Mavzu: INKLYUZIV TA'LIMNI JORIY ETISH MASALALARI
Reja:
Inklyuziv ta'lim o’zi nima
Inklyuziv ta'limning vazifalari
INKLYUZIV TA'LIM O’ZI NIMA ?
INKLYUZIV – (inklyuziya – inglizcha [inсlusion] - uyg‘unlashish ) yani IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI MAKTABLARDA SOG‘LOM TENGDOSHLARI BILAN BIRGA TA'LIM OLISHI tushiniladi.
2020-yil 23-sentabrda O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TA’LIM TO‘G‘RISIDAGI QONUNINING 2- BOB, 15-MODDASIDA Inklyuziv ta'lim haqida batafsil yoritib o’tilgan
Bugungi kunda Inklyuziv ta'limga jalb etiladigan o‘quvchilar:
umumta'lim maktablarida qaysi toifadagi bolalar tahsil olayotganini ko‘rib chiqamiz: eshitishida, ko‘rishida, tayanch harakat a'zolarida, nutqida muammolari bo‘lgan, ruhiy rivojlanishi sustlashgan, yengil darajadagi aqli zaiflik, autizmning yengil darajasi, kiradi.
Ushbu ta'limning maqsadi va vazifalari:
ta'lim muassasasida imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning ta'lim olishlari uchun zaruriy psixologo-pedagogik, kooreksion sharoitlarni yaratish
o‘quvchilarning ta'limdagi tenglik huquqini kafolatlash;
jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarga nisbatan do‘stona va mehr-muhabbatli munosabatni shakllantirish kabilardir.
Bugungu kunada bolaning huquqlarini himoya qilish, ularga ijobiy munosabatda bo‘lish tarbiyalashning muhim vazifalaridan biridir.
SIZLARGA TOPSHIRIQ Inklyuziv ta'lim ishtirokchilari
NIMALARNI O’Z ICHIGA OLADI ??
Inklyuziv ta'lim ishtirokchilari
Oila- Mahalla – Maktab jamoasi - Sinfdoshlar- sog‘lom o‘quvchilar imkoniyati cheklangan bolalarni o‘z saflariga qabul qilishga tayyor bo`lishlari kerak.
Mutaxassislar- Sog‘liqni saqlash tizimi, Xalq ta'limi tizimi, Nodavlat tashkilotlari va boshqa yordamlarni ko‘rsatadi.
INKLYUZIV TA'LIMNI O‘QUVCHILARNING IMKONIYATLARIGA QARAB YO‘NALTIRISH LOZIM:
Ko‘zi ojiz o‘quvchilar: eshitish orqali o‘quv materiallarni yaxshi qabul qiladi.
Eshitishida muammosi bo‘lgan o‘quvchilar: Ko‘rish sezgisi o‘tkir bo‘lganligi sababli o‘quv materialni vizual ravishda qabul qiladi.
Aqliy faoliyati yengil darajadagi o‘quvchilar: O‘quv materiallarini kompleks ravishda barcha analizatorlariga ta'sir etgan holda olib boradi.
Harakat imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning: Ijodiy imkoniyatlari mavjud bolalarni qiziqishlarini qo‘llab imkoniyat yaratib borish va kasbga yo‘naltirish.
Sanab o‘tilgan bolalarning hususiyatlari quyidagilar: faoliyat sustligi va diqqat tarqoqligi, tovushlar talaffuzida kamchiliklar, nutq zaxirasining yetarli shakllanmaganligi, mayda motorikalarida muammolari bor, emotsional-hissiy holati o‘zgaruvchan, tushuncha va tasavvurlarining cheklanganligi kiradi.
INKLYUZIV TA'LIM IMKONIYATI CHEKLANGAN
BOLALARGA NIMA BERADI?
o‘z imkoniyatini o‘zi uchun kashf etish imkonini beradi
mustaqil harakatlanish birgalikda, hamkorlikda ishlash imkoniyatini beradi
dunyoqarashi kengayadi, hayotiy tajribasi oshadi;
o‘qishga bo‘lgan ehtieji va qiziqishlari ortadi;
O‘zini barcha bilan bir xil his qila boshlaydi;
Ilgari sezilmagan imkoniyatlari ochiladi;
Yotsirash, yakkalanish kabi xususi yatlari yo‘qoladi.
INKLYUZIV TA'LIM SOG‘LOM BOLALAR HAYOTIGA
QANDAY TA'SIR KO‘RSATADI?
O‘zlariga o‘xshamagan tengdoshlari va ularning hayoti, ehtiyojlarini his qiladilar;
Tengdoshlariga g‘amxo‘rlik hissi uyg‘onadi;
Ularni qo‘llab-quvvatlash, yordam berishga intilish –insonparvarlik hissi tarbiyalanadi;
O‘quvchilarda atrofdagi insonlarga, imkoniyati cheklanganlarga pozitiv munosabat, o‘zaro hurmat tarbiyalanadi
Yoramga muhtoj insonlarga e'tibosizlik qilmaydigan shaxsga aylanadilar
MAKTAB PEDAGOGKLARIGA TAVSIYALAR
o‘quv materialini, imkoniyati cheklangan o‘quvchining qabul qilish darajasiga qarab berilsa:
o‘quvchilarning barcha analizatoriga ta'sir qilgan holda ish olib borilsa:
o‘quv jarayonini samarali tashkil etishda interfaol usullarni qo‘llay olsa:
maktab psixologi bilan hamkorlikda ish olib borilsa: maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Bugungi darsimiz mana shulardan iborat
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Inklyuziv ta’limning ma’nosi nima?
2. Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadini aniqlang?
3. Maktab pedagoglariga tavsiyalar nimalardan iborat?
Dostları ilə paylaş: |