Neytralizm nuqtai nazari zamirida ilmiy bilimning tabiatan qadriyat emasligi haqidagi nazariya yotadi. Bu nazariyaga muvofiq, ilmiy bilim faqat deskriptiv (tavsiflovchi) va proskriptiv (buyuruvchi) iboralar sifatida ta’riflanishi mumkin, qadriyatlarga doir iboralar (ya’ni biror narsaning inson uchun qimmati haqidagi mulohazalar) fan vakolatiga kirmaydi va ilmiy bilimda mavjud bо‘lishi mumkin emas.

XXI asrda fanning obrazi. Fan obrazi ijtimoiy ongda qanday namoyon bо‘ladi, degan savolga uzil-kesil javob berish mumkin emas. Fan obrazi juda serqirra. Tabiiyki, olimlar kо‘z о‘ngida fan madaniyatning muhim hodisalaridan biri sifatida, jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlaydigan va har tomonlama qо‘llab-quvvatlashga loyiq bо‘lgan noyob boyligi sifatida namoyon bо‘ladi. Ammo fan haqida undan uzoq bо‘lgan odamlarning fikri qanday? Ommaviy ongda fan qanday shakl-shamoyil kasb etadi? О‘z-о‘zidan ravshanki, oddiy xalqning fan haqidagi tushunchasi olimlarning tasavvurlari bilan qay jihatdandir muvofiq kelishi, qay jihatdandir esa undan sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Ammo bu obraz madaniyat mentaliteti bilan muvofiq keladi va shu nuqtai nazardan ulkan rol о‘ynaydi.

Qadim zamonlarda fan donishmand-faylasuflarning aqliy mashg‘uloti («intellektual о‘yini») sifatida keng ommaga begona bо‘lgan. Jamiyat a’zolarining aksariyati bu «о‘yin»ning mazmun va mohiyatini tushunish, boz ustiga unda ishtirok etish uchun yetarli savodga ega bо‘lmagan. Olimlar о‘rgangan muammolar xalqning bevosita amaliy ehtiyojlaridan ancha yirq bо‘lgan. Shuning uchun bо‘lsa kerak, aholi quyi tabaqalarining madaniyatida «kitobiy» fan Yangi davrgacha «oqsuyaklar ermagi» sifatida tushunilgan. Ammo о‘rta asrlar jamiyatining kо‘pgina vakillari hatto о‘qishni ham bilmagan oliy aristokratiyasi davrasida ham fanga past nazar bilan qaralgan.