Mavzu: Ijtimoiy tarmoqlar va ulardan ish va o‘quv jarayonida samarali foydalanish usullari Reja



Yüklə 163,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix02.12.2023
ölçüsü163,95 Kb.
#171590
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
YEaLB9C4FeMW5ZkmOqRInw9TLgvIjSA7v9X5NMya (1)

Tranlate google
Googlening ushbu bepul xizmati soʻz, ibora va saytlarni oʻzbek va boshqa 100 
dan ortiq tillarga bir zumda tarjima qiladi. 
 
 
Internet konferensiyalar.
Internet konferensiyalar – bu muayyan muammoni hal 
qilayotgan guruh ishtirokchilarining Internet tarmog‘i orqali konferens aloqasi 
yordamida o‘zaro axborot almashinish jarayonidir. Tabiiyki, bu texnologiyadan 
foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasi cheklangan bo‘ladi. Kompyuter 
konferensiyasi ishtirokchilari soni audio– va videokonferensiyalar ishtirokchilari 
sonidan ancha ko‘p bo‘lishi mumkin. Adabiyotlarda telekonferensiya atamasini ko‘p 
uchratish mumkin. Telekonferensiya o‘z ichiga konferensiyalarning uch turini: audio, 
video va kompyuter konferensiyalarini oladi.
Audiokonferensiyalar.
Ular tashkilot yoki firmaning hududiy jihatdan uzoqda 
joylashgan xodimlari yoki bo‘linmalari o‘rtasida kommunikasiyalarni saqlab turish 
uchun audioaloqadan foydalanadi. Audiokonferensiyalarni o‘tkazishning eng oddiy 
texnika vositasi so‘zlashuvda ikkitadan ko‘p ishtirokchi qatnashuvini ta’minlaydigan 
qo‘shimcha 
qurilmalar 
bilan 
jihozlangan 
telefon 
aloqasi 
hisoblanadi. 
Audiokonferensiyalarni tashkil etish kompyuter bo‘lishini talab etmaydi, faqatgina
uning ishtirokchilari o‘rtasida ikki tomonlama audioaloqadan foydalanishni ko‘zda 


tutadi. Audiokonferensiyalardan foydalanish qarorlar qabul qilish jarayonini 
yengillashtiradi, u arzon ham qulay.
Videokonferensiyalar.
Ular ham audiokonferensiyalar qanday maqsadlarga 
mo‘ljallangan 
bo‘lsa, 
shunday 
maqsadlarga 
mo‘ljallangan, 
lekin 
bunda 
videoapparatura qo‘llaniladi. Ularni o‘tkazish ham kompyuter bo‘lishini talab etadi. 
Videokonferensiya jarayonida bir-biridan ancha uzoq masofada bo‘lgan uning 
ishtirokchilari televizor ekranida o‘zlarini va boshqa ishtirokchilarni ko‘rib turadilar. 
Televizion tasvir bilan bir vaqtda ovoz ham eshitilib turadi. Videokonferensiyalar 
transport va xizmat safari harajatlarini ancha qisqartirish imkonini bersa ham aksariyat 
tashkilot yoki firmalar ularni faqat shu sabablarga ko‘ra qo‘llamaydilar. Bu firmalar 
bunday konferensiyalarda muammoni hal qilishga hududiy jihatdan ofisdan ancha 
uzoqda joylashgan ko‘p sonli menejerlarni va boshqa xodimlarni ham jalb etish 
imkoniyatini ko‘radilar. 
Vebinar
(onlayn trening) - bu Internet orqali ta’lim faoliyati (kurslar, treninglar, 
mahorat darslari). Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, bunday o‘qitish juda sodda va 
qulaydir. 
Endi veb-seminarda ishtirok etish uchun barcha narsalar mavjudligini 
tushunganingizdan so‘ng, qadamlarni batafsil tushuntirishga o‘tamiz: 
Siz barcha tadbir (kurs) ishtirokchilari joylashgan telegram guruhga qo‘shilasiz 
Guruhdagi vebinarning rejalashtirilgan vaqtiga yaqinroq maxsus xizmatga (veb-
sayt) havola yuboriladi. 
Keyin barcha ishtirokchilar taqdimot va trener bilan video joylashtirilgan saytga 
havola orqali o‘tadilar. 
Keyin aloqa tekshiruv o‘tkaziladi (agar ishtirokchilardan biri muvaffaqiyatsiz 
bo‘lsa, bu haqda ular telegram guruhida yoki veb-suhbatda xabar berishadi). 
Barcha kerakli protseduralar bajarilgandan so‘ng, murabbiy mavzuni 
tushuntirishga kirishadi 


Bugungi kunda intеrnеt jamiyat ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotining juda 
muhim va ajralmas bo‘lagiga aylanib bormoqda. Vеb tеxnologiyalar prеzidеnt 
saylovlariga o‘z ta'sirini o‘tkazmoqda, xukumatlarning va siyosiy shaxslarning 
istе'foga chiqishiga olib kеlmoqda, xalqaro va ichki siyosat yo‘nalishlarini bеlgilab 
bеrmoqda. Jamiyatning madaniy hayotida kеskin o‘zgarishlarga olib kеlmoqda, bu 
sohada yangi shaxslarni va yo‘nalishlarni kashf etmoqda. Bularning barchasiga sabab 
intеrnеtdagi forumlarning ommaviylashib kеtishidir. 
Forum o‘zi nima? U – ochiq tarzda munozara va bahs o‘tkazish vositasi. 

Yüklə 163,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin