o’z qarorlaridan qaytmaslikda hamda ma’suliyatni seza bilmoqlikdadir. Bularni jami
innovatsiya faoliyatiga ham xos bo’lgan belgilar bo’lib, tadbirkorlik taraqqiyotini
yuksaltirish omili sifatida xizmat qiladi.
Tadbirkorlikni innovatsion faoliyatsiz his qilib bo’lmaydi, ushbu jihatdan
tadbirkorlik faoliyati oddiy biznesdan farq qiladi. Tadbirkorlik taraqqiyoti
novatorlikdan, erkin bozor talablarini bilmoqlikda, ularni istiqbolini his etmoqlikda,
ularga mos tovar va xizmatlarni etkazmoqlikda va shu yo’l bilan o’z maqsadlariga
erishmoqlikdadir. Faqat innovatsiyalarga tayangan holda tadbirkorlikni yuritish
tadbirkorlik faoliyati maqsadiga xos bo’lgan yutuqlarni
va yuqori daromadni
ta’minlaydi. Bunda tadbirkorlik faoliyati erkin raqobat muhitida sinmaydi, u faol
rivojlanadi, taraqqiyotga erishadi, yuksaladi.
Innovatsion tadbirkorlik uch asosiy turga bo’linadi:
-
mahsulot innovatsiyasi;
-
texnologiya (ishlab chiqarish) innovatsiyasi;
-
ijtimoiy innovatsiya.
Mahsulot innovatsiyasi - korxona mahsulotini sotish darajasi imkoniyatini
yangilash jarayonini namoyon etadi.
Texnologiya innovatsiyasi - ishlab chiqarish imkoniyati (potentsial) yangilash
jarayonidir
Ijtimoiy innovatsiyalar korxonaning gumanitar doirasini reja asosida yaxshilash
jarayonini namoyon etadi.
O’zbekiston iqtisodiyotida faqat innovatsion tadbirkorlik raqobatga bardosh
bera oladi,
rivojlana oladi, taraqqiyotga erisha oladi, chunki uni innovatsiyalar
yuksaltira oladi. Novatorlik asosida innovatsiya faoliyatiga tayanib tadbirkorlikni
tashkil etish, oddiy biznesni yuritishdan farqli ravishda rivojlanishni ta’minlaydi.
Doimiy izlanishga, yangilikni kiritishga, raqobatbardoshlikni yo’lga qo’yishga,
muntazam modernizatsiyalarni ta’minlashga, fan va texnika
yutuqlari natijalarini
joriy etib borishga qaratilgan tadbirkorlik albatta o’z taraqqiyotiga erishadi va
yuksalib boradi, chunki u bunda bozor talablarini qondira oladi, natijalarga erisha
oladi.
Dostları ilə paylaş: