Mavzu: ims tayyorlash jarayoni. Reja



Yüklə 20,45 Kb.
səhifə1/3
tarix22.04.2023
ölçüsü20,45 Kb.
#101410
  1   2   3
Mavzu ims tayyorlash jarayoni. Reja



MAVZU: IMS tayyorlash jarayoni.
REJA:

1. IMS larni turlari.


2. IMSni loyixalash.
3. IMS ni yaratish texnologayasining asosiy bosqichlari.

Integral mikrosxemalar bajaradigan funksiyasiga ko’ra 2 turga bo’linadi:


1. Raqamli IMS lar.
2. Analogli IMS lar.
Diskret funksiya qonuniyati bilan o’zgaruvchi signallarni qayta ishlash va uzatishga mo’ljallangan IMS lar raqamli IMS lar deyiladi. Analogli IMS larda esa, signal uzluksiz funksiya ko’rinishida o’zgaradi.
Loyihaviy - texnologiyaviy belgilari, ya’ni yaratish usuliga qarab IMS lar:
1. Yarim o’tkazgichli;
2. Gibrid IMS larga bo’linadi.
Yarim o’tkazgichli IMS larda barcha elementlar va elementlarni ulash yarim o’tkazgich hajmi yoki sirtida amalga oshiriladi. Bunday IMS larda elementlar yarim o’tkazgichning 0,5-10 mkm qalinlikdagi sirtki qatlamida joylashtiriladi va elementlar maxsus izolyasiya sohalari bilan ajratiladi. Yarim o’tkazgichli IMS larda ishlatiladigan aktiv elementning turiga qarab ular 2 asosiy guruhga bo’linadi:
1. Bipolyar tranzistor asosidagi IMS lar.
2. Metall–dielektrik-yarim o’tkazgich (MDYa) transistor
asosidagi IMS lar.
Bipolyar mikrosxemaning asosiy elementi bo’lib n-p-n tranzistor hisoblanadi. MDYa mikrosxemalarda esa, n-kanalli MDYa tranzistor asosiy aktiv element hisoblanadi. 
Gibrid IMS osma komponentlar va qatlamli passiv elementlardan tashkil topgan bo’ladi. Dielektrik taglik - plataga yupqa qatlamli passiv elementlar (rezistor, induktivlik, kondensator) hosil qilinib, aktiv elementlar (korpussiz tranzistor, diod) payvandlab o’rnatiladi. Gibrid IMS hosil qilingan qatlam qalinligiga qarab, yupqa qatlamli (d>1 mkm) va qalin qatlamli (d<1 mkm) IS larga bo’linadi. Gibrid IMS lar nisbatan arzon va oson yasaladi, ammo o’lchamlari katta va yig’ish texnologiyasi murakkabligi sababli yarim o’tkazgichli IMS larga qaraganda kamroq ishlatiladi. Yarim o’tkazgichli IMS lar qator afzalliklarga ega bo’lishi bilan birga ularning o’ziga xos kamchiliklari ham mavjud. 


Yüklə 20,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin