterga saqlab
olinadi.
Axborotlarni parametrlari bo‘yicha qidirish
. Ko‘rib o‘tilganidek,
har bir
foydalanuvchi Internet tarmog‘i orqali o‘ziga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni
uning
mavzusi hamda tarkibidagi so‘z yoki jumla bo‘yicha
qidirib topishi mumkin,
lekin
Internet tarmog‘ida ma’lumotlar shunchalik ko‘pki, ta’kidlab o‘tilgan
usul samara
bermasligi mumkin. Bunday hollarda Internet qidiruv tizimlari qidiruvning bir qancha
qo‘shimcha usullari bo‘yicha qidiruvni taqdim etadi, bular:
➢
ma’lumotlarni uning tili bo‘yicha qidiruv;
➢
ma’lumotlarni uning turi (matn, rasm, musiqa, video) bo‘yicha qidiruv;
➢
ma’lumotlarni uning joylashgan mintaqasi bo‘yicha qidiruv;
➢
ma’lumotlarni uning joylashtirilgan sanasi bo‘yicha qidiruv;
➢
ma’lumotlarni uning joylashgan Internet zonasi bo‘yicha qidiruv;
➢
ma’lumotlarni xavfsiz qidiruv.
Dostları ilə paylaş: