Mavzu: ilk yoshdagi bolalarning aqliy taraqqiyoti



Yüklə 145,93 Kb.
tarix06.07.2023
ölçüsü145,93 Kb.
#135913
ilk bolalik

Mavzu:ilk yoshdagi bolalarning aqliy taraqqiyoti

Bajardi: Shokirov S

Tekshirdi:Izatullayeva L

Guruh: MiG`-101

Reja

  • 1.Psixik rivojlanish muammosi.
  • 2.Prenatal va chaqaloqlik davridagi psixofiziologik xususiyatlar.
  • 3.Go‘daklik davrida jismoniy va psixik taraqqiyotning kechishi.
  • 4.Ilk bolalik davrida jismoniy rivojlanish.
  • 5.Ilk уoshdagi bolalarning aqliy taraqqiyoti.

Bolaning psixik rivojlanishi qanday bo‘ladi, u qanday shakllanadi va unga ta’sir etuvchi omillar nimadan iborat degan muammo juda qadim zamonlardan beri psixolog va pedagoglarning diqqatini jalb etib kelmoqda.

Bolalar psixikasini taraqqiy etishini tushuntirib berishga uringan eng keksa nazariya “Bola katta yoshli kishining kichik nusxasi” degan so‘z bilan ta’riflanadi. Bu nazariya tarafdorlari bola sifat e’tibori bilan katta yoshli kishidan hech bir farq qilmaydi. Bola bo‘yi, shuningdek tasavvurlari, xotirasi, diqqati, tafakkuri va boshqa jarayonlaridan anchayin kichkina bo‘lgan katta yoshli kishilardir deb ko‘rsatishga urinadir. Lekin bola psixikasining sifat jihatidan o‘ziga xosligini tushuntirib bera olmaydilar va taraqqiyotning asosiy sabablarini yoritib bera olmaydilar.

Ilk bolalik davridan boshlab bola uni o‘rab turgan predmetlarning xususiyatlarini va ular orasidagi oddiy bog‘liqliklarni anglashga harakat qiladi. Bu davr aqliy rivojlanishning asosini, idrok va tafakkur harakatlarining yangi ko‘rinishlarini tashkil etadi. 1 yoshli bola predmetlarni izchil, tizimli ravishda ko‘rib chiqa olmaydi. U asosan predmetning qandaydir bir ko‘zga tashlanib turadigan belgisiga o‘z e’tiborini qaratadi va predmetlarni shu belgilariga ko‘ra taniydi. Keyinchalik yangi idrok harakatlarining egallanishi bolaning predmetli harakatlarini bajarishdan ko‘z bilan chamalab, harakat qilishiga o‘tishda namoyon bo‘ladi, endi u predmetning bo‘laklarini ushlab ko‘rmasdan, balki chamalab idrok eta oladi. 2,5-3 yoshli bola kattalarning ko‘rsatgan namunasi, rangi, shakli va kattaligiga ko‘ra, aynan shunday predmetlarni chamalab, idrok etgan holda to‘g‘ri topa oladi. Bolalar avval shakliga, so‘ngra kattaligiga va undan keyingina rangiga qarab ajrata oladilar.

Kattalarning bola bilan qanday muomala qilishlariga qarab uning o‘z «Men”ini anglay boshlashi birmuncha avvalroq yoki kechroq yuzaga kelishi mumkin. 3 yoshli bola o‘zini, o‘z xohish va ehtiyojlarini qondirishi mumkin bo‘lgan manba deb biladi va bu uning Menga bering”, “Ko‘taring”, «Men ham boraman» kabi talablarida ko‘rinadi. Uch уoshli bolalar o‘zlarini o‘zgalar bilan taqqoslay boshlaydilar, buning natijasida bolalarda o‘z-o‘zini baholash vujudga keladi. SHu davrdan boshlab bolalarda mustaqil bo‘lish ehtiyoji yuzaga keladi va bu ularning «.o‘zim qilaman” qabilidagi so‘zlarida namoyon bo‘ladi.

  • Ilk bolalik davri: go‘daklik davridan so‘ng rivojlanishning yangi bosqichi - ilk bolalik (1-3 Yosh) davri boshlanadi.
  • Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng ahamiyatga molik, uning kelajakdagi psixologik rivojlanishini belgilab beruvchi muhim davr hisoblanadi. Bu davrdagi rivojlanishning asosini bolaning to‘g‘ri yurishi, muloqotga kirishishi va predmetli faoliyatni egallash xususiyatlari tashkil etadi.
  • Kichkintoy bolalar «yaqindagi» fazoni qo‘llarining harakati yordamida bilib oladilar, bunda ko‘z ham ishtirok eta boshlaydi. Bog‘cha­gacha Yoshdagi bola «uzoqdagi» fazoni orientirovka qila bosh­laydi.
  • Masalan, mustaqil ravishda yuvinish, kiyinish, ovqatlanish, gigienik mashqlar, o‘yin va boshqalar.
  • Hap xil harakatlarni bajarish va predmetlar bilan harakat qilish tevarak-atrofdagi olamni bilishga olib keladi. Bola predmetlarning fazodagi o‘rni, joylanishi, sifati, haj­mi, shakli va holatlari bilan tanishadi. Bularning hammasi sezgi organlarining o‘sishiga ijobiy ta’sir etadi.

Yüklə 145,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin