Endi ochilgan oynada «Dobavit ili udalit administratorov kanala» yozuvi ustiga
chertasiz:
So‘ng «Nastroyki dostupa» bo‘limiga o‘tasiz:
Mana shu yerdagi «Priglasit polzovateley» belgichasi ustiga chertib, kanalni
birga boshqarishi kerak bo‘lgan kishilarning rollari va pochta manzillarini ko‘rsatasiz:
Siz shaxsiy bo‘lmagan YouTube kanalni boshqarish uchun uning egasi
(vladelets), ma’muri (administrator) hamda menejerini belgilay olasiz. Ulardan har
birining rollari haqida esa mana bu havola orqali Google ma’lumotnomasidan (rus
tilida) o‘qib olishingiz mumkin.
1. Agarda yangi kanalni ochish jarayonida YouTube sizdan o‘z akkauntingizni
telefon raqamingiz orqali tasdiqlashni so‘ramagan bo‘lsa, buni mana bu havola orqali
maxsus sahifada o‘zingiz amalga oshiring. Aks holda, kanalingizda YouTube’ning
ayrim funksiyalaridan foydalana olmaysiz. Masalan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar qilish, 15
daqiqalikdan oshuvchi videoroliklar joylash imkoni bo‘lmaydi.
2. Servis foydalanuvchilarining diqqatini tortishi uchun kanalingizning qiyofasini
sozlang. Buning uchun profil belgichasi ustiga chertib, menyudagi YouTube
kanalingiz nomi, keyin esa «Nastroit vid kanala» bandini bosasiz. Ushbu bo‘limda siz
kanalingiz belgichasi (ikonka), muqovasi (oblojka), tavsifi (opisaniye), shuningdek,
o‘z saytingizga va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlaringizga eltuvchi havolalar
qo‘shishingiz mumkin bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: