5. Imitatsion modellarga qo‘yiladigan talablar.
Borliq olamning kichik bir uchastkasi xam to‘liq ifodalash, inson tomonidan tushunish uchun etarlicha murakkab xisoblanadi. Deyarli barcha muammoli vaziyatlar o‘ta murakkab bo‘lib, cheksiz sondagi ma’lumotlar, o‘zgaruvchilar, parametrlar va munosabatlarni qamrab olishi mumkin. Model qurishga xarkat qilar ekanmiz, biz unga cheksiz faktlarni kiritishimiz, katta vaqt sarf qilishimiz mumkin. Misol tariqasida, qo‘lga qog‘oz olib, xat yozish masalasini ko‘raylik. Buning uchun qog‘ozning kimyoviy tarkibi, qalam grafiti va o‘chirgichning turi, xavo namligini qog‘ozga ta’siri, qog‘ozga ishqalanish kuchi kabi ma’lumotlarni to‘plashga to‘g‘ri kelar edi. Ammo bu vaziyatda bizni faqat jo‘natiladigan xat qiziqtiradi va yuqorida keltirilgan ma’lumotlarning birortasi ham bu masalaga aloqasi bo‘lmaydi. Demak, biz o‘rganilayotgan ob’ektga xos bo‘lgan real ma’lumotlarning kattagina qismini tashlab yuborishimiz mumkin. SHuning uchun ayta olamizki, barcha modellar real olamning soddalashtirilgan ifodasi yoki abstraksiyadir. Agar ular korrekt bajarilgan bo‘lsa, real vaziyatning aksi asliga yaqinlashtirilgan bo‘ladi.
Biz imitatsiya qilishni kelajakda tajribalar o‘tkazish yoki hulqini o‘rganish, turli strategiyalarni baholash maqsadlarida real sistemaning modelini yaratish jarayoni sifatida ta’rifladik. Ushbu ta’rifdan imitatsion modellarning o‘ziga xos belgilari kelib chiqadi. Bu belgilar quyidagilardan iborat bo‘ladi:
sistema faoliyati bilan bog‘langan ;
real olamga xos masalalarni echishga mo‘ljallangan ;
sistemani boqaruvchilariga munozara ob’ekti bo‘lib xizmat qilishi lozim. Imitatsiya sistemaning faoliyati bilan chambarchas bog‘langan. Sistema biror
maqsadga ko‘ra, o‘zaro aloqa va munosabatlarni e’tiborga olib, biror funksiyani (amalni) bajarish uchun bir guruhga birlashtirilgan elementlar yoki ob’ektlar to‘pldamidan iborat bo‘ladi.
Sistemga misol qilib qurollarni, ishlab chiqarish korxonalarini, tashkilotlarni, transport tarmog‘ini, kasalxona, loyihalar, inson va u boshqaradigan mashinalarni olish mumkin. Sistemaning faoliyati qo‘zlangan maqsadga erishish uchun bajarilishi talab qilingan xarakatlar to‘plamidan iborat. Sistemalar xos bo‘lgan xususiyat – bu bir maqsadga qaratilganlikdir. Bu xolat bizdan model qurishda asosiy e’tiborni modellashtirilayotgan sistemaning maqsad va vazifalariga qaratishni talab qiladi.
Imitatsiya real masalalarni echishga mo‘ljallanganligi uchun, biz oxirgi natijalarimizning sistema tomonidan berilishi kutilgan natijalarga to‘la mos kelishi va aks etishiga qat’iy ishonch xosil qilishimiz kerak. Ayrim xollarda model ma’nosiz natijalarni xam berishi mumkin. Bu xolda biz modellarni shubha ostiga olishimiz kerak bo‘ladi. Ixtiyoriy model parametr va o‘zgaruvchilarning maksimal o‘zgarish oraliqlari uchun baholangan bo‘lishi lozim. SHuningdek, model “agar ...
bo‘lsa-chi?” qabilidagi savollarga ham javob berishi lozim. Qolaversa, bizning modelimiz berishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanuvchilar ham doimo yodimizla turishi zarur. Oxir-oqibatda foydalanish mumkin bo‘lmagan yoki qaror qabul qiluvchi shaxsga foyda keltira olmaydigan imitatsion modellarni ishlab chiqishni oqlab bo‘lmaydi.
Natijalarning iste’molchilari sifatida sistemani yaratuvchi yokit faoliyati uchun ma’sul shaxs bo‘lishi mumkin. Umuman aytganda, modelning foydalanuvchisi bo‘lmasa, uni yaratishning qizig‘i yo‘q.
YUqoridagi mulohazalarni e’tiborga olib, biz yaxshi model ega bo‘lishi kerak bo‘lgan sifatlarni keltiramiz:
foydalanuvchiga tushunarli va sodda bo‘lishi;
maqsadga qaratilganligi;
ma’nosiz natidalardan ishonchli ravishda kafolatlangan;
boshqarish va muloqotda oson bo‘lishi;
asosyi masalaning mumkin bo‘lgan echimlarini to‘liq ifodalashi;
ma’lumotlarni yangilash va boshqa o‘zgarishlarni qiritish ma’nosida;
dastlab sodda bo‘lib, asta-sekinlik bilan o‘zgarishlarga va mukammallashtirishga qodir imkon beruvchi bo‘lishi.
Bu kriteriyalarning ko‘pchiligining zarurligshi tabiiy. SHuni alohida
ta’kidlash joizki, modeldan foydalanish mumkin bo‘lishi uchun uning foydalanuvchisining ehtiyojlari va psixologiyasi sinchkovlik bilan o‘rganilgan bo‘lishi lozim. Imitatsion modellashtirish yaratuvchi uchun xam, foydalanuvchi uchun ta’lim berish jarayonidan iborat bo‘lishi kerak.
Nazorat savollari
Model deb nimaga aytiladi?
Imitatsiya nima?
Imitatsion modellashtirish deb nimaga aytiladi?
Isomorfizm nima?
Gomomorfizm nima?
ekzogen o‘zgaruvchilar deb nimaga aytiladi?
endogen o‘zgaruvchilar deb nimaga aytiladi?
Imitatsion modellashtirish qanday bosqichlardan tashkil topadi?
Dostları ilə paylaş: |