Mavzu: Imitatsion modellashtirish reja


Quyosh galaktikasining imitatsion modeli



Yüklə 147 Kb.
səhifə2/7
tarix20.02.2022
ölçüsü147 Kb.
#52860
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Imitatsion modellashtirish reja

Quyosh galaktikasining imitatsion modeli
Modellarning eng muhim qo‘llash sohalaridan biri – bu modellashtirilayotgan ob’ektning kelajakdagi hulqini bashorat qilishdan iboratdir. Masalan, uchish xarakteristikalarini aniqlash uchun dastlab ovozdan tez uchadigan samolyotni qurish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq hisoblanmaydi, ammo bunday xarakteristikalarni modellashtirish vositalari yordamida hal qilinishi mumkin.



O‘zga sayyoralikning imitatsion modeli
Ta’rif: Imitatsion modellashtirish – bu real sistema modelini yaratish va bu modellar yordamida sistemaning hulqini o‘rganish yoki qo‘yilgan aniq kriteriyalar asosida turli strategiyalarni baholash maqsadlarida tajribalar o‘tkazish jarayonidir.

Shunday qilib, Imitatsion modellashtirish jarayonini modelni yaratish va uni biror muammoni o‘rganish maqsadida amaliyotga tatbiq qilish jarayoni sifatida qabul qilamiz. Real sistemaning modeli deganda biz ob’yektlar yoki turli g‘oyalar guruhini asliga qaraganda boshqacha ko‘rinishda ifodalashni tushunamiz.

Imitatsion modellashtirish tajribaviy va amaliy metodologiya hisoblanadi va quyidagi maqsadlarga ega bo‘ladi:


  • sistema xulqini ifodalash ;

  • kuzatilayotgan ob’ekt hulqini anglashga qaratilgan nazariya va farazlarni

qurish ;

- bu nazariyani sistemaning kelajakdagi hulqini bashorat qilishda foydalanish. Ko‘plab texnik metodlardan farqli o‘laroq, imitatsion modellashtirishni

ixtiyoriy fan va sohalarga qo‘llash mumkin.

Modellardan bugungi kunda quyidagi sifatlarda foydalanish mumkin :



  • borliqning mohyatini anglash vositasi ;

  • o‘zaro munosabat vositasi;

  • o‘qitish va o‘rgatish, shug‘ullantirish vositasi ;

  • bashorat qilish vositasi ;

  • tajribalarni o‘tkazish vositasi.

Model ikki maqsaddan biri uchun xizmat qiladi: ifodalovchi, agar model ob’ektni chuqurroq anglash uchun xizmat qilsa; ko‘rsatmalovchi, agar model ob’ektning hulqini belgilovchi xarakteristikalarini qayta tiklash yoki bashorat qilishga imkon bersa. Ko‘rsatmalovchi model odatda ifodalovchi ham bo‘ishi mumkin, ammo aksi emas.

Texnik va ijtimoiy fanlarda qo‘llanadigan modellarning foydalilik darajasi modellarni qurishda foydalanilgan metod va vositalarga bog‘liq bo‘ladi. Texnikada modellar yangi sistemalarni yaratish, mavjudlarini takomillashti-rishda yordamchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ijtimoiy sohada esa modellar faqat mavjud sistemalarni izoxlash maqsadida foydalaniladi. Sistemalarni ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan modellar ularning asosiy xarakteristikalarini qamrab olgan bo‘lib, ob’ekt xususiyatlarini izoxlab berishi xam lozim.

Imitatsion modellarni turli belgilariga qarab, turlicha sinflash mumkin. Ammo ularning birortasi ham talabga to‘la javob bera olmaydi. Imitatsion modellarning ayrim vakillarini keltirib o‘tamiz:


  • statik (masalan, ob’ektning ko‘ndalang kesimi) va dinamik (vaqtga bog‘liq

qatorlar);

  • deterministik va stoxastik;

  • diskret va uzluksiz;

  • tabiiy, analogli, simvolik (belgili).

Imitatsion modellarni real ob’ektning maketi yoki aniq modelidan tortib to abstrakt matematik modelgacha bo‘lgan uzluksiz spektr ko‘rinishida tasavur qilish mumkin.


Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin