3. Imitatsion modellashtirish bosqichlari.
Imitatsion modellashtirish real sistemalar vaoliyatlini ilmiy asosda tekshirish uchun foydalanishini hisobga olib, ularni qurish jarayonini quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin:
Sistemani aniqlash – o‘rganilayotgan sistema samaradorligining chegarasi, cheklanishlari va o‘lchamlarini aniqlash;
Model formulirovkasi – real sistemadan biror mantiqiy sxemaga o‘tish
(absrtakt)lash;
3. Ma’lumotlarni tayyorlash – model qurish uchun zarur bo‘lgan
ma’lumotlarni tanlash va ularni maxsus ko‘rinishlarda ifodalash;
Modelning translyasiya qilish - modelni EHM "tushunadigan" biror tilda ifodalash;
Adekvatligini baholash – ishonchlilik darajasini "ishonish mumkin
bo‘lgan" darajagacha ko‘tarib, real tizim haqida olingan hulosalarning korrektligi
haqida mulohaza qilish;
6. Strategik rejalashtirish – talab qilingan ma’lumotlarni olish uchun
tajribalarni rejalashtirish;
7. Taktik rejalashtirish - tajribalar rejasiga muvofiq ravishda tajribalar
seriyasini o‘tkazish ketma-ketligini aniqlash;
8. Tajribalar o‘tkazish – kutilgan ma’lumotlarni olish va sistema sezgirligini
tahlil qilish uchun imitatsiya jarayonini o‘tkazish;
Interpretatsiya – imitatsiya natijasida olingan natijalar bo‘yicha hulosalar chiqarish;
Realizatsiya – model va modellashtirish natijaldaridan amalda foydalanish.
Xujjatlashtirish - loyixani amalga oshirishning borishi va u bergan natijalarni qayd qilib borish, shuningdek modelni yaratish va foydalanish jarayonini xujjatlashtirib borish.
Dostları ilə paylaş: |